Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari “Strategik menejment” fani bo’yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish
ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni
shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. U o’quv rejasi va fanlar
dasturlarida ko’zda tutilgan zarur bilimlar va ko’nikmalarning talabalar tomonidan
oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
“Strategik menejment” fanini o’qitish jarayonini takomillashtirish, talabalarning
qiziqishlarini anglash, faolliklarini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo’nalishida
boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o’qish, ko’nikma va layoqatlari shakllanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim,
ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi
maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirishiga
yo’naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan
asosiy maqsad – “Menejment” kafedrasi professor-
o’qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida
fanni o’zluksiz o’rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko’nikmalarni yanada
mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyatini,
yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabo’l qilishni shakllantirish hamda
ushbu tariqa institutda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik
darajasi semestrdan – semestrga ko’nikmalar hosil bo’lishiga muvofiq ravishda
o’zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va
ijodiy yondoshishga o’rganib borishi kerak.
“Strategik menejment” fani bo’yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda
talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda