124
Korrigan yevropa bozoriga 1985 yilda, keyinrok 1987 yilda qaytdi, lekin bu safar
«ElEsAy Lodjik» obligatsiyalar tarqatdi. Obligatsiyalarning 23
million dollar
mikdoridagi birinchi chiqarilishi jaxonning eng yirik banklaridan biri - SHveytsariya
bank korporatsiyasi (SwissBankCorp.) – tomonidan chiqarildi. Obligatsilar oddiy
aktsiyalarga konvertatsiya qilingan ikkinchi chiqarilishi «Morgan Stenli» va
«Prudenshel-Beych Kepitel Fanding» (Prudential-BacheCapitalFunding)
tomonidan
chiqarildi. «Lodjik» uchun yevropa obligatsiyalar bozorining ikkita muxim tomoni
mavjud edi: past narx (Qushma SHtatlarda taklif qilingan foiz stavkalariga nisbatan
ancha past stavkalar) xamda ancha kiska muddat ramkalari. «Lodjik» firmasi Kushma
SHtatlarning kimmatbaho kogozlar va birjalar Komissiyasi
tomonidan belgilangan
koidalarni bajarishga majbur bo’lmagani sababli obligatsiyalarni investorlarga qisqa
fursatda sotishning uddasidan chikdi.
Firma kapitalining sezilarli qismini xorij bozorida yiqqan bo’lsada (1982 yildan
200 million dollardan ortik), o’zini valyuta riskiga uchrashga yul kuymagan. Uning
faoliyati global masshtabda
daromad olish imkonini berib, moliyaviy majburiyatlar
shu yul bilan koplanardi. Bundan tashkari, «ElEsAy Lodjik»ning shu’ba
korxonalari
xorijiy korporatsiyalarning filiali emas, maxalliy korporatsiya sifatida tashkil qilingani
sababli maxalliy kredit bozori bilan aloqalarida muammo yuq edi.
Savollar:
1.
«ElEsAy Lodjik» firmasi xalkaro kapital bozorida kanday usullardan
foydalangan? Moliyaviy vositalarni aloxida ko’rib chiking (maxalliy va xorijiy
bozorlar, yevropa bozori va xokazo).
2.
Nima uchun firma nafakat AKSH bozordan foydalandi?
3.
Firmaning tashkiliy strategiyasi kapitalni jalb qilish
strategiyasi bilan kanday
tarzda kelishgan?
Dostları ilə paylaş: