Yapon strategiyasi . Yevropa va AKSHda muvaffakiyatga erishilgan bo’lsada,
xali Korrigan triadasining uchinchi qismi – Yaponiya bor edi. Korrigan usha paytda
Yaponiyaning (keyinchalik esa butun dunyoning) eng yirik brokerlik firmasi «Nomura
Sekьyuritiz» o’z mijozlari uchun «Lodjik»ning yirik aktsiyalar paketini sotib olganini
aniqladi. Ushbu axborotdan ilxomlangan Korrigan «Nomura» firmasining raxbariyati
bilan uchrashib, keyingi qadam kanday bo’lishini aniqlash maqsadida Yaponiyaga
otlandi. Tashrif davomida mo’zoqaralardan sung Korrigan Yaponiyadagi faoliyatni
boshlashga karor qildi. O’zining boshqa xududlarda kullagan strategiyasiga amal
qilgan Korrigan Yaponiyada firmaning «ElEsAy Lodjik» shu’ba korxonasini tashkil
qildi. Korxona kapitalining 70 foizi firmaga, 30 foizi esa 25 ta maxalliy yapon
investorlariga tegishli edi. Yangi korxona aktsiyalarining katta qismiga jaxonda
sugurta korxonalari orasida yirikligi jixatidan «Prudenshel» (Prudential) va
«Metropoliten Layf» (Metropolitan Life)dan keyingi uchinchi urinda turuvchi
«Nippon Layf Inshurans Kompani» (Nippon Life Insurance Company) ega bo’ldi.
Yangi investitsiyalar «ElEsAy Lodjik» ayni muxtoj bo’lib to’rgan narsa edi. SHu
tarika Korrigan Yaponiyadagi istemolchilar bozoridan tashkari yapon kapital bozoriga
xam chikdi. Yapon firmasi xisoblanuvchi «ElEsAy Lodjik K.K» va uning filiali
«Nixon Semikondaktor Ink». (Nihon Semiconductor Inc.) yapon banklarida kredit
liniyalari ochish imkoniyatiga ega bo’ldilar. «Lodjik»ga kapital bozoriga yul ochish
xamda firmaning Yaponiyadagi obrusini oshirish maqsadida Korrigan usha paytda
Yaponiyadan tashkarida ishlayotgan «EnISi» (NEC Corp) korporatsiyasining raxbar
xodimlaridan biri Keyski Avatuni ishga qabo’l qildi. Janob Avata «Lodjik» firmasiga
«yapon obrazi»ni berdi va moliya dunyosining kerakli eshiklari ochilishiga o’z
xissasini kushdi. Natijada «Lodjik» Kushma SHtatlardagi 9 foizli stavka o’rniga
maxalliy 6 foizli stavkali kredit liniyasini olishga erishdi.