Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Ko’rgazmali vositalar tayyorlash

Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va 
yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar tayyorlash 
vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum 
ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va 
mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha 
bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin. 
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. 
Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik 
darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar 
to’zish vazifasi topshiriladi. 
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni to’zish 
qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar to’zishda 
mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni to’zish 
usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. 
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ro’zalar tayyorlash. 
Talabaga biron-bir mavzu 
bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki 
ma’ro’za tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy- 
tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot 
manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi. 
Talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalari 
ham 
talabalar 
mustaqil 
ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalar ilmiy- 
nazariy konferentsiyasini tashkil etish orqali o’z ishini guruhning kasbiy 
yo’naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, 
tabaqalashgan holda tashkil qilinishi kerak. Faqat shu holdagina talabalarning 
konferentsiyani o’tkazishda faol ishtiroki va 
manfaatdorligi 
ta’minlanadi. 
Talabalarning 
ilmiy-nazariy 
konferentsiyalarini 
bosqichma-bosqich 
o’tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Strategik menejment fani bo’yicha talabalarning ilmiy-nazariy 
konferentsiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 


129 
1-
bosqich – fan o’qitilayotgan barcha o’quv guruhlarida konferentsiyalarni 
o’tkazish; 
2-
bosqich – har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi 
ma’ro’zalarini fakulьtet va fakulьtetlararo konferentsiyaga taqdim etish va o’tkazish; 
3-
bosqich – fakulьtetlararo konferentsiyada tanlab olingan eng yaxshi 
ma’ro’zalarni institut miqyosida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy konferentsiyaga taqdim 
etish. 
Butun guruhlar uchun yagona bo’lgan konferentsiya mavzusini tasdiqlab, 
talabalarning 
ma’ro’za va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab 
ixtisoslashtirish mumkin. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin