9-laboratoriya ishi: Stabilitron xarakteristikalari va parametrlarini tadqiq etish



Yüklə 64,87 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2022
ölçüsü64,87 Kb.
#77235
  1   2
9-laboratoriya


9-laboratoriya ishi:
Stabilitron xarakteristikalari va parametrlarini tadqiq etish.
Ishni bajarishdan maqsad: Yarim o‘tkazgichli stabilitronning xarakteristikalarini tajriba yo‘li bilan aniqlash.
Boshlang‘ich ma’lumotlar
Stabilitron - yarim o‘tkazgichli diod bo‘lib, uning ishlash prinsipi r-n o‘tishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi.
Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib, tokning IST.min dan IST.max gacha keng o‘zgarish oralig‘ida barqarorlash kuchlanishi UST hisoblanadi .
Stabilitron VAX sidagi ishchi soha elektr teshilish sohasida joylashadi. Barqarorlash kuchlanishi diod bazasidagi kiritma konsentratsiyasi bilan aniqlanadigan p-n o‘tishga bog‘liq. Agar yuqori konsentratsiyaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich qo‘llanilsa, u holda p-n o‘tish tor bo‘ladi va tunnel teshilish kuzatiladi. UST ishchi kuchlanishi 3-4 V dan oshmaydi.
Yuqori voltli stabilitronlar keng p-n o‘tishga ega bo‘lishi kerak, shuning uchun ular kuchsiz legirlangan kremniy asosida yasaladilar. Ularda ko‘chkisimon teshilish sodir bo‘ladi, barqarorlash kuchlanishi esa 7 V dan ortmaydi. UST 3 dan 7 V gacha bo‘lgan oraliqda teshilishning ikkala mexanizmi ishlaydi. Sanoatda barqarorlash kuchlanishi 3 dan 400 V gacha bo‘lgan stabilitronlar ishlab chiqariladi.
Stabilitron pn-o‘tishli diod bo‘lib, proboy kuchlanishining aniq qiymati bilan xarakterlanadi. Oddiy dioddan farqli ravishda volt-amper xarakte­ristikasining teskari qismida ishlaydi (9.1-rasm). Teskari kuchlanish stabilizatsiya kuchlanishi deb ataluvchi Vz tunnel proboy kuchlanishian kichik bo‘lganda stabilitrondan deyarli tok o‘tmaydi, undan katta bo‘lsa proboy yuz beradi tok o‘ta boshlaydi. Proboy sohasida stabilitrondagi kuchlanish tushishi tokning juda katta o‘zgarishlarida ham o‘zgarmaydi, ya’ni o‘zidagi kuchlanishni bir xil darajada ushlab turadi. Stabilitronlar parallel stabilizatsiya uchun va tayanch kuchlanish manbasi sifatida ishlatiladi.

9.1-rasm. Stabilitronning to‘g‘ri va teskari volt-amper xarakteristikalari
Stabilitronning elektr teshilish sohasidagi differensial qarshiligi rD barqarorlash darajasini xarakterlaydi. Bu qarshilik qiymati dioddagi kichik kuchlanish o‘zgarishi qiymatining diod toki o‘zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi (18 a- rasm). rD qiymati qancha kichik bo‘lsa, barqarorlash shuncha yaxshi bo‘ladi.

Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib barqarorlash kuchlanishining temperatura koeffisienti (KTK) hisoblanadi. KTK – bu temperatura bir gradusga o‘zgarganda barqarorlash kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi. Ko‘chkisimon teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabilitronlar odatda musbat KTKga ega. KTK qiymati odatda 0,2 -0,4 % /grad dan oshmaydi.



Yüklə 64,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin