Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

 
Matritsali tahlil yordamida diversifikatsiyalangan portfelni baholash 
 
Diversifikatsiyalangan kompaniya faoliyati turlari sifatini baholashning eng 
keng tarqalgan usullaridan biri uning xo’jalik portfelini matritsali tahlil qilish 
xisoblanadi. Xo’jalik portfeli matritsasi diversifikatsiyalangan kompaniyani xar bir 
tarkibiy birligining strategik pozitsiyalari taqqoslangan jadval ko’rinishida bo’ladi. 
Matritsa, strategik tahlil pozitsiyalarni tavsiflovchi xar qanday ikkita ko’rsatkich 


83 
asosida to’zilishi mumkin. Eng axamiyatli ko’rsatkichlar bo’lib, tarmoqning o’sish 
sur’atlari, biror ulushi, tarmoqning o’zoq muddatli jozibaliligi, raqobatbardoshlik va u 
yoki bu mahsulot va bozorning rivojlanish bosqichi kabilar xisoblanadilar. Odatda 
matritsaning bir chizig’i tarmoqning jozibaliligini ko’rsatsa, boshqasi undagi aniq 
faoliyat turlarining axvolini ko’rsatadi. Xo’jalik portfeli matritsalarining quyidagi 
xillari eng ko’p qo’llaniladi: 

« o’sish / o’lush» matritsasi; 

«tarmoqning jozibaliligi / raqobatdagi axvoli» matritsasi; 

tarmoqning xayotiy tsikli matritsasi; 

Mak Kinsey matritsasi. 
Eng keng qullaniladigan birinchi matritsa - ishbop faollik portfeli matritsasi turtta 
kvadrantdan iborat bo’lib, yetakchi konsalting kompaniyasi «Boston Konsalting 
Group» (BKG 12-rasm) tomonidan ishlab chiqilgan. O’q chiziqlarda tarmoqning 
o’sish sur’atlari va bozorning nisbiy ulushi qayd qilinadi. Xar bir xo’jalik qismi doira 
shaklida ifodalangan bo’lib, uning xajmi korporatsiyaning barcha turdagi faoliyatidan 
olingan umumiy foydasida mazkur qism foydasining ulushi bilan belgilanadi. Mazkur 
xo’jalik birligi bozor ulushini dollarda emas, nisbiy birlikda ifodalangan va asosiy 
raqobatchining nazoratidagi bozor ulushiga bo’lgan nisbati bozorning nisbiy ulushi 
xisoblanadi. Masalan, agar «A» biznes bozorning umumiy xajmini 15 % ni egallagan 
bo’lsa, yirik biznes «V» ning ulushi 30 % bo’lsa unda «A» biznesning bozordagi 
nisbiy ulushi 0,5 foizni tashkil etadi. Agar, «A» biznes bozorda eng katta - 40 % 
ulushga ega bo’lib, asosiy raqobatchi 30 % ulushga ega bo’lsa, unda «V» biznes uchun 
bozorning nisbiy ulushi 1,33 ga teng bo’ladi. SHunday qilib, faqatgina mos sohalarda 
bozor ulushi bo’yicha ilg’or bo’lgan tarmoqlarda bozorning nisbiy ulushi 10 dan 
yuqori bo’ladi va aksincha ulardan ustun xisoblangan bitta yoki bir nechta 
raqobatchilarga bo’lgan qismlarda 1,0 dan past bo’ladi. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin