Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

Mak Kinsey matritsasi. 
Ushbu matritsa xam, BKG matritsasi kabi, ikki 
ulchamlidir, biroq ushbu o’zgaruvchilar ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. 
O’rta korxonalarning jalb qiluvchanligi quyidagi turt bosqichda baholanadi: 
-
menejerlar o’rta korxonalarning jalb qiluvchanlik mezonlarini aniqlashi orqali; 
-
aloxida omillarning nisbiy axamiyatlarini aniqlab; 
-
menejerlar ayrim tarmoqlarning jalb qiluvchanligini korporatsiya portfeliga 
qayd qilishi orqali; 
-
xar bir o’rta korxonalar uchun umumiy baholarni belgilash orqali. 
Korxonaning raqobatchilik mavqei ham shunga uxshash tarzda baholanadi: 
-
strategik menejer kompaniya raqobatlashayotgan xar bir sohadagi muvaffaqiyat 
omillarini aniqlaydi; 
-
muvaffaqiyatning xar bir hal qiluvchi omiliga uning o’ziga tegishli bo’lgan va 
raqobatli pozitsiyadagi nisbiy axamiyatiga bog’liq bo’lgan mavqe belgilanadi; 
-
sungra muvaffaqiyat omilining tarmoq uchun nisbiy axamiyatiga mos xolda xar 
bir o’rta korxonalardagi raqobat kuchining darajasi aniqlanadi; 
O’rta korxonalarlar BKG matritsasiga o’xshagan Mak Kinsey matritsasi 
yordamida taqqoslanadi. 
Mak Kinsey matritsasi tuqqizta katakka bo’lingan. Ularning uchtasida o’rta 
korxonalar «g’olib» hisoblanadi yoki biznesning eng qulay sohasi sanaladi. Uchta 
katak esa yutqazuvchi hisoblanib, ular biznes uchun eng noqulay bo’ladi. 
Bitta katak «so’roq belgisi» deb belgilangan (BKG matritsasidagi «yovvoyi 
mushuk» kabi). Bu biznesdagi mavxum, biroq istiqbolli holatdir. Ushbu o’rta 
korxonalar qo’llab-quvvatlansa, «g’oliblar»ga aylanadi, biroq ularning 
«yutqazuvchilarga» aylanib qolish xavfi xam bor. Katakchalardan biri «daromad 
ishlab chiqaruvchi» deb ataladi (BKG matritsasidagi «sog’in sigir» kabi). 
Tarmoqning jalb 
qiluvchanligi 
Raqobatli pozitsiya 
Yaxshi 
O’rta 
Zaif 
Yuqori 
G’olib 
G’olib 
Suroq belgisi 
O’rta 
G’olib 
O’rta biznes 
Yutqazuvchi 
Quyi 
Daromad ishlab chiqaruvchi 
Yutqazuvchi 
Yutqazuvchi 
Mak Kinsey matritsasi asosidagi tahlildan quyidagi strategik xulosalar kelib 
chiqadi: 
-
«yutqazuvchilar» tugatilishi yoki ularda xosil yig’ib olinishi lozim; 
-
«g’oliblar»ning 
va 
rivojlanayotgan 
«g’oliblar»ning 
pozitsiyalari 
mustahkamlanishi (shu jumladan, kerak bo’lsa moliyaviy investitsiyalar bilan xam) 
kerak; 
-
«daromad ishlab chiqaruvchilar»ning kuchli raqobatli pozitsiyalarini xisobga 
olgan xolda, ulardan daromadlarni «g’oliblarga» yoki tanlab olingan «so’roq 
belgilariga» qayta investitsiyalashda foydalanish lozim; 
-
«o’rta biznes»ni «g’oliblar»ga aylantirishga yoki agar kelgusida istiqbolli 
bo’lmasa, «xosilni yig’ib olish»ga urinib ko’rish kerak. 


86 
O’rta korxonalarning muvozanatlashgan portfelida asosan «g’oliblar» va 
rivojlanayotgan «g’oliblar», bir nechta «daromad ishlab chiqaruvchilar» va 
«g’oliblar»ga aylana oladigan, birozgina kichik «suroq belgilari» bo’lishi kerak. 
Biroq, ko’pincha kompaniyalarning portfellari muvozanatlashmagan bo’ladi. 
Bunday muvozanatlashmaganlikning turli ko’rinishlari 8.1.-jadvalda ko’rsatilgan. 
8.1-jadval 
Kompaniyalar portfelini muvozanatlashmaganlik turlari 
Asosiy muammolar 
Umumiy belgilar 
umumiy to’zatishlar 
«Yutqazuvchilar» 
xaddan tashqari ko’p 
Moliyaviy 
oqimlarning 
mos emasligi. 
Daromadning 
mos 
emasligi 
O’sishning mos emasligi 
«Echintirish» (tugatish) 
«Yutqazuvchi» 
o’rta 
korxonalarda 
«xosilni yig’ib olish» 
«Daromad ishlab chiqaruvchilar»ni sotib 
olish. G’oliblarni sotib olish 
«So’roq 
belgilari» 
xaddan tashqari ko’p 
Moliyaviy 
oqimlarning 
mos emasligi. 
Daromadning 
mos 
emasligi. 
«Echintirish» (tugatish) 
Tanlab olingan «suroq 
«xosilni yig’ib olish» 
belgilarida» 
«Daromad 
ishlab 
chiqaruvchilar» 
xaddan tashqari ko’p 
O’sishning mos emasligi 
Ortiqcha 
moliyaviy 
oqimlar 
«G’oliblar» ni sotib olish 
Tanlab olingan «so’roq 
hustirish va rivojlantirish 
belgilari»ni 
«G’oliblar» 
tashqari ko’p 
xaddan 
Mablag’larning ortiqcha 
talab qilinishi 
Boshqarishda
ortiqcha 
urinishlar 
o’sish 
va 
daromadning
barqaror 
emasligi 
Tanlab 
olingan 
«Rivojlanayotgan 
g’oliblar»ni «echintirish» 
«Daromad ishlab chiqaruvchilar»ni sotib 
olish 
Mak Kinsey matritsasining katta afzalliklaridan biri uning moslashuvchanligidir. 
Ushbu yondashuv turli tarmoqlarning raqobatli muvaffaqiyatning turli omillari bilan 
xarakterlanishini xisobga oladi. Ayni paytda unda BKG yondashuvlaridagiga 
qaraganda ko’proq strategik muxim o’zgaruvchilar xisobga olinadi. Ammo ushbu 
yondashuv xar tomonlama mukammal emas. Asosiy qiyinchiliklardan biri shuki, u bir 
qator muxim strategik yechimlarni beradi, biroq ularning qaysi biri afzal ekanligini 
ko’rsatib bermaydi. Demak, strategik menejer ushbu tahlilga sub’ektiv fikrlarni 
qo’shimcha qilishi kerak. Korxonaning bozordagi holatini aks ettirishning barqarorligi 
ham yana bir muammodir. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin