88
asosan jozibasiz tarmoqlardagi faoliyat turlari xisobiga shakllanayotgan kompaniyalar,
balki o’zining ishbop faollik portfelini qayta tarkiblash masalasini ko’rib chiqishi zarur
bo’ladi.
Diversifikatsiyalangan kompaniyalarning ko’pchiligini amalda quyidagicha
tasniflash mumkin:
-
bog’liq va bog’liq bo’lmagan biznesning kamroq tabaqalangan qismi bilan
asosiy biznes bilan savdo xajmi bo’yicha tadbirkorlik qilish (korporatsiyaning tuliq
savdo xajmining taxminan uchdan bir yoki undan kamroq);
-
bog’liq o’rta korxonalarning kamroq miqdori (2-5ta)
bilan tor
diversifikatsiyalangan tadbirkorlik;
-
ko’plab bog’liq o’rta korxonalar bilan qat’iy tabaqalangan xolda ish olib borish;
-
bog’liq bo’lmagan tarmoqlarda bir necha o’rta korxonalar bilan tor
diversifikatsiyalangan xolda ish olib borish;
-
ko’pgina bog’liq bo’lmagan sohalarda ko’plab o’rta korxonalar bilan qat’iy
differentsiyalangan xolda ish olib borish;
-
bog’liq bo’lmagan tarmoqlardagi ko’plab o’rta korxonalar bilan ishlash (biroq
xar bir sohadagi o’rta korxonalar guruxlarga birlashtirilgan);
Korporatsiya tomonidan qabo’l qilingan strategiyani baholash quyidagi
bosqichlarni o’z ichiga olishi lozim:
-
mavjud strategiyani identifikatsiyalash;
-
o’rta korxonalar portfelini tahlil qilish uchun uning bir yoki bir necha
matritsasini yasash;
-
xar bir o’rta korxonaning o’zoq muddatli jalb
qiluvchanligini baholash va
taqqoslash;
-
ularning qaysi biri tarmoqdagi sharoitlarga eng yaxshi mos kelishini aniqlash
maqsadida kompaniyaning xar bir o’rta korxonasidagi raqobat kuchini baholash va
taqqoslash;
-
o’rta korxonalarni ularning faoliyat tarixi (evolyutsiya bosqichlari) va
istiqbollari bo’yicha saralash;
-
xar bir o’rta korxonani korporativ strategiyaga mos kelishi jixatidan baholash
va ularning korporatsiya uchun nisbiy strategik axamiyatini aniqlash;
-
o’rta korxonalarni yangi investitsiya uchun imtiyozlari bo’yicha saralash, xar
bir o’rta korxona uchun asosiy taraqqiyot va strategik yunalishlarni belgilash (agresiv
rivojlanish, erishilgan
yutuqlarni ximoyalash, «echintirish», «xosilni yig’ib olish»,
tugatish);
-
korporatsiyadagi
umumiy
diversifikatsiya
holatini
aniqlash
(o’rta
korxonalardagi savdo xajmlarining nisbati, korporatsiya bo’yicha, ulardagi joriy
daromad bo’yicha);
-
diversifikatsiya bazasini kengaytirish yoki qisqartirishning korporatsiya uchun
axamiyatini baholash;
-
bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’rta korxonalarning
korxona portfelidagi
nisbatini baholash;
-
korporatsiyaning milliy miqyosdagi va biznesni baynalmilallashtirishdagi
rivojlanish tendentsiyalari;
-
asosiy o’rta korxonalar va biznesdagi mavjud pozitsiyalarni kuchaytirish
bo’yicha sunggi hatti-harakatlarning natijalari;
-
portfelni yangi o’rta korxonalar bilan tuldirish bo’yicha hatti-harakatlar;
-
zaif va bush o’rta korxonalarni qisqartirish;
89
-
o’rta korxonalardagi investitsiyalarning nisbatini baholash;
-
strategik maqsadlarni amalga oshirish va raqobatli ustunliklarni ustirish
bo’yicha korporatsiyani boshqarish samaradorligini baholash;
Tahlil natijasida ushbu yunalishlar bo’yicha quyidagi
savollarga javob topish
lozim:
-
korxonaning portfelida kerakli o’rta korxonalar bormi?
-
portfelda daromadli o’rta korxonalar soni yetarlimi?
-
rivojlanayotgan va sunib borayotgan o’rta korxonalar o’rtasida muvozanat
bormi?
-
«rivojlanayotgan g’oliblar»ni va «suroq belgilari»ni moliyaviy ta’minlash
uchun «daromad ishlab chiqaruvchi»lar yetarlimi?
-
kompaniyaning asosiy biznesi yetarlicha daromadli va istiqbollimi yoki u
«sog’in sigir»mi?
-
korxonaga shuncha o’rta korxona xaqiqatdan ham kerakmi yoki ularni
qisqartirish kerakmi?
-
korxonada korporatsiya miqyosida katta ulushga ega bo’lgan
tarmoq
peshqadami bormi yoki korxonao’rtacha-zaif pozitsiyalardagi ko’plab o’rta
korxonalardan iboratmi?
-
korporatsiyaning umumiy pozitsiyasini yaxshilash uchun qaysi o’rta korxona
faoliyatini tugatish kerak?
Dostları ilə paylaş: