Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə111/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

Ta’lim axboroti – muayyan faoliyatturi, ixtisosini amalga oshirishda qo‘llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimdir.
Ta’lim berish – ta’lim oluvchining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyati bo‘lib, insonning aqliy faoliyatini rivojlantirish jarayonidir
Ta’lim vositalari- o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiruvchi har qanday axborot tashuvchilardir.
Ta’lim mazmuni – insonni o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va harakteri.
Ta’lim metodi – bu ta’lim jarayonida pedagog va ta’lim oluvchilarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.
Ta’lim –ta’lim oluvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’limning tashkiliy shakli - belgilangan tartibda sodir bo‘ladigan, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining maxsus tashkil qilingan faoliyatining tashqi ifodasidir.
Ta’lim-tarbiya jarayoni- ta’lim oluvchilar his-tuyg‘ulari, ongi, xarakteri kabilarga maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar shakllantirish tizimi
Texnologik kompetentlikkasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakani boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish. Texnologiya- yunoncha ikki so‘zdan – “texnos” (techne) – mahorat, san’at va «logos” (logos) – fan, ta’limot so‘zlaridan tashkil topgan.
Tizim - o‘zaro bog‘liq va uzviy tartibda bo‘lgan qismlardan tashkil topgan tuzilma.
Tushunish – uning ko‘rsatkichi, materialni bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazilishi bo‘lishi mumkin materialni intepretatsiyasi yoki hodisa va voqealarning kelajagini oqibatlar bashorat qilish.
Tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuv – pedagoglar mashg‘ulot davomida o‘quv uslubiy adabiyotlardagi ko‘rgazmali vositalar orqali «tayyor» holda bilim oladilar.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin