Urganch davlat pedagogika instituti


Diqqatning nerv-fiziologik asoslar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə28/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108
Umumiy psixologiya

2.Diqqatning nerv-fiziologik asoslar.
Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I.P Pavlovning yozishicha orientirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko`zgolishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog`liqdir.
1.I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv prosesslarining induksiyasi qonuni diqqatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muxim ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofik bosh miya po`ustining bir joyida paydo bo`lgan ko`zgolish bosh miya pustining boshqa joylarida tormozlanshni yuzaga keltiradi. Va aksincha, bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`olishni paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning xar bir onida miya pustida qo`zgolish uchun optimal, ya’ni nixoyatda qulayligi bilan xarakterlanuvchi kuchli qo`zg`alish o`chogi mavjud bo`ladi.
Diqqat ma’lum nerv markazlarining qo’zgalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir, bu esa ob’ekt uchun ahamiyatli bo’lgan qo’zg’atuvchilarni ajratishni, ya’ni psixik faoliyatning yo’naltirilishini ta’minlaydi. har qanday yangidan yuzaga kelgan qo’zg’atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo’lsa tegishli qo’zg’alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek «bu nima» degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
2.A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan DOMINONTA prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. SHu dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo`zgolishning xar doim ustun turadigan xukmron o`chogi ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zgolishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zgolishlarga nisbatan uning xukmronligi yanada oshadi.
Odatda dominonta subdominontaga, subdominonta esa dominontaga o`tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko`chib turishining nerv fiziologik mexanizmini tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, Pavlov bilan Uxtomskiy ta’limotlari bir – biriga qarama – qarshi emas, balki mazmun jixatdan o`xshashdir.
Jiddiy diqqat, odatta o`ziga xarakterli bo`lgan tashki ifodalar bilan bog`liq bo`ladi, narsani yaxshilab idrok qilishga karatilgan xarakatlar bilan /tiqilib qarash, diqqat bilan eshitish/, ortiqcha xarakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xarakterli bo`lgan yuz xarakterlari bilan bog`liq bo`ladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin