Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə88/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   108
Umumiy psixologiya

O‘smirlik davri.O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo‘lamiz. O‘smirlik yoshiga xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S. Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o‘smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan.
S.Xoll (1940) o‘smir xarakterida paradoksallik va ambivalentlik holatlarini izohlab, ularning faoliyatlarida o‘ta faollik hukmronlik qilishiga e’tiborni qaratib, ularda shodlik o‘rnini qayg‘u, o‘ziga ishonchni tortinchoqlik, xudbinlikni altruizm, ma’naviy intiluvchanlikni past qo‘zg‘aluvchanlik, muloqotmandlik istagini pismiqlik va hokazolar tezkor o‘rin almashishi bilan ifodalanishini, o‘zini o‘zi anglash krizisi bilan bog‘laydi.
Amerikalik psixolog A.Gezell (1880-1861) S.Xoll kabi rivojlanishning biologik modeliga asoslanadi va bunda yangilanish, integratsiya va muvozanat o‘rin almashadi, deb hisoblaydi. “O‘sish” va “rivojlanish” Gezell uchun sinonim hisoblanadi va u xulq-atvor usulining progressiv differensiatsiya va integratsiya jarayonini bildiradi. Gezell madaniy ta’sirni tan olgan holda shuni ta’kidlaydiki, madaniyat yo‘naltiradi, lekin rivojlanish bosqichlari va tendensiyasini keltirib chiqarmaydi. Individning o‘qitilishi va madaniyatga qo‘shilishi qanchalik muhim bo‘lmasin, u hech qachon etilish ta’siridan o‘zib keta olmaydi. Insonning bioijtimoiy tabiatini tan olgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, asosiy determinant – tashqi ijtimoiy muhit, tashqi holatlardir. Biroq yosh rivojlanishiga etilishning ichki jarayonlari ma’lum ma’noda ta’sir etar ekan, bu narsa faqat organizmning emas, balki psixika va individ rivojlanish bosqichlari, yosh davrlarining bosqichma-bosqich almashinuv qonuniyatlariga, shu zaylda har bir yosh bosqichida psixik rivojlanish xususiyatlari qonuniyatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
SH. Byuler fikricha, pubertat davr – bu biologik o‘sish davri bo‘lib, jinsiy etilish o‘z nihoyasiga etadi, ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o‘spirinlik deb ataydi. SH.Byuler pubertat davrni ikkiga: pozitiv va negativ davrlarga ajratadi. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o‘smirning urishqoqligi, injiqligini ifodalovchi jismoniy va ruhiy toliqish, notinch, oson qo‘zg‘aluvchan holat, yuqori sezuvchanlik hamda qo‘zg‘aluvchanlikni ko‘rsatadi. O‘smirlarning o‘zlaridan qoniqmasliklari asta atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga sabab bo‘lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. YA’ni, o‘smirlarda «sust melanxoliya» va «tajovuzkor himoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir go‘zallikning anglangan kechinmalarini, muhabbat tuyg‘usini misol qilib keltiradi. SH. Byulerning izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 yoshlari oralig‘ida o‘y-hayollarga berilish, yaqin do‘stga ehtiyoj sezish va «do‘stni izlash» ga urinishda ijobiy bosqichga o‘sib o‘tishini ta’kidlaydi.
E. SHprangerning izdoshlaridan biri V.SHtern o‘smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.SHtern «Do‘stingni ko‘rsatsang, kimliginni aytaman» degan naqlga «Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni izohlashga harakat qiladi. CHunki o‘smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. Qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. SHu tariqa V.SHtern oltita tipni ajratadi: a) nazariy tip – shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi; b) estetik tip – bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo‘lib, u individual tanlan­ganlikka ega; v) iqtisodchi tip – bunday shaxsning sa’i-hara­kat­laridagi shiori qilib, ko‘proq foyda (natija)ga qara­tilgan bo‘ladi; g) ijtimoiy tip – hayotining mazmunini muhabbat, muomala va o‘zgalar uchun yashash tashkil etadi; d) siyosiy tip – bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o‘tkazish va buyruq berish xosdir; e) diniy tip-har qanday voqeani ham hayotning va dunyoning mohiyati bilan haspo‘shlashga urinadi.
V. SHternning fikricha, o‘tish davri nafaqat ideal va intilishlar, hislar hamda fikrlarning yo‘nalganligi, balki harakatlarning o‘ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning o‘yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli fao­liya­ti oralig‘idagi holat deb atab, unga «jiddiy o‘yinlar» deb nom beradi. Jiddiy o‘yinlar o‘smirning maqsad qo‘yishiga, tur­li qiziqishlarga o‘z munosabatini bildirishi va qiyosiy tahlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustahkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi.
SHunday qilib, o‘smir yoshining tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelib, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o‘smir shaxsi rivojla­nishidagi har qanday o‘zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy etilish jarayoni bilan bog‘lab tushuntirildi.
Mazkur asrning ikkinchi yarmidan o‘smir rivojlanishida muhitning ham roli borligiga e’tibor qaratildi. E.Erikson o‘smirlik yoshi inson hayotining eng qiyin davrlaridan biri bo‘lib, uning yaxlit shaxs sifatida shakllanishi, nafaqat fiziologik etilish, shaxsiy biografiya, balki jamiyatdagi ma’naviy muhit va mavjud ijtimoiy mafkuraga nisbatan ichki norozilikdan iborat psixologik zo‘riqish davri ekanligini izohlashga intiladi.
L.S.Vigotskiy o‘tish davriga xos qiziqishlar muammosini atroflicha o‘rganib, buni «o‘smir­ning psixologik rivojlanishidagi muammolarni hal qilish­ning yagona kalitidir» deb izohlaydi. O‘smirlik yoshi eski qiziqishlarning buzilishi va yo‘qolishi hamda yangi biologik asosga ega yangi qiziqishlarning vujudga kelishi davri hisoblanib, unda bir necha yorqin qiziqishlar mavjud bo‘lib, ularni dominant qiziqishlar deb atadi. Ular: egotsentrik, ya’ni o‘z shaxsiga qiziqish, kelajagiga qiziqish, ya’ni bugungi kuni emas, balki uzoqni ko‘ra bilishiga qaratilgan ustanovka; zo‘r berish (harakat), ya’ni qaysarlikka asoslangan irodaviy zo‘ri­qish, tarbiya usullariga qarshilik ko‘rsatishdan iborat salbiy harakatlar, xayolparastlik,ya’nio‘smirning sarguzashtlarga boy, turli qahramonliklar ko‘rsatishga intilishlari bilan bog‘liq tavakkalchiligidan iborat. J.Piaje kabi L.S.Vigot­skiy ham o‘smirlik davridagi tafakkur rivojlanishi tushuncha­larni o‘zlashtirish asosiga kechishini va o‘smir tafakkuri sub’ektiv shaklga ega bo‘lib, o‘zgalardan «sir» tutiladigan intim jabhalarga qaratilishini hamda o‘smir shaxsining ichki o‘zgarishlarini qamrab oluvchi refleksiya rivojlanishi, ya’ni o‘zligini anglashdek yangilanishlar ro‘y berishiniqayd etadi. Ushbu psixologik yangilanishlar o‘smirning motivatsion tizimi­da ma’lum salbiy reaksiyalar qo‘zg‘atib, ichki va tashqi nizo­larni keltirib chiqaradi hamda tarbiyasi «qiyin»lik ko‘rsat­kichiga aylanadi. Jumladan,

  • o‘smir shaxsidagi asosiy yangilanishlardan biri – «katta­lik hissi» (T.V.Dragunov, 1961) o‘smirning o‘zi haqida «endi kichkina emasman» tasavvurining shakllanishiga sabab bo‘lib, uning qondirilmasligi atrofidagi kattalar bilan turli nizolarning tug‘ilishiga turtkidir;

  • o‘smir shaxsi yangilanishlaridan yana biri o‘smir faoliyati va hulqini aniqlovchi o‘zini o‘zi baholash ehtiyoji (E.I.Savonko, 1972) bo‘lib, uning qondirilmasligi o‘smir – o‘qituvchi munosabatlari doirasida «ma’naviy to‘siq» (L.S.Slavina, 1969) vujudga kelishini ta’minlaydi, muayyan sharoitlarda «noadekvatlik affekti»ni kuchaytiradi;

  • o‘smir shaxsining yo‘nalganlik belgisi sifatida, uning motivatsion – ehtiyoj doirasidagi barqaror ehtiyoj va motivlarning mustahkamlanishi hisoblanadi. Uning etarli darajada dominantlikka o‘sib o‘tmasligi, ba’zan axloqiy xulq motivlarining shakllanmasligiga olib keladi (G.G.Bochkareva, 1972).

  • o‘smirning jamoada (sinfda, oilada va hokazolar) o‘zi­ning aniq o‘rniga ega bo‘lishga intilishi ham mazkur yosh yangilanishlaridan biri bo‘lib, uning qondirilmasligi (D.I.Feldshtey, O.V.Lishin, 1991) o‘smirda «men va guruh» munosabatlaridan «ko‘cha» mikromuhitini tanlash imkoniyati uchun zamin yaratadi va o‘qishdagi, sinf jamoa­si­dagi, real hayotidagi barcha muvaffaqiyatsiz­lik­lar o‘r­ni­ni qoplovchi «ulfatlar guruhi»ning a’zosiga aylan­ti­radi va unda «yangicha faoliyat» boshlanadi.

Bolalik hayotida latent holatidan o‘smirlikka o‘tishda bir qator o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar bola holatini xulq-atvoriga ko‘ra aniq o‘rgangan ota-onalar va o‘qituvchilar uchun rivojlanishdagi regressiya sifatida katta tashvish va qayg‘uga sabab bo‘lgan. Latent yosh davridagi (5 yoshdan 11-12 yoshgacha) aniq va yaqqol ifodalanuvchi xarakter xislatlari o‘rnini, o‘smirlik yoshida (taxminan 11-12 yoshdan to 14 yoshgacha) o‘z xudbinligi, atrofidagilarga befarqligi, oilaviy o‘zaro munosabatlardagi disgormoniya, shaxslararo subordinatsiyaning buzilishi, o‘z diqqatini o‘quv predmetlariga to‘play olmaslik, o‘qishga nisbatan qiziqishlarining so‘nishi va hokazolar kabi bir qator illatlarni egallashi bilan u yana hammani hayratga soladi.
Ilk bor o‘smirlik yoshini psixoanalitik nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan ishlar 1905 yilda «Seksuallik nazariyasining uch ocherki» nomli ilmiy maqoladan boshlangan. Unda asosan: a) erogen sohaning genital sohaga tobeligi; b) o‘g‘il va qiz bolalar uchun turlicha bo‘lgan jinsiy istaklarning shakllanishi; v) oiladan tashqarida jinsiy ob’ektning izlanishi haqidagi mulohazalar bildirilgan.
1922 yilda Ernst Djons o‘zining «O‘smirlik yoshining ayrim muammolari» nomli maqolasida o‘smirlik va ilk bolalik davrining o‘ziga xos korrelyatlarini ochib berishga muvaffaq bo‘ldi. Djonsning fikricha, «individ hayotining birinchi 5 yilida erishgan tajribalarini ikkinchi o‘n yillikda umumlashtiradi va davom ettiradi»*- deydi(1932.398). Uning qarashlarini davomchisi sifatida venalik olim Zigfrid Bernfeld o‘smirlik davridagi individual va guruhiy xulqning barcha jabhalarini, ijtimoiy ta’sirlarga reaksiya, sublimatsiya va hokazolarini atroflicha o‘rganadi. Uning psixo analitik nazariyaga qo‘shgan asosiy hissasi, o‘smir o‘g‘il bolalarida «cho‘zilgan tip» deb nomlanuvi maxsus tipni ajratganligi bo‘ldi. Ushbu tip o‘smirlik davrining me’yoriy kechishdan uzayganligi bilan farqlanadi. O‘z fikrini tasdiqlash maqsadida Bernfeld V Xoffer bilan hamkorlikda o‘smirlarning o‘zini o‘zi kuzatishi natijalari, kundaliklari, ijodiy izlanishlari va boshqa ma’lumotlari asosida maqola yozdi.
Avgust Ayxorn ushbu muammoga asotsial va kriminal rivojlanish nuqtai nazaridan yondashib, o‘z tadqiqotlarida tashqi muhitga moslashuvi qiyin bo‘lganligi bois, o‘z «super ego»sini shakllantira olmay, jamiyatga qarshi chiqish holatini tahlil qiladi hamda «O‘ziga xos yoshlik» kitobini yaratadi. To‘plangan qiziqarli ma’lumotlarga tayangan holda, A Freyd 1936 yilda «Pubertat davrda id va ego» hamda «Jinsiy etilish davrida instinktiv tashvish» nomli ilmiy maqolalarida instinktiv mayllarga asoslangan zo‘riqish va tazyiqni engishda nevrotik simptomlar shakllanishiga sabab bo‘luvchi «ego»ning o‘rnini aniqlashga qaratadi. «Id» va «ego» o‘rtasidagi munosabatlar to‘qnashuvida mayllar jabhasida ham sifat ham miqdor jihatdan o‘zgarishlar yuz beradi. Mayllarning rivojlanishi bolalikda shakllangan «ego»ni tashvishga soladi, u yashash uchun kurashadi. Natijada turli xil shaxsiyatli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ego va super ego odatda qisman o‘zgarishlarga uchraydi va jinsiylikning yangi shakllariga ega bo‘lib, odatdagi ijtimoiy yo‘naltirilgan «ego»da turli tartibsizliklar va xaos boshlanadi. Bu yosh davri psixo analitiklar uchun ham turli murakkabliklar va qiyinchiliklar davri hisoblanadi. 1945 yildan so‘ng AQSHda ham ushbu muammoga qiziqish ortdi. Leo A., SHpigel (1951) «O‘smirlik davrining psixoanalitik nazariyalariga bag‘ishlangan ishlarning sharhi» deganlarida ularni to‘plangan psixologik ma’lumotlarni klassifikatsiyalashga urinib, quyidagicha guruhlashtiradi:
- «Fenomenlar klassifikatsiyasi» (Bernfeld, Xartmani, Kris, Loushteyn, Uittlz).
- «Ob’ektiv munosabatlar» (Bernfeld, Buksbaum, X.Doych, Fenixel, Erikson, A.Freyd, V. Xoffer. Djons, A.Katan, Landauer).
- «Himoya mexanizmlari» (Bernfeld, X.Doych, Fenixel, A.Freyd, A.Kris).
- «Kreativlik» (Bernfeld, A.Freyd).
- «Jinsiy faollik» (Bolin, Bernfeld, Buksbaum,X.Doych, Federn, Ferensi, Z.Freyd,lempl-de Grut).
- «Ego shakllanishining xususiyatlari» (Fenikel, A.Freyd, Garnik, Xoffer, Landauer).
- «Davolash» (Ayxorn, K.R.Eyssler, A.Freyd, Gaytlson, A.Katan, M.Klyayn, Landauer, A.Rayx).
SHu tariqa muallif muammoga oid 41 ta ilmiy ishlarni tahlil qilib chiqadi. Garchi ushbu ma’lumotlar o‘smir-patsientlar bilan analitik ishlashda to‘liq ishonch tug‘dirmasada, lekin mazkur davr uchun psixoanalitik nazariyalarning «sarasi» tarzida o‘z kuchini yo‘qotmaydi.. Ma’lumki, psixoanalitik nazariya asoschisi 3. Freyd inson xarakteri, uning xatti-harakatlari va qiliqlari hamda umuman ijtimoiy hayotni beixtiyor, idrok etilmaydigan intilishlar orqali tushuntirishga intiladi. Uning nazdida, shaxs bu insondagi ikki asos - onglilik va ongostlilik asoslarining kurash maydoni. «Libido»- jinsiy intilish quvvati inson faolligining, irodasining manbaidir. SHahvoniy intilish doimo onglilik doirasiga siqib chiqariladi va bevosita namoyon bo‘lmay, o‘zgarib, sublimatsiyalashib (o‘zga holatga o‘tib) boshqa intilish va haraktlarda yuzaga keladi. Onglilikdagi «u» bilan «ruhiyatning yuza qatlami» bo‘lgan «men» o‘rtasida doimiy kurash ketadi. Z.Freydning fikricha, xarakter shahvoniy intilishlarning sublimatsiyalashgan ifodasidir. SHahvoniy intilishlar insonning go‘daklik chog‘idayoq namoyon bo‘ladi va shu bois «xarakter» bolalik paytidan boshlab ayni shu intilishlar zaminida shakllanadi.YOsh bolaning xarakterini, Z.Freyd ta’limoti bo‘yicha, erotika (ishq)ning pregenital bosqichini belgilaydi. Dastlab yosh bolalarning jinsiy intilishi uning o‘ziga qaratilgan (autoerotizm) bo‘ladi. SHuning uchun ham yozilish (hojat chiqarish) va u bilan bog‘liq tuyg‘ularda bunday intilishlar ilk bor namoyon bo‘ladi, va ular sublimatsiyalashgan (ko‘rinishi o‘zgargan) tarzda bola xarakterida yuzaga keladi. Z.Freydning fikricha, bunday xarakterning xususiyatlari-tozalik va tartibga moyillik, tejamkorlik va qaysarlikdir.
Inson ulg‘aygan sari bu turdagi erotizm (ishq) ortga suriladi, ammo mutlaqo yo‘q bo‘lib ketmaydi. Asosan yosh bolalarga xos bo‘lgan anal toifadagi xarakterdan tashqari Z.Freyd psixoseksual yoki libido (jinsiy) xarakter turlari haqida mulohaza yuritadi. Bunday turlarga quyidagilar kiradi:
1. Xarakterning erotik (ishqiy) toifasi. Bunday xarakterga ega bo‘lgan odam o‘z muhabbatini yo‘qotib qo‘yishdan doimo qo‘rqib yashaydi;
2. Obsessiv toifadagi xarakter «men emas, mendan ustun qoidasi bilan belgilanadi, ya’ni bunday xarakterga ega odam faqat o‘zi haqida o‘ylaydigan (erotik) toifaga kirmaydi va o‘z shaxsiyatidan yuqori turgan maqsad va ideallarga (din, falsafa) erishishni o‘ylaydi;
3. Narsistik toifadagi xarakter. O‘zini saqlash-bunday odamning asosiy tashvishidir. U ko‘proq mustaqil bo‘lib qo‘rqishga moyilligi kam. Aksincha, unda tajovuzkorlikka moyillik kuchli. Bunday odam atrofdilarga yoqishi, ularning ishonchini qozonishi va ularni boshqarishi ham mumkin.
Z.Freyd ta’limotida onglilik ongga zid holat sifatida noto‘g‘ri talqin etiladi. SHuningdek, shaxs shakllanishining asosiy mexanizmi biologik zaruratlar ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy hayot qonun-qoidalari tufayli ularni qondirish mumkin emasligi haqida gapiriladi. Zero, inson ongli hayotining barcha belgilari aslida siqib chiqarilgan biologik zaruratlarning bir ramzlaridir, xolos. O‘z ta’limotini Z.Freyd inson psixologiyasi, deb ataydi, ammo tug‘ma shaxvoniy intilishlarni shaxsning shakllantiruvchi omili (asosi) deb hisoblaydi.A.G. Kovalyov va V.N.Myasishchevlarning fikri bo‘yicha, Z.Freyd shaxs g‘ayrioddiyligining sabablarini odamlarning ijtimoiy hayotidan emas, balki jamoa ichidagi hayotidan, shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha xususiyatlarini go‘yo tushuntirib beradigan shaxs mexanizmidan izlaydi. Emishki, ayni shu «mexanizmlar» inson xatti-harakatlarini yo‘naltiruvchi qonunlar asosida harakatlantiradi. Bu omillar Freyd nazariyasining asosiy kamchiliklari, u ilgari surgan tipologiyaning g‘ayriilmiyligidan va Freyd nihoyatda rang-barang bo‘lgan inson shaxslarini faqat jinsiy intilishlarning ko‘rinishlaridan iborat zaif bir qolipga solishga urinadi. Biroq individlar faqatgina holatining umumiy yo‘nalganligiga qarab emas, balki biron bir asabiy ruhiy (psixik) funksiya (vazifa)ning ustunligiga binoan ham farqlanadilar. YUngning fikricha, bu funksiyalarga tafakkur, hissiyotlar, sezgilar va intuitsiya kiradi. Ana shu funksiyalardan, birontasining boshqalardan doimiy ustunligi tegishli xarakter tipini belgilaydi: fikrlovchi, hissiyotga beriluvchi (hissiyot), sensor (sezuvchi) va intuitiv xarakter.Bu funksional tiplarning har biri, o‘z navbatida ustuvor holatiga ko‘ra ekstravertiv va introvertiv tipga kiradi.
Taraqqiyot psixologiyasida neofreydizmning ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri bu amerikalik olim Erik Eriksondir (1902-1982). Uning fikricha, inson rivojlanishi avtonom bo‘lsa-da, bir-biri bilan bog‘liq 3 ta jarayondan tuziladi: biologiyada o‘rganiladigan somatik rivojlanish, psixologiyada o‘rganiladigan anglangan “Men” rivojlanishi hamda ijtimoiy fanlar tomonidan o‘rganiladigan ijtimoiy rivojlanish. Rivojlanishning asosiy qonuni – “epigenetik” prinsipga asosan rivojlanishning har bir bosqichida oldingi bosqichlarga xos bo‘lmagan yangi hodisalar va xususiyatlar yuzaga keladi. Rivojlanishning yangi fazasiga o‘tish tashqi ko‘rinishdan patologik holatni eslatadigan “normativ inqiroz” tarzida kechadi, lekin aslida o‘sishning normal qiyinchiliklarini bildiradi. YUqoridagi fikrlardan ko‘rib turganimizdek, o‘spirinlik davri psixologiya fanida mavjud bo‘lgan nazariyalar va oqimlar vakillari tomonidan turlicha ta’riflanadi va baholanadi. SHuni ta’kidlash joizki bu munozaralar hali xanuz davom etmoqda.Usmirlik – bolalikdan kattalikka utish davri bulib, fiziologik va psixologik jixatdan uziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu boskichda bolalarning jismoniy va psixik tarakkiyoti juda tezlashadi, xayotdagi turli narsalarga kizikishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. Usmirlik balogatga etish davri bulib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy xayotga taallukli chigal masalalarning paydo bulishi bilan xam xarakterlanadi. Bular ta’sirida usmirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bulayotgan vokealarga munosabati tez uzgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar tugrisida notugri tasavvur va yanglish fikrlar xosil bulishi tufayli u muayan tartib-koidalarga tankidiy kuz bilan karaydi.
Usmirda psixik jarayonlarning keskin uzgarishi bilan akliy faoliyatida xam buzilishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatda, ukuvchi bilan ukituvchi mulokotida, kattalar bilan usmirlarning muomalasida kat’iy uzgarishlar jarayonida kiyinchiliklar paydo buladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ruy beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon kilish shakli, uslubi va usullari usmirni koniktirmay kuyadi.
O‘smirlarning psixik usishini xarakatga keltiruvchi kuch nima? “Usmirning psixik usishini xarakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi extiyojlar bilan ularni kondirish imkoniyatlari urtasidagi karama-karshiliklar tizimining namoyon bulishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orkali usmir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yukotish mumkin.” O‘smirda ruy beradigan biologik-jismoniy uzgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuktasi vujudga keladi. Buyga usish bir tekis bormaydi: kiz-bolalar 5-7 sm ussalar, ugil bolalar 5-10 sm usadilar. Buyiga karab usish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtka kismining kattalashishi xisobiga ruy beradi.
Ogiz bushligi va xalkumdagi uzgarishlar okibatida tovush tembri xam uzgaradi. Bu ugil bolalarda kiz bolalarga nisbatan kuprok darajada sodir buladi. Ugil bolalarning tovushi vazminrok bulib koladi, durillaydi.
Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan ussa xam, mustaxkamlashsa xam, lekin baribir oyok va kul suyaklarining usish sur’ati orkada koladi. Usmirlarda bu xususiyat ularning besunakay xatti-xarakatlarida, yurish-turishlaridagi kupollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab buladi.
Kukrak kafasi xam gavdaning bo‘y usishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim usmirlarning elkasi, kukragi tor bulib koladi, bu esa uz navbatida kislorod etishmasligiga, nafas kisishiga olib keladi. Kislorod etishmasligi natijasida ruxiy faoliyatga putur etadi. Bu davrda yurak kengayishi bilan kon tomirlari xam yugonlashadi. Kon aylashish sistemasining kayta kurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barkarorlik kon aylanishini buzadi va usmirda ba’zi kon bosimining ortishi ruy beradi. Bu davrda ayniksa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. Goxo usmirlar orasida axlokan tubanlashuv xollari ruy berishi mumkin. Ijtimoiy xayotda yaramas odatlarni keltirib chikaruvchi anchagina sabablar bor: birinchidan kinozallari va televideniyadan usmirlarga tugri kelmaydigan filmlarni kursatilishi, ikkinchidan, jamoat joylarida kattalarining nojoiz xarakatlarni kursatishlari, uchinchidan, ta’limda biologik usish tugrisida etarli bilimlar berilmasligi, turtinchidan ota-onalarda fiziologik va psixologik bilimlar etishmasligi va xokozalar.Usmir uzining kobiliyati va kuchini tugri baxolamay turib, murakkab xayotiy masalalarni xal kilishga urinadi, ammo fikr yuritish kobiliyati yuzaki bulganligi sababli kundalik xayotida kator kamchiliklarga yul kuyadi. Lekin u uz xatosini tan olishdan kura kattalar bilan baxslashishni afzal kuradi. Umuman olganda o‘smirlik davrida yuz beradigan barcha fiziologik o‘zgarishlar uning psixikasi rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Psixik yangilanishlarning vujudga kelishi o‘smirning bolalik davridan kattalar hayotiga o‘tib borishidagi murakkabliklar bilan o‘zaro bog‘liq. Nisbatan vazmin kechadigan kichik maktab yosh davridan keyin o‘smirlik davri haddan tashqari jonli va murakkab tuyuladi.
O‘smirlik davridagi asosiy xususiyatlardan biri ahamiyatli shaxslarning almashinishi va katta yoshdagilar bilan o‘zaro munosabatlarning qayta qurilishidir. YOshga oid “biz” tushunchasi bolalik davrida ham mavjud bo‘ladi, lekin bola ikkita dunyoning – kattalar va bolalar dunyosining farqini qabul qiladi. O‘smirlar o‘rtada joylashadi hamda bu oraliq holat ularning psixologiyasi, xususan o‘zini o‘zi anglashining juda ko‘p xususiyatlarini belgilab beradi.
Fransuz psixologi B.Zazzo 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardan o‘zlarini kichkina deb hisoblaydilarmi yoxud katta yoki o‘rtami (bo‘yiga qarab emas, yoshiga qarab) degan savolni oydinlashtirishga harkat qiladi. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlarini kichkinalar bilan solishtirib ularga nisbatan “katta” ekanliklarini e’tirof etganlar. Maktab yoshi bolaga tayyor son ko‘rinishidagi etalonni beradi – bir sinfdan ikkinchi sinfga ko‘chish; ko‘pchilik bolalar o‘zlarini “o‘rta” deb baholaydilar. 11 yoshdan 12 yoshgacha sanash nuqtasi o‘zgaradi: uning etaloni bo‘lib katta odam hisoblanadi, “o‘sish” uning uchun kattalar qatoriga qo‘shilishni bildiradi.
O‘tish davrining muhim ehtiyojlaridan biri bu nazoratdan, ota-onalar himoyasidan va umuman kattalar tomonidan o‘rnatilgan qoidalardan xalos bo‘lishdir. Alohida ko‘riladigan ijtimoiylashuv omillaridan eng muhim va ta’sirchan omil bu oiladir. Uning ta’sirini o‘smir hammadan oldin his qiladi. E.K.Vasileva (1995) o‘smir shaxsining shakllanishiga uning ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlari maromi axamiyatli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi. E.G‘oziev (1994) shuni ta’kidlaydiki, “o‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, nuqtai, prinsip, o‘zligini anglash, baholash va hokazolar shaklanadigan davr hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalarning ko‘rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy, ixtiyorsiz orzu-istaklari bilan harakat qilsa, o‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazar asosida tashkil qila boshlaydi”.
A.V.Libin (2008) fikricha, o‘smirlik davriga kelib qiz bolalarda verbal faollik kuzatilsa, o‘g‘il bolalarda abstrakt manipulyasiya ko‘zga tashlanadi. Biroq juda ko‘p mualliflar bu xususiyatlarni tahlil qilishda muhit ta’siriga e’tibor qaratishni alohida ta’kidlaydilar. Xarakter tuzilmasi ham, men obrazi ham bu davrda jinsiy tafovutlarga ega bo‘ladi. Qizlarda jismoniy holati va ijtimoiy yo‘naltirilishi, shuningdek kognitiv ko‘nikmalar va qiziqishlarda etuklik belgilari o‘g‘il bolalarga nisbatan kuchliroq namoyon bo‘ladi. Uning fikricha o‘g‘il bolalardagi “men” obrazi unga kiritilgan tasniflarning foiz mutanosibligiga ko‘ra o‘zlaridan ikki yosh kichik qizlardagi “men” obraziga to‘g‘ri keladi. Tafovutlar o‘zini o‘zi tasvirlash tuzilmasida ham kuzatiladi. O‘g‘il bolalar ko‘pincha o‘z qiziqishlari va mashg‘ulotlari haqida yozsalar, qiz bolalarda qarama-qarshi jins vakillari bilan o‘zaro munosabatlar mavzulari, oila va qarindoshlar muammolari ustunlik qiladi. Aynan shu xususiyatlarda ijtimoiy kutilmalar ta’siri namoyon bo‘lishi mumkinligi e’tirof etiladi.
Xulosa qilib aytganda o‘smirlik davridagi fiziologik va psixologik xususiyatlar o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, inson taraqqiyoti va etilishining ma’lum bosqichi hisoblanadi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin