Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə15/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
Umumiy psixologiya

Freydning ba’zi shogirdlari uning bu ta’limotiga qarshi chiqqan. Masalan Adolf Adler (1870 – 1937) ning fikricha, shaxs psixologik xayotining asosini seksual mayl emas, balki ustunlikka, xokimiyatga, boshqa kishilar ustidan xukmronlik qilishga bo`lgan tabiiy mayl tashkil etadi.
Vaxolanki, shaxs faolligining manbai turli extiyojlardir. Mana shu extiyoj odamni ma’lum tarzda va ma’lum yo`nalishda xarakat qilishga undaydi. Extiyoj shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo`ladigan va uning konkret yashash sharoitiga bog`liqligini ifodalovchi xolatdir.
SHaxs extiyojlaridan tashqari, qiziqishlarga ham ega bo`ladi. Qiziqishlar deganda odamning bilish jarayoni bilan bog`liq extiyojlarining xissiy namoyon bo`lishi tushuniladi. Bilish extiyojlarini qondirish bilimlardagi kamchiliklarni to`ldirishga, sharoitga yaxshiroq moslashishga, o`zi uchun ahamiyatli narsalarni tushunishga yordam beradi. 2
Faoliyat jarayonida qiziqishlarning roli nixoyatda kattadir. Qiziqishlar mazmuniga, maqsadiga, kengligi va mustaxkamligiga qarab klassifikao`iya qilinishi mumkin.
SHaxs o`z e’tiqodiga ham ega bo`ladi. E’tiqod shaxsning o`z qarashlari, printsiplari, dunyoqarashlariga mos ravishda xarakat qilishga undovchi anglangan extiyojlar yig`indisidir. E’tiqodli kishi xech qachon o`z printsiplari, qarashlari, maqsadlaridan chekinmaydi. Xozirgi tarbiyamizdan maqsad ham e’tiqodli, imonli, ma’naviy etuk kishilarni tarbiyalab etishtirishdir.
SHaxsda tilaqlar ham mavjud bo`ladi. Tilak xatti – xarakat motivi bo`lib, u kishini xarakat qilishga undaydi. Tilak niyat, orzu, extiros shakllarida namoyon bo`lishi mumkin. Ular yuksak va past bo`lib, odamlar faoliyati va jamiyat xayotida turli rol o`ynashi mumkin.
Qiziqishlar, extiyojlar, e’tiqodlar, tilaqlar anglanilgan xarakatlardir. Lekin insonda anglanilgan motivlardan tashqari, anglanilmagan mayllar ham borki, inson xayotida katta ahamiyatga egadir.
Faoliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar orasida eng ko`p o`rganilgani ko`rsatma berish masalasidir. Bu masalani gro`zin psixologi D.N.O`znadze va uning xodimlari ishlab chiqqan.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin