Xarakterning o`sishida namunaning roli. Yuksak axloqiy va irodaviy xislatlari bilan hammaga manzur bo`lgan kishilar namunasi xarakter tarbiyalashning muxim vositasi bo`lib xisoblanadi. Jamiyatimizda bolalarga namuna qilib kursatish mumkin bo`lgan ajoyib insonlar juda ko`p. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin o`zining ishbilarmonligi, tashabbuskorligi, xalq manfaati yo`lidagi fidokorligi bilan yoshlarga ibrat bo`ladigan kishilar tobora ko`payib bormoqda. Bunday kishilarni biz ulkan qurilishlarda, Toshkent-O`sh xalqaro yo`lining qurilishida, chet ellar bilan hamkorlikda qushma korxonalar ochganlar orasida, fan, texnika, san’at, adabiyot namoyandalari orasida ko`plab uchratishimiz mumkin.
Kishining xarakteri, birinchidan, u boshqa odamlarga qanday munosabat bildirayotganida namoyon bo`ladi.
Ikkinchidan, kishining o`ziga munosabatida - obro`talablik va o`z qadrini xis qilish yoki kamtarlik.
Uchinchidan - xarakter kishining ishga munosabatida namoyon bo`ladi (vijdonlilik, ma’suliyat, ishchanlik, jiddiylik).
To`rtinchidan - xarakter kishining narsalarga munosabatida namoyon bo`ladi. (Narsalariga, kiyimiga va hokazo).
Xarakter borasidagi ta’limotlar. Aflotun va Arastu kishi xarakterini uning basharasiga qarab aniqlashni taklif qilgan edilar. Kishi tashqi qiyofasida biror hayovonnikiga o`xshash belgilarni topish zarur, keyin xarakter aniqlanadi, deydi. Arastu fikricha, buqaniki singari yo`g`on bo`yin ishyoqmaslikni bildiradi, cho`chqaniqiga o`xshash teshiklari katta-katta keng burun axmoqlikni, arslonniki kabi burun mag`rurlikni, echqilar, qo`ylar va quyonniki singari junining mayinligi qo`rqoqlikni, sherlar va yovvoyi cho`chqalarniki singari junining dag`alligi botirlikni bildiradi.
Xarakterni aniqlashning bunga o`xshash fiziognomik tizimini o`rta asrda yashagan suriyalik yozuvchi Abul Faraj Bar Ebreyda ko`ramiz. U shunday yozadi: «Yo`g`on va kalta bo`yinlik kishi buyvol (yovvoyi mol) singari qahr g`azabga keladigan maylga ega. Uzun va ingichka bo`yin qo`rqoqlik alomatidir, bunday kishi bug`u singari hurkadigan bo`ladiki … qaysi birining bo`yni juda kichik bo`lsa, bo`ri singari makkor bo`ladi». (Abul Faraj).
XVIII asrda yashagan Iogann Kaspar Lafaterning fiziognomistik qarashlari mashhur bo`lib ketdi. Uning fikricha «Inson boshi - qalbini ko`rsatadigan oynadir.» Bosh suyagi konfiguratsiyasini, imo-ishorani o`rganish xarakterni o`rganishning asosiy yo`li deb hisoblaydi, qarashlari asossizligini uning o`z qotilini bila olmagani, suhbatlashib o`tirgan munofiq uni otib o`ldirishidir. Xarakterni o`rganadigan soha frenologiya deb nom olgan. (Nemis vrachi Frents Gall nomi bilan bog`liq.) Bosh suyagi konfiguratsiyasi asosida frenologik karta tuzgan. Lekin bu ham o`zini oqlamagan.
Charlz Darvin (1809-1882) o`zining «Odamda va hayvonlarda his-tuyg`ularning ifodalanishi tugrisida» (1872) kitobida, fiziognomistik «har bir individning o`z shaxsiy qiziqishlariga ergashib, faqat yuzlaridagi, asosan ma’lum bir muskullarning qisqarishi, bu muskullar kuchlirok rivojlangan bo`lishi mumkinligi va shuning uchun bu chiziqlar va ularning odatdagi qisqarishidan paydo bo`ladigan yuz o`zgarishi ancha chuqur va ko`zga ko`rinarli bo`lishi mumkinligini jiddiy ravishda bilish kerak»: Darvinning bu g`oyalari ko`pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos bo`ldi.
Qobiliyatlar haqida tushuncha, qobiliyatlarning sifati va miqdor tavsifi.Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan faoliyatdagina namoyon bo`ladi.
Qobiliyatlar bilim, malaka va ko`nikmalarning o`zida ko`rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo`ladi, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, mazkur faoliyat uchun muxim bo`lgan bilimlar va ko`nikmalarni egallash jarayoni turli teng sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, oson va mustaxkam amalga oshirilishida namoyon bo`ladi.
Xuddi ana shu o`rinda yuzaga chiqadigan farqlar bizga qobiliyatlar haqida gapirish xuquqini beradi.
SHunday qilib, qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti xisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko`nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo`ladigan individual – psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlar individual – psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi.
O`z-o`zidan ma’lumki, kishilar bir-biri bilan teng emas. Ana shuning uchun ham qobiliyatlar haqida gap ketganda bu farqlarni xarakterlab o`tish kerak. Bu farqlar sifatli va mikdoriy bo`lishlari mumkin.
Qobiliyatlarning sifat jixatdan xarakteristikasi insonga mexnat faoliyatining kaysi soxasida (konstruktorlik, pedagoglik, iqtisodchilik, sport va boshqalarda) osonlik bilan o`zini topa oladi, katta yutuklarga va muvaffakiyatlarga erishadi degan savolga javob topish imkoniyatini beradi. Bu bilan qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularning mikdoriy xarakteristikasiga o`zviy bog`liqdir.
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jixatdan o`lchash muammosi uzoq tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida qator psixologlar (Kettel, Termen, Spirmen va boshqalar) ommoviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zaruriyati bilan bog`liq bo`lgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyatini aniqlashni taklif qilib chiqdilar.
O`sha paytlarda qobiliyatlarni o`lchash usuli sifatida aqliy iste’dod testlaridan foydalanildi.
Aqliy iste’dod testlari mazmun jixatdan qator savollar va masalalardan tashkil topgandir. Ularni echish muvaffaqiyati (sarflangan vaqtni xisobga olib) ball yoki ochkolar yig`indisi bilan xisoblanadi.
Masalan, o`n bir yoshlik bolalarning aqliy qobiliyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida quyidagicha test qo`llangan: «Petr Jeymsga qaraganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Hammadan ko`ra kim baland? Savol tagiga quyidagi javoblar yozib qo`yiladi: 1 Edvard, 2. Jeyms, 3. Petr,» Ayta olmayman. YOki boshqacha test: qizil, yashil, ko`k, xo`l, sariq. Bu erda bola turkumga kirmaydigan so`zni aniqlashi kerak va xokozo.
Bolalar testlar to`plamini bajarib bo`lgandan keyin ularning natijalarini standartlashtirilgan yo`l bilan, ya’ni xar bir sinaluvchi olgan ochkolar miqdorini xisoblash bilan shug`ullanishadi.