C# da “_” simvolini identifikatorning birinchi simvoli sifatida ishlatish mumkin.
Literallar. C# tilida 5 xil literal mavjud ;
- Butun tipli literal
- Haqiqiy tipli literal
- Belgili literal
- Satr tipli literal
- Mantiqiy tipli literal Literallar
– bu tilning maxsus tushunchasidir. Har bir literallar to’plami uchun alohida yozilish qoidasi mavjud. Masalan:
- Butun tipli literallar: 5, 7, 8, -12, 234
- Haqiqiy tipli literallar: 3.6, -56.8, 0.9
- Belgili literallar: ‘a’, ‘b’, ‘?’,
- Satr tipli literallar: “salom”, “aka”, “abcd”
- Mantiqiy tipli literallar: true. False
O'zgaruvchilar
O‘zgaruvchi – dastur obyekti bo‘lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. O‘zgaruvchi nomga, o‘lchamga va boshqa atributlarga – ko‘rinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘zgaruvchilarni ishlatish uchun ular e’lon qilinishi kerak. E’lon natijasida o‘zgaruvchi xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha o‘lchami esa o‘zgaruvchining aniq turiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bitta tur uchun turli platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin.
O‘zgaruvchi e’loni uning turini aniqlovchi kalit so‘zi bilan boshlanadi va s=a;(const a) belgisi orqali boshlang‘ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit so‘z bilan bir nechta o‘zgaruvchilarni e’lon qilish mumkin. Buning uchun o‘zgaruvchilar bir – biridan ‘,’ belgisi bilan ajratiladi. E’lonlar ‘;’ belgisi bilan tugaydi. O‘zgaruvchi nomi 255 belgidan oshmasligi kerak.
o`zgaruvchi tipi o`zgaruvchi1 nomi, o`zgaruvchi2 nomi, …, o`zgaruvchiN nomi; o`zgaruvchi tipi o`zgaruvchi nomi=qiymati;
o`zgaruvchi tipi o`zgaruvchi1 nomi=qiymati, o`zgaruvchi2 nomi=qiymati, …, o`zgaruvchiN nomi=qiymati;