Xarita maydonida yozib qo'yiladigan bosh (umutniy) masshtab yer ellipsoidi yoki sharning chiziqli o’chamlari uni xaritada tasvirlaganda necha marta kichraytirilganligini ko'rsatadi. U kartografik proyeksiyani aniqlashdan oldin o’rnatiladi.
Yangi xarita yoki xaritalar seriyasini loyihalashda masshtabni tanlash xarita maqsadi va mavzusidan kelib chiqadi hamda xarita formati va uning komponovkasi bilan chambarchas bog'liq. Xarita masshtabini tanlash xaritalashtirilayotgan hududning maydon qamrovi, xaritaning maqsadi (kimlar uchun mo'ljallanganligi), undan foydalanish xarakteri, xarita mavzusi. tasvirlanayotgan hudud ahamiyati. uning geografik xususiyatlari, xaritada tasvirlanadigan eng kichik maydonlar, hududning eng murakkab qismlarida tasvir ko’rinuvchanligi va yaxshi o'qilishi. umumiy va maxsus mazmundagi elementlar bilan xaritaning zaruriy va mumkin bo’lgan yuklanganlik darajasi. qulay masshtablarda kartografik material tuzishni ta'minlash kabi omillarga bog’liq
Xaritaning maqsadi va undan foydalanish xarakteridan kelib chiqib, xarita masshtabini o‘rnatishga ikkita asosiy yondashuvni ajratish mumkin
Birinchi yondashuv - kartometrik ishlarni bajarish ko'zda tutilgan xaritalar uchun masshtab tanlash. Asosiy talab: yaratiladigan xarita bo'yicha o‘lchashlaming berilgan aniqligini ta'minlash
Ikkinchi yondashuvxaritada o’lchash aniqligiga talablar belgilovchi rolni o‘ynamaganda amalga oshiriladi. Bunda masshtabni tanlashning asosiy omillari yaratilayotgan xarita va atlaslarning o'Ichami va formati hisoblanadi. Masshtab, eng avvalo, xaritaning formati va hududiy qamrovdan kelib chiqib tanlanadi va loyihada asoslab beriladi. Xarita, atlas o'lchamlarini belgilaydigan, berilgan ramkalarda aniq hudud yoki akvatoriyani (kontinent, o’lkalar, dengizlar) tasvirlash uchun masshtab tanlash alohida ahamiyat kasb etadi. Kartograf borliq yoki uning biror qismini grafik tasvirlashga kirishganda, avvalo, xaritaga masshtab tanlash ilk bajariladigan ishlardan hisoblanadi. Masshtab haqiqiy borliq o'lchamlaridan tekis xaritada yangi tasvirlanadigan o4lchamga qisqartirish hajmi hisoblanadi.