Moliyalashtirish.
Marketingning moliyaviy funksiyalari kanal
a ’zolari yoki iste’molchilar uchun kredit berishni o‘z ichiga oladi.
Xavflarning oldini olish.
Xavfning oldini olish muhim marketing
vazifalaridan biridir. Marketingning xavf-xatarlarini olish iste’molchilar
kelgusida sotib olishlari mumkin bo ‘lgan tovarlar va xizmatlar yaratish
va sotishdan kelib chiqqan iste’mol xaridlari haqida noaniqliklarga isho-
ra qiladi.
Qadoqlash va brendlash.
Qadoqlash mahsulotga m o‘ljallangan
qadoqni ishlab chiqishni o ‘z ichiga oladi. Qadoqlash va etiketlash hozir-
gi kunda reklama vositasi sifatida xizmat qiladi, brending umumiy tovar
nomi va tovar belgisini ajratadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida ham brend
lash juda muhim hisoblanadi.
M ijozlarni qo‘Uab-quvvatlash.
Mijozlami qoilab-quvvatlash juda
muhim vazifadir. Savdo b o ‘yicha maslahat, savdo-sotiqdan so‘ng mijoz-
larga shikoyatlar va unga tuzatishlar, kredit xizmatlari, texnik xizmat
ko‘rsatish va iste’molchilar to ‘g‘risidagi m a’lumotlami o ‘z ichiga oladi.
Masalan, suv tozalash vositasi 7 yil davomida xizmat ko'rsatish kafolati
bilan sotiladi va bu marketingning muhim vazifasi sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: