Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Monopoliya 
yunon tilidan olingan bo ‘lib, mono - “tanho” va poleo 
- “sotaman” degan m a’noni bildirib, yakka hokimlik yoki hukmronlikni 
anglatadi, y a ’ni monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi 
sababli, u mavjud mahsulot (xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi 
hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga 
oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab 
chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan 
nazorat qiladi.
M onopoliyaning mavjud bo‘lishi tarmoqqa kirish uchun to'siqlar- 
ning mavjud b o ‘lishiga sabab bo'ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki 
boshqa to ‘siqlar yangi raqobatchilaming tarmoqqa kirishiga y o ‘l q o ‘y- 
maydi. Tarmoqqa kirish uchun to ‘siqlar har xil k o ‘rinishlami oladi. 
Bulaming asosiylari quyidagilar:
a) 
ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to ‘siqlar, shu 
jumladan, moliyaviy to ‘siqlar ko ‘p holatlarda shunchalik katta bo‘ladiki, 
bu tarmoqqa kirishni taqiqlash bilan barobar. Masalan, yirik ishlab 
chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiya-
154


I
ga asoslangan zarur uskunalami sotib olishga juda katta pul-kapitali 
talab qiladi.
b) tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to ‘siqlar. Buning 
mazmuni shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud 
b o ‘lmaydi, uni amalga oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi 
bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. Tabiiy mono- 
poliyalarga elektr, gaz, suv ta ’minoti va aloqa korxonalari misol b o ia
oladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda o ‘z 
huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan 
b o isa , bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan 
yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi;
d) patent va litsenziyalar kabi qonuniy to ‘siqlar. Davlat patent va 
litsenziyalar berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to'siqlar ham 
yaratadi. Patentlar tadqiqotchiga mahsulotini to iiq nazorat qilish 
huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanish 
davlat tomonidan litsenziya berish y o ii bilan cheklanishi mumkin. 
Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga tegishli 
vazirlik litsenziya beradi.
e) xomashyoning muhim turlariga, xususiy mulkchilik monopoliya­
lar tomonidan potensial raqobatchilar uchun samarali to‘siq yaratish 
vositasi sifatida foydalanishi mumkin;
f) g irro m raqobat. Firmalar o ‘z raqiblarining tarmoqqa kirib keli- 
shini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va 
resurslarni yetkazib beruvchilami material va kredit berishdan voz 
kechirish, yetakchi mutaxassislami og‘dirib olish, bahoni keskin tushi- 
rish g irro m raqobatning oddiy usullaridir.
M onopolistik raqobat erkin raqobat va oligopoliya o ita s id a joyla- 
shishi sababli, ulaming belgilarini ifoda etadi. Monopolistik faoliyat 
deganda, x o ‘jaIik yurituvchi subyektlarning, davlat boshqaruv organlari 
va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash 
haqidagi qonun hujjatlariga xilof b o ig an , raqobatchi yo‘1 qo‘ymaslikka, 
uni cheklash yoki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari yoki harakat- 
sizligidir.43

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin