Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


talabalarga, magistrlarga, shuningdek, katta ilmiy xodim izlanuvchilar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

talabalarga, magistrlarga, shuningdek, katta ilmiy xodim izlanuvchilar,
tadbirkorlar hamda marketing fani bilan qiziquvchi keng kitobxonlar
ommasiga moMjallangan.
UO‘K: 339.138(075)
KBK: 65.290-2
Taqrizchflar:
B. Rozmetov - Iqtisodiyot fanlari doktori, professor,
SkJDj. Ergaskxodjayeva -Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
ISBN 978-9943-6730-2-1
й « И я а о в ш м р т е ж л а н г а ваш раёт-матбаа 
уШя», 2§2$.


KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng k o ia m li iqtisodiy 
islohotlar jarayoni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samarali 
tashkil qilish, ular faoliyatini bozor talablariga moslashtirishni talab 
qilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlami 
sotish, xizmat ko ‘rsatish sohalarini samarali rivojlantirish, raqobatbar- 
dosh tovarlarni yaratishda marketing fanining roli juda kattadir. 
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur 
yo‘nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot 
bo‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. M arketing insoniyatning eng 
qadimiy faoliyatlaridan biri b o ‘lishiga qaramasdan, eng yosh biznes-fan 
hisoblanadi. 
Marketing faoliyati bozor munosabatlari sharoitida 
tadbirkorlikning ilg‘or shakli bo‘lib hisoblanadi. Korxonalarni tashkil 
qilish ular faoliyatini yaxshilashda, kichik biznes va tadbirkorlikni 
rivojlantirishda marketing faniga zarurat tu g ‘ilmoqda. Chunki, korxona 
imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo‘naltirilgan tahlil, 
rejalashtirish va nazorat qilish jarayonlari barchasi marketing faoliyati 
deb 
qaraladi. 
M arketing 
dasturi 
bu 
korxonani 
um um xo‘jalik 
faoliyatining direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va 
yuqori boshqarish b o ‘g ‘ini uchun qaror qabul qilishning asosidir. 
Marketing dasturining asosiy mazmuni - bu korxonaning o'tgan 
davrdagi faoliyat natijalari b o ‘lib, unda maqsadli bozorning rivojlanishi 
tahlili va prognozi, firmani rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi 
xulq-atvorini strategik yo‘li, tovar, narx, sotish va rag ‘batlantirish 
siyosatlarining chora tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan b o ‘ladi. 
Ishlab chiqarish korxonasi b o ‘lsin, kichik biznes va xususiy tadbirkolik 
b o ‘lsin bulaming asosiy maqsadi foyda olishdir, buning uchun foyda 
keltiradigan tovarlarni sotishni k o ‘paytirish, ular hissasini oshirish 
lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko'paytirish esa, tovar manbalarini 
topishni, 
ular ichidagi 
eng 
samaralisini 
tanlashni talab 
etadi. 
Shuningdek, XXI asming boshlarida sotuvchi va iste’molchi o ‘rtasida 
uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirish raqobatli 
ustunlikka aylanadi. 2017-yil 7-fevraldagi davlatimiz rahbarining 
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Res- 
publikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y o ‘nalishi b o ‘yicha 
I larakatlar strategiyasida samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish
3


b o ‘yicha, “ ...iqtisodiyot tamioqlari uchun samarali raqobatbardosh 
muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida mono- 
poliyani bosqichma-bosqich kamaytirish”ni ifodalovchi ustuvor y o‘na- 
lishi raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirishda katta ahamiyatga 
egadir. Raqobat kurashi sotuvni rag‘batlantirish, marketing sohasiga, 
ya’ni iste’molchi bilan to ‘laqonli ishlashga o ‘tdi. Yuqoridagilarni amal- 
ga oshirish uchun esa marketingdan samarali foydalanish talab etiladi. 
Bugungi kunda marketing rivojlangan mamlakatlarda jadal rivojlangan 
b o iib , ijtimoiy hayotning barcha sohalari: ishlab chiqarish, taqsimlash. 
ayirboshlash, shuningdek, xizmat k o ‘rsatishning barcha turlarini, 
maorif-madaniyat, ilm-fan, siyosiy partiyalar va harakatlar bilan 
chambarchas 
bog‘langan. 
Marketing 
korxonalarga 
iste’molchilar 
ehtiyojlarini oldindan k o 'ra bilish va iste’molchilar ehtiyojlarini 
qondirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish 
mumkinki, mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda, chakana va 
ulgurji 
savdo 
korxonalarida, 
xizmat 
k o ‘rsatish 
korxonalarida 
marketingdan 
samarali 
foydalanish 
tovarlar 
yoki 
xizmatlar 
raqobatbardoshligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu 
darslikda 
marketingning 
mohiyati 
va 
mazmuni 
b o ‘yicha 
umumlashtirilgan yangi ilmiy-nazariy bilimlar, uslubiy tavsiyalar
marketingning o ‘ziga xos xususiyatlari, asosiy rivojlanish bosqichlari, 
shakllari, turlari hamda uni korxonalar faoliyatiga tadbiq etish yo‘llari va 
usullari aks ettirilgan. Darslik iqtisodiyot, marketing, menejment, 
buxgalteriya hisobi va audit, turizm bakalavriat ta ’lim yo‘nalishlarida 
tahsil olayotgan talabalarga, magistrlarga, shuningdek, tadbirkorlar, 
fermerlar, biznesmenlarga m o‘ljallangan.
4



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin