Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

1.2. M arketingning maqsadi
Piter Druker (menejment nazariyotchisi) shunday deb ta ’kidlaydi: 
“Marketingning maqsadi - sotiladigan xatti-harakatlarni rivojlantiradi. 
Uning maqsadi xaridomi shunchalik yaxshi bilish va tushunishdirki, 
natijada mahsulot yoki xizmat o'zini o ‘zi sotadi".
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to ‘rtta 
maqsadi keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
• mumkin b o ig a n maksimal yuqori iste’molga erishish;
• iste'molchilaming talabining maksimal qondirilishiga erishish;
• iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga 
imkoniyat yaratish;
• aholi tunmish darajasi sifatini oshirish.
Mumkin b o ig a n maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko^pchilik 
rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o ‘si- 
shi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni 
rag'batlantirishda deb biladilar. Bu fikmi boshqacha ifodalasak, odamlar 
qancha ko ‘p sotib olsa va qancha k o ‘p iste in o l qilishsa, shuncha baxtli


b o iad ilar, degan m a’noni anglatadi. Lekin, b a’zi bir kishilar moddiy 
boyliklar masalasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir dcgan 
fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat 
mumkin bo'lgan maksimal iste'm olga erishishdangina iborat emas ekan.
Iste’molchilar talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu 
nuqtayi nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin 
b o ‘lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki istc’molchi- 
lam ing talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar mas- 
sasi iste’moli ko ‘p bo‘lsa-da, u biron-bir ahamiyatga ega b o ‘lmasligi 
mumkin. Ulaming ahamiyatliligi, tovar massasining ko‘pligi bilan emas, 
balki bu tovar massalarining qanchalik darajada iste’molchilaming tala­
bini qondira olishi bilan oichanadi. Afsuski, iste’molchilarning talabi­
ning qondirilish darajasini o'm atish to hozirgi kungacha muammo- 
ligicha qolmoqda.
lste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imko- 
niyat yaratish. Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining 
asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligmi maksimal ta'm inlash va iste’mol­
chilaming keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yara- 
tishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste’molchining 
talabiga to ‘liq mos keladigan tovami topishiga yordam berishdan iborat 
b o‘lishi kerak.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko‘pchilik mutaxassislar 
marketing tizimining asosiy maqsadi aholi "turmush darajasining 
sifati"ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilami 
o ‘z ichiga oladi:
• tovarning sifatt, miqdori, assortimenti, narxi;
• mehnatga haq to‘lash darajasi;
• madaniy muhitning sifati va boshqalar.
M arketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va 
rivojlanishining obyektiv sabablari, zarurati bilan belgilanadi. Yuqorida 
qayd qilinganidek, marketing, eng avvalo, tovarlar to‘planib, sotilmay 
qolgan va iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu inqirozdan 
chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan va yaratilgan ekan. Uning maq­
sadi nihoyatda keng va murakkab masalalami hal qilishga qaratilgandir. 
M arketing ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va 
taklifning muvozanatiga erishgan holda. uni tashkil etgan korxona, 
tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.


Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga 
b o ‘lish mumkin. Ular iqtisodiy ko‘rsatkichlar va firmaning o ‘xshash 
mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. 
Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo‘lib, inson ehtiyojlarini 
qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, "Marketing 
tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga umumlashgan tarzda 
to ‘rtta muqobil javob mavjud:
• maksimal yuqori istc'molga erishish;
• iste’molchilaming maksimal qondirilishiga erishish;
• maksimal keng tanlash imkoniyatini ta ’minlash;
• hayot sifatini maksimal k o ‘tarish.
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan 
iborat: sog'liqni saqlash, ta’limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi 
bandligi. tovarlaming miqdori, assortimenti. arzonligi, aholining xarid 
qobiliyati, madaniy va jism oniy muhitning sifati. Marketing maqsadlari 
firma maqsadlariga erishish quroli hisoblanadi. Marketingni q o‘llaydi- 
gan fimianing asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler 
quyidagicha ta ’riflaydi:
"Kompaniya ishi = mijoz kutadigan natijalar."
Umumlashtirishnmg pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdor 
va sifat borasidagi maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifat 
jihatdan maqsadlari. odatda, firmaning obro‘-e ’tiborini oshirishga 
yo ‘naltirilgan. 
uning 
ijtimoiy 
muhimligini 
kuchaytiradi. 
Ular 
quyidagilardan iboratdir:
• mashhurlikni oshirish;
• yuqori imijga erishish;
• bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko‘rsatish;
• ta’lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash.
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
• f o y d a n i n g h a j m i ;
• sotilishlar hajmi;
• bozor ulushining oshishi;
• barqarorlikni ta ’minlash;
• xarajatlami kamaytirish;
• mehnat unumdorligi.
13


Miqdoriy maqsadlaming tanlanishi va tartibga solinishini sodda- 
lashtirib, biznes sohasida quyidagi hikmat paydo b o id i: "Firmaning 
maqsadini tanlash - bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor 
ulushiga ega b o ‘lish orasida tanlashdan iborat". Bu ifoda mantiqqa va 
iqtisodiy m a’noga ega b o ‘lsa ham u muammoni haddan tashqari oson- 
lashtirib yuboradi. Maqsad har bir xodim uchun individual ravishda va 
umuman butun kompaniya uchun aniq shakllantirilgan b o iis h i kerak, 
shunda uni amalga oshirish ehtimoli ko'proq bo'ladi. Shu munosabat 
bilan marketing maqsadlarini korxonaning ichki tartibini yaxshilashga, 
ya'ni texnologiyani takomillashtirishga, jihozlam i modemizatsiyalashga, 
xodimlarning malakasini oshirishga, vakolatli rahbarlikka va boshqalar- 
ga yo'naltirilgan deb belgilash mumkin.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga 
erishmoqchi, vazifalari - qo‘yilgan maqsadga erishish uchun nima 
qilishi kerak. Amalda marketing quyidagi asosiy vazifalami hal qilishga 
m oijallangan:
• mavjud yoki potensial talabni aniqlash y o ii bilan u yoki bu 
mahsulot (tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash, bozor 
holatini tahlil qilish, bu ishni vaqti-vaqti bilan emas, balki doimiy 
ravishda bajarish. Shuningdek, nafaqat hozir ishlab chiqaradigan, balki 
kelajakda ham ishlab chiqaradigan mahsulotlami kuzatib borish kerak.
• xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nus- 
xalarini yaratish bo ‘yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviy konstruktorlik 
ishlari (TKI)ni tashkil etish, raqobatchilarning ish faoliyatini kuzatib 
borish;
• korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatini 
tartiblashtirish va rejalashtirish bu nafaqat kompaniya ishchilarining 
samaradorligini oshirishga, balki kompaniya haqida "juda ishtiyoqli ish 
beruvchi" degan mish-mishlarga olib keladi. Bu esa kompaniyani va 
uning mahsulotlari reklamasini yanada kuchaytiradi
• tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish;
• ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga 
erishish uchun uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, 
o ‘rash, sotish, reklama, texnik va servis xizmat ko‘rsatishning operativ 
boshqarilishini tartiblashtirish va yo‘naltirish.
14



Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin