Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev


-chizraa. Marketing jarayoni



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

1.4.2-chizraa. Marketing jarayoni
Missiya 
bu odamlar bajarishi lozim bo‘lgan muhim topshiriqni 
anglatadi.
Vaziyatni tahlil qilish 
menejerlar tashkilotning ichki va tashqi 
muhitini tashkilotning qobiliyatini, mijozlarini va ish muhitini tushunish 
uchun tahlil qilish uchun fovdalanadigan usullardan iboratdir.
17


Marketing 
strategiyasi 
barqaror 
raqobatbardosh 
ustunlikka 
erishishning asosiy maqsadi bilan rejalashtirishga uzoq muddatli, istiqbolli 
yondashuv hisoblanadi.
Marketing miks 
"firma marketing maqsadlariga bozorda erishish 
uchun foydalanadigan marketing vositalari majmuyi" sifatida tavsiflanadi. 
Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va 
boshqa subyektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni 
marketing usullari yig‘indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan 
marketing-miks, marketing kompleksi bo‘lib hisoblanadi. Bulami mar­
keting nazariyasiga 1964-yilda birinchi b o iib Garvard biznes maktabi 
professori N.Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing 
kompleksi 4 «Р» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960-yilda bu model 
taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementlari 
ajratib ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish 
(promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali 
qondirish jarayonida, albatta, inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida 
ko'rsatib o ‘tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «Р» ham kiritilib, u 
kishilar (people) ekanligi alohida ta ’kidlab o‘tilgan. Marketing-miks 
elementlari 1.4.3-chizmada ko‘rsatilgan.
1.4.3-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa
1968-yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik- 
rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo‘shib, oldingi 4 «P»ni 
6 “P”ga kengaytirib ko‘rsatdi.
4 “P” modelini qo‘llanilishi cheklanganligiga qaramasdan, marketing 
nazariyasi shakllanishi va amaliyotining rivojlanishida eng muhim rol 
o'ynaydi.
18


Marketing-miks keng qo'llanadigan shaklda 4 ta marketing submik- 
sini o ‘z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma-miksi, 
kommunikativ-miks, taqsimot-miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakl- 
lantiradi, tovar bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarni o ‘z ichiga oladi. Bu 
chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o ‘rovi, xari- 
dorlarga xizmat ko'rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikat- 
siyasi, assortiment siyosati va hokazo.
Shartnoma siyosati tovami oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim 
ko‘rinishida ulami chizmalashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora- 
tadbirlarga: narx siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar yetkazib berish 
va uni to‘lov shartlari, shuningdek, kredit siyosati kiradi.
Taqsimot siyosati tovami tayyorlanish joyidan oluvchiga yetkazib 
berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil 
qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab 
chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati. Iste’molchilar va bozorlaming 
joylashuvi siyosati, yetkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlami 
omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalami o ‘z ichiga oladi.
Kommunikativ siyosatning vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va 
foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar hamda xizmatni 
siljitish bo‘yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun 
marketing 
tizimining 
barcha 
obyektlarini 
korxona 
-
mahsulot 
tayyorlovchilar bilan o ‘zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin