qiluvchi mamlakatlarda eksport qiluvchilaming foydasi oshadi, narxlar
oshadi va aholi turmush darajasi pasayadi. Demping obyekti bo‘lgan
mamlakatlarda mahalliy sanoat arzon import tovarlar bilan raqobatga
bardosh bera olmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlik kuchayadi.
Shu sababli, 1967-yilda Xalqaro dempingga qarshi kodeks qabul
qilingan,
unda
dempingdan
foydalanishda
maxsus
sanksiyalar
qoilaniladi.
Nnfuzli narx
- sotish hajmini o ‘zgartirmasdan, yuqori foyda
olishga erishish uchun flrmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu
narxni q o ‘llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol
vaziyat mavjud bo ‘lishi zarur. M azkur vaziyatda talab narxga bog‘liq
bo ‘lmaydi, shu sababli narxning ko ‘tarilishi tovar sotilishini keskin
kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi
qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli
narxlarda sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami
uchun dala hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi
nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish -
martabali yoki obro‘talab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol
nufuzli narxlami yuzaga keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha
yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlami qo‘llashda tovarlarni ishlab chiqarish
xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o ‘zgarishi va
bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, m a’lum
davrgacha o'zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o'zgaruvchan narx
qo ‘llaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi
o ‘zgarmasligini afzal ko'radi. Masalan, kommunal xizmat, transport
xizmati tariflari shunday narxlar jum lasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: