Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 104,32 Kb.
səhifə2/7
tarix20.11.2023
ölçüsü104,32 Kb.
#161947
1   2   3   4   5   6   7
elbek

1.1Savdo faoliyatining turlari.

Savdo faoliyati tushunchasi, tamoyillari, maqsad va vazifalari.

Savdo faoliyatining asosiy mazmunini ochib berish, ma‟lum tushuntirish tuzilmasini, ya‟ni tijorat faoliyati bilan bog`liq bo„lgan atama va tushunchalarni ishlatishni talab etadi. “Tijorat” so„zi lotincha so„zdan kelib chiqib, savdo, savdo muomalasi, savdo aylanmasi degan ma‟noni bildiradi. Tijorat faoliyati iqtisodiy jihatdan savdoga nisbatan kengroq tushunchadir, savdo asosida doimo tijorat yotsada, lekin har qachon ham tijorat faoliyati faqat savdo bilan boqliq bo„lavermaydi. Ko„pincha yuridik shaxslar tijorat faoliyati soxasida tayyorlov, ishlab chiqarish, qurilish, investitsion va boshqa tadbirkorlik faoliyatining murakkab majmuasini amalga oshiradilar. Tijoratning odob etikasi nuqtai nazaridan ham, tijorat yo„lida qo„yilgan maqsadlarga erishish manfaati nuqtai nazaridan ham egallanishi zarur bo„lgan bozorning boshqa subyektlarining harakat va manfaatlarini to„la hisobga olish - tijorat faolyaitining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bundan tashqari, tijorat faolyatining quyidagi tamoyillari mavjud: - bozor iqtisodiyoti vaziyatni hisobga olgan holda tijorat egaluvchanligi; - tijoratning eng afzal yo„llarini ajrata bilish; - tijorat qarorlarini qabul qilishda marketing tamoyillarini faol ishlatish; - tijorat tavakkalchiligi va ularning oqibatlarini oldindan ko„ra bilash; - savdo shartnomalari bo„yicha majburiyatlarni bajarish javobgarligini oshirish. Tijorat-vositachilik faoliyatida amalga oshiriladigan operatsiyalar ikki turga bo„linadi: ishlab chiqarish va tijorat turlari. Ishlab chiqarish turi – bu yuklarni harakati, ularning saqlanishi, tushirilishi, transportirovka qilish, qadoqlash, navlarga bo„lish, o„rash va boshqalar bilan boqliq bo„lgan jarayonlardir. Tijorat turi – bu qiymat shaklining almashinuvi, ya‟ni tovarlarning oldi-sotdisi va almashinuvi bilan boqliq bo„lgan jarayondir. 8 Tijorat turlariga bozor tadqiqotlarini tashkil etish, infratuzilmaning va asosiy raqobatchilarni baqolash, reklamani shakllantirishlarni kiritish mumkin. Tijorat-vositachilik faoliyati uch asosiy vazifa hal qilingandagina foydali bo„ladi: 1). Nafaqat ichki va tashqi bozor, balki, ularning iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini baholashga imkon beradigan, ham konyunktura xarakteridagi, ham statistik ma‟lumotlar bankini o„z ichiga olgan tijorat axborotlarini yig„ish va tarqatishning doimiy ishlab turuvchi tizimlarini yaratish. 2). Mahsulot yetkazib berish va servis xizmatlari bo„yicha shartnoma majburiyatlarini o„z vaqtida bajarish maqsadida bozor infratuzilmasining asosiy elesentlarini shakllantirishga imkon beruvchi moddiy-texnika bazasini – omborlar tizimi, transport, aloqa va kommunikatsiyalar yaratish. 3). Mijozlar jalb qilish vazifasini o„z vaqtida bajarishni ta‟minlovchi menejer va savdo agentlarini tayyorlash va qayta o„qitishni uzluksiz amalga oshirish.


Yüklə 104,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin