2.2 Savdo tizimida innovatsion faoliyatlarning iqtisodiy ta’sirlari.
Ulgurji va chakana savdoni tashkil etishda tijorat ishi.
Tijorat vositachilik faoliyatining asosiy yonalishlari ichida ulgurji va chakana savdo ishi birinchi orinda turadi. Ulgurji savdo oldi-sotdi shartnomasi qatnashchilari ortasidagi erkin munosabatlarining muhim bolagi hisoblanib, bu aktni yirik hajmda va katta tovar partiyalarida amalga oshiradi. Ulgurji savdo, uni amalga oshirishning asosiy tamoyillariga rioya qilingandagina keng rivoj topishi mumkin: 1. Uning ishlashi uchun resurslar asosini yaratish, ya‟ni xaridorlarning to„lovga qobil talabini ifodalovchi pul mablaqlari bilan tovar massasi o„rtasidagi muvozanatga erishish. 2. hamkorlikni erkin tanlash va savdo shartnomasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tijorat alohalarini shakllantirishga erkin imkon beruvchi zarur bozor tuzilmasi unsurlarini yaratish. Ulgurji savdoning barcha bosqichlarida xaridorlar talabini tola qondirishga maksimal foyda olishga qaratilgan moddiy rag`batlantirish va javobgarlik unsurlarini oz ichiga olgan moliya-narx tizimini shakllantirish. Iqtisodni tijoratlashtirish jarayonida tovarlarni sotishning muhim shakllaridan bolgan chakana savdo alohida ahamiyatga ega. Chakana savdo korxonalarida tovarlarni xaridorlarga unchalik katta bo„lmagan miqdorlarda sotadi, ya‟ni tovar aylanishini yakuniga yetkazadi. Xaridorlarga servis xizmatini ko„rsatishga qaratilgan bunday savdoni tashkil etish uchun maxsus savdo xonalari, asbob-anjomlar va moslamalar zarurdir. Bunda chakana savdo xaridorlarning tez ozgarib turuvchi talab va xohishlariga qarab tezda moslashish imkoniyatiga ega bolgan savdo assortimentining tanlanishi va shakllanishi boyicha katta ishni talab qiladi. Chakana savdoning boshqa shakllaridan oz dokonlari, pavilonlari va dokonlarining hududiy tarqoqligi bilan ajralib turadi. 20 Tijorat ishini chakana savdo doirasida tog‟ri tashkil etish tovar aylanishini o„sishiga, aholi talabini yetarli darajada qondirishga va tijorat muvaffaqiyatiga erishishga yordam beradi. Savdo ishini tog`ri yo`lga qo`yish bevosita mijozlar xaridining ko`pligi bilan bog`liqdir. Shuning uchun mijozlarning qanday qarorlari ularni xarid qilishga undashini o`rganish kerak bo`ladi. Bevosita xarid jarayonida qarorni shakllantiruvchi omillar: Bevosita xarid jarayonida 1) xarid qilishga arziydimi; 2) qachon xarid qilish kerak; 3) nimani xarid qilish kerak; 4) qaerda xarid qilish kerak; 5) qanday xarid qilish kerak kabi bir qator savollar yuzaga keladi. Birinchidan, xarid qilishni amalga oshirish bo`yicha barcha xoxishlar ham amalga oshavermaydi, chunki iste‟molchilarda xarid jarayonini to`xtatish uchun hama vaqt imkoniyat bo`ladi. Iste‟molchiga quyidagi omillar xalaqit berishi mumkin: - motivatsiyani o`zgarishi – faollashtirilgan ehtiyoj boshqa yo`l bilan yoki boshqa xoxishlar ustun bo`la boshlashadi; - o`zgargan sharoitlar iqtisodiy fikr-muloxazalar yoki boshqa omillar xaridni ushbu holatda amalga oshirishga imkon berishmaydi; - yangi axborot variantni oldingi baholash endi to`liq bo`lmaydi; - xoxlaydigan boshqa variantlar yo`q - kutilmagan taqchillik. Xarid qilish vaqtini ham e‟tiborga olish lozim. Ayrim tovarlar ko`pincha ‘mavsum bo`yicha’ xarid qilinadi. Masalan, ventilyatorlar, yangi yil sovg`alari, Karib dengizi bo`ylab kruizlar. Boshqa tovarlar, masalan, kir yuvish vositalari va muzlatilgan mahsulotlar, ko`pincha ularning zaxiralari tugaganda xarid qilinadi. Xarid qilish ko`pincha tugallanmagan, tuzatishlar kiritishni talab qiladigan jarayon bo`lib, qanday variantni tanlash to`g`risidagi axborotlarni izlashni talab qiladi. Bu holat xarid qilish jarayonidagi asosiy motivatsiya hisoblanadi. Xarid qilish 21 jarayonidagi xulq-atvor o`zgarib bormoqda. Xozirgi kunda ‘do`konlarga boruvchi’ xaridorlar soni kamaymoqda. Xarid jarayoni - qaror qabul qilish jarayonining to`rtinchi bosqichi bo`lib, u bir qator bosqichlardan iboratdir. Iste‟molchi qaerda xarid qilishni o`zi tanlaydi. Masalan, dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xonadonda xarid qilish keng tarqalgandir. Ko`pchilik chakana sotuvchilarni raqobat to`g`ridan-to`g`ri marketinga o`tishga majbur qilmoqda. Shu sabali ham ishlab chiqarish, ham chakana savdo darajasida ‘ma‟lumotlar bazasi marketingi’ ning ahamiyati oshib bormoqda. Sears, Roebuck @ Co. kompaniyalari iste‟mol ma‟lumotlar bazasida 44 mln. dan ortiq mijozlar manzillari mavjuddir. Iste‟molchi xarid uchun to`lov shaklini tanlashi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda naqd pul bilan hisob-kitob qilishdan kredit kartochkalari yoki to`lovni kechiktirishning boshqa shakllaridan foydalanilmoqda. Xarid manbasini tanlash. Ilgarilari xaridlarning asosiy qismi ko`chma avtodo`konlarda amalga oshirilar edi. Qulay va qimmat bo`lmagan tovarlarni etkazib berish metodlari keng tarqaldi, biroq chakana savdo do`konlari o`z ustuvorliklarini saqlab qoldilar. Keyingi yillarda tovarlarni iste‟molchilar xonadonlarida sotuvchi chakana sotuvchilar va firmalar orasidagi raqobat kuchayib bormoqda. Ushbu muammo marketing uchun katta qiziqish uyg`otmoqda. Keyingi 100 yil mobaynida chakana savdo do`konlariga tashrif buyurish (shopping) amerikaliklarning eng sevimli mashg`uloti bo`lib qoldi. Tovarlarni xonadonlarda sotish so`zsiz muvaffaqiyatlarga erishmoqda va bu holatni raqamlarda ko`rsatish mumkin, biroq 90% xarid qilingan tovarlar qiymat ko`rinishi nuqtai nazaridan chakana savdo, kataloglar, ko`rgazmalar va savdo avtomatlariga to`g`ri kelmoqda. Insonlar nima uchun do`konlarga tashrif buyurishadi? Bunda asosiy motiv bo`lib axborot olish hisoblanadi. Do`konlarga tashrif buyurishning motivlari shaxsiy va ijtimoiy motivlarga bo`linadi. Shaxsiy motivlar. O`z rolini bajarish. Ko`pchilik xatti-harakatlar an‟anaviy tarzda ma‟lum bir ijtimoiy rolning qismi bo`lgan taniqli xulq-atvor tiplari bilan bog`liqdir – ona, xotin, er, talaba. 22 Kungil ochishlar. Do`konlarga tashrif buyurish kundalik turmush tashvishlaridan xoli bo`lish imkonini beradi va shunday qilib dam olish shakli hisoblanadi. O`zidan qoniqish. Turli xil emotsional holatlar va kayfiyatlar kishilarning do`konlarga nima uchun (va qachon) borishlarini tushuntirib berishlari mumkin. Ayrim kishilarning gapirishlaricha, ular o`zlariga pul sarflashib ko`pincha depressiyani kamaytirishadi. Ushbu holda do`konga borish ehtiyoj bilan emas, balki o`z-o`zicha biror narsanni xarid qilish bilan tushuntiriladi. Yangi tendentsiyalarni o`rganish. Tovarlar har bir kishining kundalik hayotiga kirib ketgan va ko`pincha ishontirishlar belgisi va turmush tarzi sifatida xizmat qiladi. Inson tendentsiyalar, harakatlar va belgilarni o`rganadi, chunki ular do`konga tashrif buyurgandagi u yoki bu mahsulotlarga mos kelishadi. Jismoniy faollik. Shaxarlarda yashovchi kishilar uchun do`konlarga tashrif buyurish bir oz piyoda yurish imkonini beradi. Ayrim kishilar savdo markazlari va ko`chalarda sayr qilishni yoqtirishadi. Sensor rag`batlantirish. Chakana savdo do`konlari ko`plab potentsial sensor tassurotlarni ta‟minlashadi. Do`konlarga tashrif buyuruvchilar tovarlarni va bir-birini ko`zdan kechirishadi; ularga tovarlarga tegish, musiqaviy fon tovushini eshitish yoqadi, atirlar va qahvaxonada tayyorlanayotgan ovqatning xidi yoqadi. Ijtimoiy motivlar. Xonadondan tashqaridagi ijtimoiy tajriba. Savdo joylari an‟anaviy tarzda ijtimoiy hayot markazi bo`lib hisoblangan. Bozorlarda yoki do`konlarda sayr qilish chog`ida do`stlar, qo`shnilarni uchratish mumkin yoki boshqa ijtimoiy aloqalarga kirish mumkin. ‘Manfaatlar bo`yicha’ muloqot. Kollektsionerlar yoki dam olish uchun tovarlar yoki xizmatlar (masalan, pochta markalari yoki xonani bezash uchun tovarlar)ni taklif etuvchi do`konlar boshqa xaridorlar bilan va ushbu 23 masala bo`yicha maxsus axborotni beruvchi xizmat ko`rsatuvchi personal bilan muloqot qilish imkonini beradi. Etalon guruh vakillarini taklif etish. Do`konning doimiy mijozlarini o`zlariga teng yoki kimlarni ichida bo`lish ishtiyoqi harakatga keltiradi. Maqom va obro`-e‟tibor. Ayrim xollarda inson o`ziga jalb qilish imkoniyatini olish va unga xizmat ko`rsatishlari uchun do`konlarga tashrif buyuradi. Inson xo`jayin-xizmatkor holatida o`zining ustunligini va xokimiyatini his qiladi. Savdo qilishdan zavq olish. Ko`pchilik do`konga tashrif buyuruvchilar narxni tushirish maqsadida savdolashishni yoki tovar yoki xizmatning sifatiga e‟tiroz bildirishni yaxshi ko`rishadi. Inson yaxshi xarid qilgani bilan mag`rurlanadi. 2.2 Birja, ko‘rgazma va kimoshdi savdosining mohiyati va unda innovatsiyalarning o`rni. Ulgurji savdoning xilma-xil shakllari orasida eng asosiylaridan biri birja savdosi hisoblanadi. Savdoning bu shakli tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan doimiy bozor orhali boshhariladi. Bu bozorda qimmatbaho qogozlar, valyuta yoki standartlar va tovar namunalari boyicha ulgurji savdo amalga oshiriladi. Birja savdosi bozor narxlari shakllanishining va bozor holati haqida tijorat axboroti olishning asosiy manbai bolib hisoblanadi. Birja savdosida operatsiyalar zaliga savdo katnashchilari kiradilar . Ularga birja ish tajribasiga ega shu ishga maxsus yollab olingan xodimlar va xamda birja komitetlari vakillari kiradilar.Ular oz navbatida brokerlar, dillerlar, treyderlar, klerk va maklerlardan iborat.Bulardan tashkari operatsiyalar zaliga; birja xodimlari bosh ijrochi rais, idora raisi, birja kengashining ma‟sul a‟zosi davlat komissari va xamda birja kengashi tomonidan ruxsat etilgan boshka kishilar kiradilar. Birja vositachisi o„z doimiy mijozlarini shakllantirish uchun xarakat kilib , ularning manfaatlari uchun birjada tovarlar sotib oladi va sotadi. Birja vositachisi 24 doimiy mijoz bolmagan korxona va tashkilotlar uchun xam savdo bitimi tuzishi mumkin . Birja tovarlarni sotish, sotib olish va yoki ularni boshka tovarlar bilan almashtirish operatsiyalari fakat birja vositachilari tomonidangina amalga oshiriladi. Ularga quyidagiar kiradi: Brokerlar - oz xizmatlari uchun chegirtma xaq oluvchi birja a‟zolari bo„lib, ular mijozlar buyurtmalari bo„yicha tovar sotish va xarid kilish bo„yicha savdo kontraktlarini tuzadi. Dallol yoki diller- o„z hisobi yoki o„z nomidan birja vositachisiga olib beruvchi, birja a‟zosi. Ular birjada o„z joylariga ega bo„lib kotirovka ishlarini amalga oshirdilar. Ularni daromadlari sotib olish va sotish narxlari tafovutidan xamda valyuta va qimmatli kog„ozlar kurslarini o„zgarishidan iboratdir. Treyderlar - bu birja a‟zolari bo„lib, o„zlari uchun savdo kiladilar. Maklerlar - bokerlardan farqli olaroq faqat oz hisobidan va faqat ozi uchun tovar sotadi va sotib oladi. Maklerlar birjada savdoni boshqaradi. Klerklar - birja zalida turli majburiyatlarni bajarib yuruvchi xizmatchi. Butun savdo bitimi birja zalida amalga oshiriladi . Birja zaliga xamma ishtirokchilar siqishi kerak . Xorijiy birjalar operatsiyalar zaliga 2-3 ming kishi bemalol siqadigan bolib xar-bir savdo qatnashchisi uchun qolay ish sharoiti yaratilgan. U kabina yoki seksiyalarga bolingan boladi. Dunyoning kopchilik birjalarida birja savdosi bir necha tovarlar bilan bir vaktda seksiyalara birdaniga olib boriladi. Bitimlar imzolash uchun xar bir seksiyalar katta zal saqnidan pastroq bolgan nisbatan kichik maydoncha ajratiladi. Boobro firmani vakili bolgan broker odatda birja chuqurchasining balandroq bosqichini egallaydi. Uning qo„lida ko„pgina buyurtmalari bo„lib, uni xamma savdogarlarni kurib turishi kerak bo„ladi. Treyderlar joyi chukurlikning eng past yoki pastki bosqichlari qisoblanadi. Chuqurlikda broker va treyderlar orasida faqat narx qisobini olib boruvchi klerk xizmatkor bo„ladi. Unda ratsiya bo„lib xar bir aksiya narxi o„zgarishini ratsiya orhali e‟lon qilishi kerak. 25 Xorijiy birjalar eletron tablo devorlarida fakat bitim narxlarini aks ettiribgina kolmay birjadagi boshka mollar, boshka tovar valyuta va fond birjalaridan ma‟lumotlar, xatto narx xarakatlariga ta‟sir etuvchi ob-qavo, tovar ortirilishi, siyosiy aqvol voqealar va boshkalar xaqidagi ma‟lumotlar berib boriladi. Brokerlar odatda savdo zaliga savdo boshlanishiga 30 dakika qolganda yiqiladilar. Ularni xar biri qo„lida savdodagi tovarlar ro„yxati, narxi, buyurtma xajmi idora yoki ombor joylashgan joy , tovar yeikazib berish xaqidagi ma‟lumotlar yozilgan maxsus varakalar bilan ta‟minlangan bo„ladilar. Xar bir tovar seksiyasida uch marotaba bong urilib savdo boshlanganligi e‟lon qilinadi. Birja savdosi oshkora tashkil etiladi. Takliflarga oxirgi ma‟qullagan kimsa bitim tomoni qisoblanadi. Ya‟ni taklif talab narxi bilan mos kelganini tovar esa sotilganini bildiradi. Seksiyada savdoni birja makleri olib boradi.Avval tez sotilishi kerak bo„lgan real mavjud tovarlar bilan ish boshlanadi. Keyin esa takliflar bo„yicha forvard (ya‟ni xisob-kitoblari bitm kuni emas bir oz vakt utganan keyin va boshka shartlar bian ) operatsiyalari bo„yicha bimlar tuziladi. har bir seksiyada savdo qo„yidagi tartibda olib boriladi. Dastavval makler ushbu birja kunida savdoga qo„ygan barcha tovarlar ro„yxatini o„qiydi. Makler ro„yxatni o„qiyotgan paytda bitim uchun zarur tovarlar topgan brokerlar qo„llaridagi guvoxnomalarini baland ko„taradilar. Makler darqol tovarni sotuvga chiharayotgan brokerlik idora rahamini aytadi. Broker idorasi vakili harakatni tasdiqlamasa ( yoki shu paytda shu yerda bulmasa, yoki mudrab kolsa ) tovar savdodan olib tashlanadi va broker birjaga kelmaanligi uchun birjaga jarima to„laydi. Undan so„ng makler boshqa tovar turiga o„tadi. Butun ro„yxat o„qib bo„lingach kichik tanaffus e‟lon qilinadi. Keyin bong bir marta urilgandan so„ng ishning ikkinchi kismi, brokerlar takliflari muxokamasiga o„tiladi. Xar bir brokerik taklifining muqokamasi ikki kismdan iborat bo„ladi. Muhokamaning ikkinchi kismida seksiyaga yiqilgan xaridor brokerlarning muqobil ( karama-karshi takliflari) muqokama qilinadi. Broker xaridorlar tovar xarid qilish shartlarini e‟lon qiladi. 26 Bu shartar tovar qajmi va narxi xususida bo„ladi. Agar bitim yana imzolanmasa makler sotuvga qo„yilgan tovarlar ro„yxatini keyingi pozisiyasini muqokamasiga o„tadi. Ko„rgazma savdosi – ishlab chiqarish maqsadlariga mo„ljallangan va keng iste‟mol tovarlarining namunalarini ko„rish va tanlab olishdan so„ng amalga oshiriladigan oldi-sotdi aktlarini takomillashtirish orhali qisqa vaqt ichida vaqtivaqti bilan takrorlanib turadigan jarayondir. Ko„rgazma savdosining xarakterli alomatlariga quyidagilar kiradi: - taqdim etilgan namunalar bo„yicha tovarlar ulgurji savdosi; - savdolar davriyligi; - savdo qilish vaqti va joylarini oldindan aniqlash; - sotuvchi va xaridorlarning bir vaqtda va ommaviy qatnashuvi. XIX asrning birinchi yarmida yirik fabrika-zavod sanoatining paydo bo„lishi ularning mahsulotlarini butun dunyoda o„tkazilishiga olib keldi. Davlatlararo savdoning lokal markazlari yagona (umumiy) jahon bozoriga aylandi. Uning shakllanishi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshida yakunlandi. Jahon bozori – bu xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv asosida shakllangan va iqtisodiy munosabatlar orqali o„zaro bog„langan alohida mamlakatlar milliy bozorlari majmuidan iborat. Mazkur bozor o„z tarkibiga savdoni, kapital harakatini, valuta munosabatlarini, ishchi kuchi migratsiyasini, ilmiy-texnika hamkorligini va boshqa shu kabi yo„nalishlarni qamrab oladi. Zero, ko„plab tashkil etilayotgan qo„shma korxonalar, erkin iqtisodiy zonalar, transmilliy kompaniyalar milliy xo„jaliklarni jahon bozori atrofida birlashtiradi. Jahon savdosi xalqaro bozorda amalga oshirilishi hech kimga sir emas. Shu bois xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yetakchi shakli hisoblanadi. Jahon bozori, shuningdek xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan mamlakatlar o„rtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari sohasidir. Jahon bozoriga quyidagilar xosdir: 1) davlat doirasidan tashqariga chiqariladigan tovarlar ishlab chiqarish; 2) tovar va xizmatlarning davlatlar o„rtasida ko„chib yurishi; 27 3) ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning maqbullashuvi (optimallashuvi); 4) fanatsiya funksiyasi. Tovar savdo-sotig„i ishlab chiqarish omillari narxi (bahosi)ning o„zgarishiga olib keladi, bu esa ishlab chiqarish omillarining mamlakatlararo ko„chib yurishini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish omillari ko„chib yurishi bilan jahon savdosining hajmi o„sadi, chunki ular samaraliroq foydalanishi mumkin bo„lgan mamlakatlarga ko„chadi. Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat)ning xalqaro mobilligi (ko„chib yurishi) iqtisodiy o„sish sur‟atlarini jadallashtiradi. Xalqaro savdo – dunyodagi barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuidan iborat xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasidir. Xalqaro savdo ikki qarama-qarshi oqim – eksport va importdan iborat. Unga savdo saldosi va savdo aylanmasi xosdir. Xalqaro savdoning xususiyatlari. Iqtisodiy resurslar harakatchanligining mamlakatlar o„rtasida ular ichkarisiga qaraganda ancha sust kechishi kuzatiladi. Har bir mamlakat xalqaro savdoda turli valutalardan foydalanadi. Jahon amaliyotida ichki savdoga nisbatan siyosiy aralashuv va nazorat qilish darajasi yuqoriligi kuzatiladi. A. Smitning ‘mutlaq ustunlik’ nazariyasi. Bunga ko„ra qanday tovarlarni eksport, qaysilarini import qilishning afzalliklari to„g„risidagi qarashlarini bayon qilishda milliy hamda jahon narxlari, ularning ishlab chiqarish xarajatlari mutlaq miqdori o„rtasidagi farqni hisobga oladi. Boshqacha aytganda, mazkur nazariya xarajatlarning mutlaq miqdoriga asoslanadi. Unga ko„ra, har bir mamlakat o„zida kamroq xarajat sarflanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ancha yuqori xarajatlarni taqozo qiladiganlarini esa tashqaridan sotib olishi lozim. D. Rikardoning ‘nisbiy ustunlik’ nazariyasi. Xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashishning umumiy tamoyillariga asoslanish orqali aniqlanadigan xarajatlar nisbatidagi farq (avvalo, tabiiy-geografik sharoitlari tufayli kelib chiqadigan) aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan olish lozimligini ko„rsatadi. 28 Konyunktura deganda jahon iqtisodiyotining rivojlanishini, alohida olingan mamlakatning iqtisodiy ahvolini, bozorning biror sohasi rivojlanishini belgilovchi omillar va shart-sharoitlar majmui tushuniladi. Jahon bozorida iqtisodiy vaziyat keskinlashmoqda. XXI asrning dastlabki o„n yilligida xalqaro savdoda quyidagi o„zgarishlar ro„y berdi: Jahon bozorida AQShning yetakchilik mavqei pasayib, boshqa rivojlangan mamlakatlar, xususan Xitoy, Yaponiyaning mavqei ortib bormoqda. Jahon eksportida yangi industrial mamlakatlar (Singapur, Janubiy Koreya, Xitoy, Braziliya, Meksika)ning hissasi ortmoqda. Ishlab chiqarish modernizatsiyasi natijasida xalqaro savdoning tovar tarkibi o„zgarmoqda. Jahon eksportida fan sig„imi, yuqori murakkab innovatsion ahamiyatli mahsulotlar, elektr-texnika uskunalari, transport vositalarining hissasi ortib bormoqda. Jahon bozori savdo aylanmasi tarkibida qishloq xo„jalik mahsulotlarining ulushi qisqarib, yengil sanoat mahsulotlari ulushi ortayotgani kuzatilmoqda. Jahon eksportida xizmatlar ulushi to„xtovsiz o„sib bormoqda. Jahon narxlari – bu jahon savdo markazlari (London metallar birjasi, Chikago savdo birjasi kabi)ning baholari. Dunyo narxlarining quyidagi turlari ajratiladi: 1) erkin konvertatsiya qilinadigan va qilinmaydigan valutadagi to„lovlar bilan amalga oshiriladigan bitimlar bo„yicha narxlar; 2) transfert (firma ichidagi) narxlar, bular tijorat siri hisoblanadi; 3) savdoga taalluqli bo„lmagan operatsiyalar bo„yicha narxlar. Tovarlarga bo„lgan kontrakt (shartnomaviy) narxlarning quyidagi turlari qo„llaniladi: 1) qat‟iy narx; 2) bitim ijro etilayotgan paytdagi muayyan (aniqlik kiritilgan) narx; 3) bozor narxining shartnomaviy narxdan muayyan miqdorga oshganini inobatga oluvchi narx; 4) o„zgaruvchan (sirpanuvchan) narx, u ayrim xarajatlarning o„zgarishiga bog„liq; 5) aralash narx (narxning muayyan qismi belgilab qo„yiladi, boshqasi esa o„zgaruvchan xususiyatga ega bo„ladi). 29 Kontrakt narxlarning xususiyati tovarlarni yetkazib berish muddatini inobatga oladi va sotuvchini inflatsiya tufayli zarar ko„rishdan himoya qiladi. O„zgaruvchan narxlarni hisoblaganda e‟lon qilinuvchi indekslar qo„llaniladi, bu esa xaridorni sotuvchining narxlarni oshirib ko„rsatishidan himoya qiladi. Dunyo narxlarini iqtisodiy va statistik tahlil qilishda ularni ikki guruhga ajratish qabul qilingan: qayta ishlovchi sanoat mahsulotiga bo„lgan narx va xomashyo narxi. Qayta ishlovchi sanoat mahsulotining eksport narxi uchun asos sifatida ishlab chiqaruvchilarning o„zlari to„liq va bevosita xarajatlar usullari bilan shakllantiradigan ichki bozor narxlari xizmat qiladi. To„liq xarajatlar usuli bo„yicha mahsulot ishlab chiqarish xarajatlariga kutilayotgan foyda hajmi qo„shiladi hamda kutayotgan daromad aniqlanadi. Ushbu daromadning miqdori har oyda ishlab chiqariladigan mahsulotga bo„linadi. Shu tariqa har bir buyumning narxi aniqlanadi. Bevosita xarajatlar usuli bo„yicha barcha xarajatlar yuk xati (shartlidoimiy) va bevosita (o„zgaruvchan) xarajatlarga bo„linadi. Bevosita xarajatlar usuli bo„yicha baho belgilash asosan bevosita (o„zgaruvchan) xarajatlarni inobatga oladi. Doimiy xarajatlar sotuv narxlari bilan o„zgaruvchan xarajatlar o„rtasidagi farq, ya‟ni qo„shilgan (marginal) foyda bilan qoplanadi. Firmalar e‟lon qilingan (preyskurant) narxlarni o„zgartirmagan holda, ularni oshirishi yoki tushirishi mumkin. Buning uchun yetkazib berish shartlari, sifati, o„rami (qutisi) va shu kabilar uchun ustamalar yoki chegirmalar tizimidan foydalanadilar yoxud tovarlarni shartnomaviy narxlar bo„yicha sotadilar (ular sanoat uskunalari, yarimfabrikatlar va materiallar sotuvining 80–90 foizini qamrab oladi). Xomashyo (energoresurslar, mineral xomashyo, o„g„itlar, qishloq xo„jalik mahsulotlari, rangli metallar) bozorida baho belgilashning xususiyatlarini asosiy ishlab chiqaruvchilarning narxlarini, eksport qiluvchi va import qiluvchi davlatlarning alohida rolini, talab va taklifni hisobga olish tashkil qiladi. Bir xil tovarlarga bo„lgan dunyo va ichki narxlar ko„pincha o„zaro mos kelmaydi. Tashqi bozorlarni egallash uchun ichki narxlardan yoki tovar qiymatidan ancha past bo„lgan demping narxlardan foydalaniladi. Demping xarajatlari tovarlarning ichki bozorda sotilishidan kelgan o„ta yuqori foydalar hisobidan qoplanadi. 30 Baho belgilashga ta‟sir etuvchi omillar quyidagilardan iborat: 1) eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining darajasi (progressiv mahsulot, yuqori darajadagi mehnat unumdorligi, malakali ish kuchiga sarflanadigan xarajatlarning kamligi, asosiy kapitalning yuqori sur‟atlarda yangilanishi narxlarni pasaytirish va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi); 2) narxlarning inflatsiya ta‟sirida ko„tarilishi (ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi mahsulot narxining o„sishiga olib keladi); 3) aholi jon boshiga to„g„ri keladigan yalpi milliy mahsulot hajmi. Shunday qilib, tovarlar ishlab chiqarishning milliy va baynalminal qiymati o„rtasidagi farqlarda namoyon bo„ladigan qiymat qonuni jahon bozoridagi bitimlar narxiga bevosita ta‟sir ko„rsatadi hamda xalqaro mehnat taqsimotining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Mamlakatlar o„rtasidagi iqtisodiy aloqalar xalqaro hisob-kitoblar asosida olib boriladi. Xalqaro hisob-kitoblar – bu turli mamlakatlarning hukumatlari, korxonalari, muassasalari va fuqarolari o„rtasida yuzaga keladigan pul talabnomalari va majburiyatlari bo„yicha to„lovlarni tartibga solish tizimidir. Xalqaro hisob-kitoblar turli shakllarda – naqd pulga, kreditga, oldindan bajarilgan to„lov (avans to„lov) bo„yicha amalga oshiriladi. Jahon savdosida bitim narxining 80–90 foiz to„lanadigan, qolgan qismi esa shartnoma bo„yicha belgilangan muddatlarda naqd pul bilan to„lanadigan kreditdan keng foydalaniladi. O„zbekistonning tashqi savdosi tovar, xizmat va kapital bilan mamlakatlararo almashuv (kreditlar olish)ni o„z ichiga oladi. O„zbekiston tashqi savdosining tarkibiga uning quyidagi turlari kiradi: eksport, import, tranzit savdo (tovarni xorijda sotib olish va ayni vaqtda uchinchi mamlakatga sotish), tovarlarni qayta eksport yoki qayta import qilish, litsenziyali savdo kelishuvlari va boshqalar. O„zbekistonning jahon mamlakatlari bilan tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishiga quyidagilar asosiy ta‟sir ko„rsatmoqda: 1) jahon savdosining liberallashuvi (erkinlashuvi); 2) jahon savdo tashkiloti qoidalari bo„yicha jahon savdosining tartibga solinishi; 31 3) xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, texnika taraqqiyoti ta‟sirida ishlab chiqarishning baynalminallashuvi. O„zbekiston jahon iqtisodiyotida sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o„rtasidagi oraliq o„rinni egallaydi. O„zbekiston jahon iqtisodiyotida sezilarli o„rin egallaydi. Dunyoning 210 dan ortiq mamlakatlari orasida O„zbekiston o„zining tabiiy resurs hamda ishlab chiqarish salohiyati bo„yicha o„ta muhim mavqega ega. 2012-yilning 1-yanvar ma‟lumotlariga ko„ra, hududi bo„yicha 55-o„rinda, aholi soni bo„yicha dunyoda 39-o„rinni egallaydi. Kumush, volfram, fosfarit, kaliy tuzi, nodir metallar va boshqa qimmatbaho minerallar, jumladan, oltin zaxirasi bo„yicha 4-o„rinda, uran zaxirasi bo„yicha 7-o„rinda, molibden bo„yicha 8-o„rinda, misning aniqlangan zaxirasi bo„yicha 10-o„rinda, tabiiy gaz bo„yicha 14-o„rinni egallab, dunyoning yetakchi davlatlari sirasiga kiradi. Ekin maydonlari bo„yicha 11-o„rinda turadi, kadmiy qazib olish bo„yicha 3- o„rinda, uran qazib olish bo„yicha 6-o„rinda, oltin va tabiiy gaz bo„yicha 8-o„rinda, molibden qazib olish bo„yicha kuchli o„n beshlikka kiradi. Qorako„l ishlab chiqarish bo„yicha 2-o„rinda, paxta bo„yicha 5-o„rinda, ipak tola bo„yicha 6- o„rinda turadi. O„zbekiston oltingugurt kislotasi, azotli o„g„itlar, mineral moylovchi materiallar va parafin, paxta tolasi va gazlamalar, tomat pastasi, quruq mevalar, bog„dorchilik va uzumchilik mahsulotlari, jun yetishtirish bo„yicha dunyoning ikkinchi o„ntalik mamlakatlariga kiradi. Paxta tolasi eksporti bo„yicha ikkinchi, uran eksporti bo„yicha uchinchi o„rinda turadi. O„zbekistonning jahon savdosidagi ishtirokini kengaytirish shartlarini quyidagilar tashkil qiladi: 1) O„zbekiston tovarlarining dunyo bozorlaridagi raqobatbardoshligi; 2) tashqi savdo tuzilishining rivojlanishi; 3) milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi. O„zbekiston savdosining geografik tuzilishi ikki asosiy yo„nalish bilan ajralib turadi: MDH mamlakatlari va uzoq xorij mamlakatlari. Uzoq xorij mintaqalarining ulushi mamlakatimizning butun tashqi savdo aylanmasi o„sib borish tendensiyasiga ega bo„lmoqda. O„zbekistonning asosiy savdo sheriklariga quyidagilar kiradi: 32 Germaniya, Niderlandiya, Italiya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Shveysariya, Buyuk Britaniya, AQSh va Finlyandiya. Yevropa Ittifoqiga O„zbekiston tovar aylanmasining 52,1 foizi, MDH mamlakatlariga – 15,3 foizi, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlariga 16,1 foizi to„g„ri keladi. O„zbekistonning asosiy savdo hamkori Germaniya bo„lib, uning O„zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 10 foizdan ortiqdir. O„zbekiston Germaniyaning tashqi savdo aylanmasida 14-o„rinni egallaydi (2 foiz). O„zbekistonning eksporti an‟anaviy ravishda xomashyo yo„nalishiga ega. Eksport tarkibidagi qiymati bo„yicha yonilg„i-energetika tovarlarining ulushi XXI asrning birinchi o„n yilligida – 46,2 foizni, qora va rangli metallar – 15,5 foizni, mashina, uskunalar, transport vositalari – 10 foizni tashkil etdi. O„zbekistonning importida asosiy o„rinni mashinasozlik (47,7 foiz), oziqovqat va uni ishlab chiqarish uchun xomashyo (17 foiz), kimyo mahsulotlari (18,1 foiz) tashkil qiladi. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – O„zbekiston tashqi savdo aylanmasini xomashyo eksport qilish va iste‟mol tovarlarini import qilishdan fan yutuqlarini o„z ichiga olgan, yuqori texnologik tarmoqlarga, dunyoning yetakchi davlatlari, ayniqsa, Osiyo mamlakatlari bilan savdo-sotiqni rivojlantirishga yo„naltirish evaziga to„lov balansining maqbul tuzilishini ta‟minlashdir. Bular O„zbekiston milliy iqtisodiyotining sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan xo„jalik aloqalarini kengaytirishdek obyektiv ehtiyoji bilan bog„liq. O„zbekistonning 1990–2014-yillardagi tashqi savdo dinamikasi va tarkibi. O„zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti mustaqillik qo„lga kiritilgunga qadar asosan sobiq Ittifoq respublikalarini xomashyo resurslari bilan ta‟minlashga yo„naltirilgan edi. Iste‟mol mahsulotlarining asosiy qismini respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligiga qaramasdan, ular chetdan keltirilar edi. 1990-yilda O„zbekiston tashqi savdo aylanmasi 805,6 million dollarni, jumladan, eksport 442,7 million dollarni, import 362,9 million dollarni tashkil etgan. Ijobiy saldo esa 80 million dollar atrofida bo„lgan edi.O„tgan 1991–2011-yillarda tashqi savdo aylanmasi 27,1 barobar o„sdi, shu jumladan, eksport hajmi 29,5 barobar, import 24,2 barobar oshdi. Bu jarayonda tashqi savdoning ijobiy saldosi 53 33 barobar ortib, oltin-valuta zaxiralarining yuqori darajada o„sishi va milliy valuta barqarorligini ta‟minladi. Eksport va import tarkibi tubdan o„zgardi. O„zbekiston chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste‟mol tovarlarini olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunga kelib, qo„shilgan qiymati yuqori bo„lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va texnik hamda texnologik modernizatsiya qilishga mo„ljallangan yuqori texnologiyalar asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda.
Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish tufayli mamlakatimiz paxta yakkahokimligi oqibati bo„lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo„ldi. Uning eksportdagi ulushi kamayib, 1990-yildagi 59,7 foizdan 2014-yilda 11,3 foizga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 30 foizdan kamroq bo„lgan bo„lsa, hozirgi kunda bu ko„rsatkich 70 foizdan ziyoddir. Yurtimizda keyingi 10 yil mobaynida yengil avtomobillar eksporti 7,6 barobar, paxta kalavasi 4,7 barobar, trikotaj matolar 156 barobar, mineral o„g„itlar 11,7 barobar, neft mahsulotlari 6,5 barobar, sement 6,3 barobar, sabzavot va mevalar eksporti 14,1 barobar o„sdi. Kichik biznes korxonalarining eksport hajmi 10 barobardan ko„proq oshdi. Mamlakatimiz iste‟mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarining tezkor rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15 yilda bug„doy importi nafaqat to„xtatildi, balki O„zbekiston o„z bug„doyi va g„allasidan tayyorlangan unni eksport qila boshladi. Go„sht mahsulotlarini import qilish 5 barobar, sut mahsulotlari 2,6 barobar, qayta ishlangan qishloq xo„jaligi mahsulotlari 3,5 marta, alkogolli va alkogolsiz ichimliklar 16 va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 7 barobardan ko„proq, gilam va yerga to„shaladigan qoplamalar 10 marta, trikotaj matolar 10 barobar, to„qimachilik-trikotaj liboslari 11 marta, poyafzallar importi 11 barobar kamaydi.