Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Savdo xizmatlari turlarining tasnifi



Yüklə 104,32 Kb.
səhifə4/7
tarix20.11.2023
ölçüsü104,32 Kb.
#161947
1   2   3   4   5   6   7
elbek

2.1Savdo xizmatlari turlarining tasnifi.

Jaxon tajribasida xizmat sohasi tarmoqlarini tasniflashtirishni ishlab chiqarish-texnik va funktsional yondoshishlarning bir biriga qo`shish asosida o`tkazish qabul qilingan. Ishlab chiqarish yondoshishi xizmatlar sohasidagi tarmoq yo`nalishlarining ishlab chiqarish-texnik va texnologik umumiyligi tamoyillaridan kelib chiqadi. Funktsional yondoshish turli xil ko`rinishli yo`nalishlarni amalga oshiradi. Ushbu yo`nalishlar jumlasiga ishlab chiqarishga, jamiyatga, uy xo`jaligiga xizmat ko`rsatish, shaxsga xizmat ko`rsatishgacha taqsimlash, saqlash, resurslar va tovarlar bilan ta‟minlash funktsiyalari kiradi. Ushbu tamoyilga ko`ra xizmatlar quyidagi guruhlarga bo`linadi: -savdo xizmatlari; 14 -oziq- ovqat bilan ta‟minlash va yashash bo`yicha xizmatlar (mehmonxonalar, ommaviy ovqatlanish korxonalari va hokazolar); -transport xizmatlari; -aloqa xizmatlari va axborot xizmat ko`rsatilishi; -ta‟minot, tayyorlov va moddiy-texnik resurslarni saqlash bo`yicha xizmatlar; -bozorning harakat qilishini (kredit, moliya va sug`urta, ko`chmas mulk bo`yicha oldi-sotdilar va boshqalar) ta‟minlash bo`yicha xizmatlar; -ta‟lim, madaniyat va san‟at xizmatlari; -fan va fan xizmatlari; -sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sportni qo`shgan holdagi xizmatlar; -uy xo`jaligiga xizmat ko`rsatish bo`yicha xizmatlar (uy xo`jaligini saqlash va ta‟mirlash, ishlab chiqarish-maishiy va kommunal xizmatlar); -shaxsiy tavsifdagi xizmatlar (noishlab chiqarish, maishiy xizmatlar, sartaroshxonalar, fotoatele, oyoq kiyimini ta‟mirlash va hokazolar); -davlat boshqaruvi xizmatlari. Xalqaro savdoda xizmatlar muhim o„rin egallaydi. Xizmat deganda moddiy mahsulotda o„z ifodasini topmaydigan, balki iste‟molchi ega bo„ladigan muayyan foydali samarada namoyon bo„ladigan pulli faoliyat tushuniladi. Xizmat, shuningdek harakat natijasida va boshqa institutsional birlik bilan o„zaro kelishuv asosida yuz bergan institutsional birlik holatining o„zgarishida namoyon bo„ladi. Ma‟lumot o„rnida keltirsak, jahon savdo tashkilotining tasnifiga ko„ra, 600 dan ortiq turdagi xizmatlar mavjud. Xalqaro valuta fondining to„lov balansini tuzish bo„yicha yo„riqnomasiga muvofiq, to„lov balansida inobatga olinadigan savdo xizmatlari tarkibiga 11 turdagi xizmatlar (transport, qatnov (sayohat), aloqa, qurilish, sug„urta, moliya, axborot, litsenziyalar, biznes xizmatlar, madaniyat, hukumat tashkilotlariga tovarlar yetkazib berish) kiradi. Iste‟molchiga yetkazib berish usullariga ko„ra, xizmatlarning investitsion (bank, mehmonxona va boshqalar), savdo (transport, sug„urta va boshqalar), savdo-investitsiya (aloqa, qurilish, axborot va boshqa) turlari ajratiladi. Xizmatlar omilli (kapital, mehnat, 15 texnologiyalarning mobilligi bilan bog„liq to„lovlar) va omilsiz (xizmatlarning qolgan turlari) bo„lishi mumkin. Xizmatlar bilan savdo qilish xususiyatini sotuvchi va xaridorning bitim tuzish vaqtidagi aloqasining mavjudligi tashkil qiladi. Xizmatlar savdosida bitimlar tuzishning quyidagi shartlari mavjud: 1) xaridorning mobilligi (turizm, tibbiy yordam va boshqalar); 2) sotuvchining mobilligi (qurilish, audit va boshqalar); 3) bir vaqtning o„zida sotuvchi va xaridorning mobilligi yoki xizmatning o„zining mobilligi (xalqaro telefon so„zlashuvi, uchinchi mamlakatdagi xalqaro konferensiya kabilar). Jahon xizmatlar tarkibida xususiy sektor, transport xizmatlari yetakchi o„rin tutadi. Xizmatlar qiymati hajmining 75 foizi rivojlangan mamlakatlar tomonidan eksport qilinadi. Jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan xizmatlarning eng muhim turi transport xizmatlaridir (tovar va yo„lovchilarni xalqaro miqyosda tashish). Moliyaviy lizing ijaraga beruvchining xarajatlari qoplanishi va unga foyda ta‟minlanishini nazarda tutadi. Ijarachi ijara muddati tugaganidan so„ng, ijara predmetini qaytarishi, uni qoldiq qiymati bo„yicha sotib olishi yoki yana ijaraga olishi mumkin. Ishlab chiqarish (operativ) lizingi ijaraga olinayotgan texnikaning amortizatsiya davridan kamroq muddatga foydalaniladi, shu bois ijara stavkalari yuqoriroq bo„ladi. Lizing kompaniyasi uskunani xorijiy firmadan sotib olishi va o„z mamlakatiga ijaraga berishi (import lizing) yoki aksincha bo„lishi (eksport lizing) mumkin. Xizmatlar bilan savdo qilishda konsalting xizmatlari (audit, boshqaruv maslahatlari va boshqalar), vositachilik keng tarqalgan. Jahondagi turli mamlakatlar mahsulot ishlab chiqaruvchilari o„rtasidagi aloqaning asosiy shakllaridan biri tashqi savdo faoliyatidir. Hozirgi kunda iqtisodiy adabiyotda va klassifikatorlarda turli yangi me‟zonlar va ularga taaluqli ravishda xizmatlarning turli xil tasniflanishi taklif etilmoqda. Jumladan quyidagi xizmatlar tasniflari: moddiy darajasi bo`yicha 16 insonlarning shaxsiy aloqalari darajasi, xizmatlar mehnat sig`imi, xizmat sohasida ijtimoiy va shaxsiy bog`lanishlar nisbati bo`yicha. Har bir tasniflashtirish tarmoqni ma‟lum maqsadda o`rganishga mo`ljallangan. Xizmatlardagi farq ularning tasnifi, maqsadli belgilanishi, taqdim etish shakllari va haq to`lash usulidan kelib chiqadi. Tasnifi bo`yicha ko`rsatilayotgan xizmatlar aniq ifodalangan tarmoq yo`nalishiga egadir: maishiy mashinalar va asbob-uskunalarni ta‟mirlash, yangi mahsulotni ishlab chiqarish; qishloq xo`jaligi, gigienik tavsifdagi xizmatlar; transport, savdo, axborot, ijaraga berish xizmatlari; qurilish, uylarni ta‟mirlash, badiiy ishlar va xalq ijodi mahsulotlarini ishlab chiqarish; ta‟lim, tibbiy va boshqalar. Maqsadli belgilanish bo`yicha xizmatlar quyidagi guruhlarga bo`linadi: maishiy belgilanishdagi predmetlarning iste‟mol xususiyatlarini ta‟minlash maqsadida aholi buyumlarini ta‟mirlash va qarash xizmatlari (kiyim-kechakni, oyoq kiyimini ta‟mirlash, kimyoviy tozalash va buyumlarni bo`yash va boshqa xizmatlar); aholi buyumlari bo`yicha yangi mahsulotni tayyorlash, ya‟ni yangi iste‟mol qiymatlarini yaratish (kiyim-kechakni tikish,trikotaj mahsulotlarini tikish, mebel tayyorlash, uy qurish va hokazolar); turmushda qulayliklarni yaratish bo`yicha xizmatlar, jismoniy shaxs sifatida insonning ehtiyojlarini qondirish, shuningdek uy xo`jaligini yuritish bilan bog`liq xizmatlar (sartaroshxonalar, sanitar-gigienik va tibbiy xizmatlar, madaniy-maishiy belgilanishdagi buyumlarni ijaraga berish va hokazolar); ma‟lumot-axborot va vositachilik, sayyohlik va boshqa xizmatlar; shaxs sifatida insonning ehtiyojini qondirish bo`yicha (ta‟lim, madaniy) xizmatlar. Xizmatlarni pullik, bepul va aralashlarga bo`lish alohida ahamiyatga ega. 17 Ushbu tasnif qabul qilingan iqtisodiy kenglikni iqtisodiyotning xususiy (bozor) va ijtimoiy (nobozor) sektorlariga bo`linishlariga asoslanadi. Bepul xizmatlardan farqli ravishda pullik xizmatlar quyidagi xususiyatlarga ega: iste‟molning yakka tartibdagi tavsifi, bo`linish va saylanish bilan; raqobatlilik, monopol holatning bo`lmasligi bilan. To`lash uslubi bilan xizmatlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: oldin va to`liq tartibda to`lanadigan yoki buyurtmani qabul qilishda qisman oldindan to`lanadigan va buyurtma topshirilishida oxirgi hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibidagi xizmatlari; aholiga bepul ko`rsatilgan xizmatlar (maishiy belgilanishdagi mashina va apparatlarni kafolatlangan ta‟mirlash); kechiktirilib to`lanadigan xizmatlar, ya‟ni kreditga beriladigan. Xizmatlar yo`naltirilgan faoliyatning turlari bo`yicha funktsional tasniflashtirish, xizmatlarni besh guruhga bo`lishni ko`zda tutadi: ishlab chiqarish - lizing, injiniring, ishlab chiqarish asbob-uskunalariga texnik xizmat ko`satish, texnik kommunikatsiyalarni ta‟mirlash va hokazolar; iste‟mol - uy xo`jaligiga mo`ljallashtirilgan ommaviy xizmatlar (turar joy va unda mavjud bo`lgan uzoq muddatli foydalanishdagi buyumlarni normal holatda saqlash); professional - sug`urta, moliya, bank, reklama, maslahat; taqsimot -transport, aloqa, savdo xizmatlari; shaxsiy tavsifdagi noishlab chiqarish (sartaroshxonalar, fotoatele va hokazolar) xizmatlari. Xizmatlarning sistemaliroq tasnifi ularni buyumlashtirilgan tamoyil bo`yicha bir necha klasslarga bo`ladi: tovarlar va boshqa fizik ob‟ektlarga yo`naltirilgan his etiladigan harakatlar (kimyoviy tozalash, asbob-uskunalarni saqlash va ta‟mirlash, qo`riqlash va boshqa xizmatlar); 18 inson tanasiga yo`naltirilgan his etiladigan harakatlar (fitnes markazlar, restoranlar va kafelar, go`zallik salonlari); insonning ongiga yo`naltirilgan his etilmaydigan harakatlar (ta‟lim, teatrlar, muzeylar, axborot xizmatlari). Kompekslik bo`yicha xizmatlar oddiy va qiyinlarga (kompleks xizmat ko`rsatish) bo`linadi. Ko`pchilik xizmatlar kompleks tavsifga ega. Masalan, mehmonxonalar xizmatlari - bu nafaqat turar joyni taqdim etish, balki ovqatlanish, maishiy xizmat ko`rsatish, iste‟molchilar xodig`ini chiqarishni taqdim etish bo`yicha xizmatlar hamdir. Ularni qanaqangi tavsiflashtirishdan foydalanilmasin, biror bir aniq kichik guruhga kiritish qiyin. Aralash xizmat tovar-moddiy boyliklarga hamrohlik qiladi, ularning aylanishini engillashtiradi va ularni iste‟molchi uchun jozibador qilib ko`rsatadi. Ushbu xizmat jumlasiga tovar oldi-sotdisiga hamroh bo`ladigan sotishdan oldingi va sotishdan keyingi servisni keltirish mumkin.


Yüklə 104,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin