Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Davlat qarzining faol boshqarishda ochiqlik siyosati



Yüklə 109,25 Kb.
səhifə6/8
tarix20.11.2023
ölçüsü109,25 Kb.
#161969
1   2   3   4   5   6   7   8
asqar

2.1. Davlat qarzining faol boshqarishda ochiqlik siyosati
Davlat qarzi, jumladan O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari hisobidan moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdor tashkilotlar (banklar) o‘z qarz to‘lovlarini vaqtida va to‘liq amalga oshirmagan holatlarda davlat qarzi Jamg‘arma mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan so‘ndirilsin hamda qarzdor tashkilotlardan (banklardan) mavjud qarzdorlikva hisoblangan jarima to‘lovlari mos ravishda Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishi belgilab qo‘yilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha loyihaoldi hujjatlari, shuningdek, texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks ekspertizasidan belgilangan tartibda o‘tkazadi. Davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyiha qiymatining 80 foizi va undan ortiq qismi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalar kompleks ekspertizadan o‘tkazilmaydi.
Bunda, kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov investitsiya loyihalari va xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Tashqi moliyaviy resurslar va qarzlar jalb qilishda O’zbekiston juda faol tarzda qatnashmoqda, ya’ni mamlakatimizning yalpi davlat qarzi 2016-yilda 9,5 mlrd. AQSh dollarini (YaIMga nisbatan 11,6 foiz) tashkil etgan bo’lsa, 2022-yil 1-yanvar holatiga bu ko’rsatkich 26,3 mlrd. AQSh dollari yoki YaIMning 38 foizini tashkil etmoqda. Bu statistik ma’lumotlar bir tomondan bizni tashvishga solishi ham turgan gap, ya’ni rivojlanayotgan davlatlarda qarzlardan foydalanish samaradorligi ancha past hamda shaffoflik masalasi ham jiddiy masala ekanligi tashvishga soladi. Xalqaro Valyuta Jamg’armasi tavsiyasiga ko’ra rivojlanayotgan davlatlarda, jumladan, O’zbekistonda ham davlat qarzining YaIMga nisbatan xavfsiz darajasi 55-60 foizni tashkil etishi aytib o’tilganini hisobga oladigan bo’lsak, O’zbekistonning davlat qarziga xizmat ko’rsatish darajasi barqaror deya e’tirof etishimiz mumkin. Shu bilan birga qarzlarning iqtisodiy taraqqiyotga qo’shayotgan hissasi qarzning darajasidan ham ko’proq ahamiyat kasb etadi. Shu xususida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev bu borada o’z fikrlarini aytib o’tdilar: “Tashqi qarz shu xalqimizning farovonligiga xizmat qilyapti. Eng muhimi – tashqi qarz miqdori qonun doirasida. Tashqi qarz ham hamma davlatlarga berilmaydi: ishonch borki, bizga taqdim qilishyapti. Hammasi maqsadli ishlatilyapti va vaqtida qaytariladi. Boshqa davlatlar tashqi qarzi bilan solishtirganda bizniki ancha past ko’rsatkichda”2. O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini o’rta, uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalar bo’yicha jalb etish tamoyillariga doim amal qilib kelmoqda. Davlat qarzlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi, hozirgi paytda O’zbekistonning davlat qarzi jadallik bilan o’sayotganligi mavzuning dolzarbligini ko’rsatadi.
Davlat qarzining mazmun va mohiyatini o’rganishdan oldin davlat qarzi va unga aloqador bo’lgan atamalarning ma’nosini tushunib olishimiz kerak bo’ladi. Misol uchun davlat qarzi deyilganda O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag’larni jalb qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlari tushuniladi. Rivojlanayotgan davlatlar tajribasida juda ko’p uchraydigan va og’riqli muammo hisoblanadigan atama bu davlat kafolatidir, ya’ni O’zbekiston Respublikasi rezidenti o’zidan undiriladigan summani qarz shartnomasida belgilangan muddatda to’lamagan yoki qarz shartnomasida belgilangan boshqa shartlarni muddatida bajarmagani tufayli defolt hodisasini bartaraf qilmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni to’liq yoki qisman to’lab berish majburiyati hisoblanadi. Shu bilan birga biz defolt hodisasini ham o’rganishimiz darkor. Bunda defolt hodisasi – qarz shartnomasida ko’zda tutilgan shartlarning to’liq yoki qisman bajarilmasligi natijasida qarz beruvchiga qarzdorlik muddati tugagunga qadar qarz oluvchidan qarzlarni to’liq to’lashni talab qilishga imkon beradigan holatga aytilishini alohida qayd etamiz. Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy munosabatlarning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablag’larni qarz oluvchi bo’lib hisoblanadi. Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq (to’lov, to’lash) asosida mablag’larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo’lgan operatsiyalar hajmi ancha kamayadi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat o’z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining o’lchamiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki ko’rinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolatning berilishi o’sha markazlashtirilgan pul fondining, albatta, o’zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar qarzdor o’zining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo’yicha to’liq hajmda va o’z vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq amaliyotda yetarli darajada ishonchli bo’lgan qarz oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bo’lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari yetarli darajada ishonchli bo’lmagan qarz oluvchilarga nisbatan qo’llaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning o’sishiga olib keladi.
E.Beqiraj va S.Fedeli tomonidan Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkilotiga a’zo 21 ta mamlakat hukumatlarning qarz/YalM nisbatining oshib borishiga munosabatlarini o’rganishdi. Agar qarz yuki oshib boraversa, davlatlar bunga javoban qanday to’g’irlovchi choralar ko’rishi mumkinligini, qarz va defitsit o’rtasidagi korrelyatsiyani tadqiq qilishgan.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki ko’rinishdagi – moliya va kredit -pul munosabatlarining o’rtasida joylashgan bo’lib, shunga mos ravishda, u ham moliyaga va ham kreditga tegishli bo’lgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan bo’g’ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi. Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni operativ boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi.

Yüklə 109,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin