2.5-jadval.Tovar bahosi va miqdori o'rtasidagi bog'liqlik.
Jadvaldanko'rinibturibdiki, tovarbirliginingbahosi qanchalik past bo'lsa, iste'molchining xarid quvvati, ya'ni sotib olishi mumkin bol'gan Tovar miqdori shunchalik ko'p bo'ladi va aksincha. Demak, tovar bahosi
bilan tovar miqdor o'rtasidagi bog'lanish nisbat ko'rinishda bo'ladi va talab egri chizig'i deyiladi.
Talab egri chizig'i talab qonunini ifodalaydi. Talab faqat baho omili bilangina belgilanmaydi, uning o'zgarishiga quyidagi omillar ham ta'sir ko'rsatadi:
iste'molchilar urf-odat va didlarining o'zgarishi. U asosan reklamaning yoki modaning o'zgarishi natijasida ro'y beradi. Masalan, hozirda kompakt disklarning yaratilishi grammplastinkalarga bo'lgan talabni keskin pasaytirib yubordi;
bir-birining o'rnini bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Masalan, ikki xil bir turdagi tovar bir xil talabni qondirishi mumkin. Bu tovarlar bir-birining o'rnini bosuvchi tovarlar deyiladi. Bunday tovarlardan biri narxining o'zgarishi, ikkinchisiga bo'lgan talabni o'zgartiradi;
to'ldiruvchi tovarlar narxlarining o'zgarishi. Masalan, ko'p turdagi tovarlar birgalikda sotib olinadi. Poyafzal bilan uning moyi biri-birini to'ldiradi. Shuning uchun poyafzal narxining o'sishi unga boigan talabni pasaytiradi. Binobarin, poyafzal moyiga bo'lgan talab ham pasayadi; tovar nafliligining o'zgarishi.
Masalan, sabzavot-mevalarning mavsumlarga qarab iste'mol qilinishi sogiiq uchun foydaliligi haqidagi ma'ruza yoki reklama unga bo'lgan talabni oshiradi;
daromadning o'zgarishi. Aholi daromadlarining oshishi ularning xarid quvvatini oshiradi, bu esa tovarlarga bo'lgan talabni ham oshiradi;
atrof-muhitdagi o'zgarishlar. Masalan, agar havo isib ketsa, salqin ichimliklar, muzqaymoqqa va xona sovutgichlariga bo'lgan talab oshadi va aksincha;
6) aholi sonining o'sishi. Masalan, aholiningtug'ilishidaraja- siningo'sishiakusherlikxizmati, maktabgachatarbiya, maktab tarbiyasi kabi xizmatlarga, bolalar uchun kerak mahsulotlarga talabni oshiradi va aksincha.
Yalpi taklif - mavjud narx darajasida sotish mumkin bo’lgan, sotishga chiqarilgan va tayyorlangan turli-tuman tovarlar va xizmatlarning hajmidir.
Bu narxlarning har xil mumkin bo'lgan o'rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko'rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo'shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag'bat yaratadi.Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri yoki bevosita bog'liqlik mavjud bo'ladi.
Bu bog'liqlik taklif egri chizig'ida aniq aks etadi.Yalpi taklif egri chizig'i uchta kesmalardan iborat.