Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi


Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda



Yüklə 390,35 Kb.
səhifə5/16
tarix22.06.2023
ölçüsü390,35 Kb.
#133996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Asadbek

Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.

  • boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi milliy eksportga bo’lgan talabni oshiradi. Misol, jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inkiroz natijasida ko’plab rivojlangan mamlaktlardagi axolining real daromadlari tushib ketgan va ularning bizning mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga bo’lgan talabi ham kamaygan. Hozirgi kunda neft narxining keskin o’sishi neft eksport qiluvchi mamlakatlar milliy daromadlarini oshirib borishiga va natijada bu mamlakatlarda bizning mahsulotlarga talabini oshib borishiga sabab bo’lmoqda.

  • valyuta kurslaridagi o’zgarishlar, milliy valyuta so’mning kursi pasayishi bilan xorijdan kelayotgan mehmonlar olib kelgan dollari evaziga ko’proq so’mga ega bo’lishadi, ya’ni bizning mahsulotlarimiz xorijliklar uchun nisbatan arzonroq bo’lib qoladi.

Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari umumiy talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilni beradi. Bular: pul taklifi (M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Narxlar o’zgarmagan holda, pul massasining ko’payishi yoki pulning aylanish tezligining oshishi qisqa muddatda jami talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi, chunki bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi mavjud bo’lgan real pul zahiralarini hamda iste’molchilarning sotib olish qobiliyatini oshiradi.
Umumiy talabning narxga bog’liq bo’lmagan omillari ta’sirida AD egri chizig’i o’ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum narx darajasiga mos keluvchi talab qilinayotgan milliy mahsulot xajmi o’zgaradi.
1.2-chizma. Umumiy talab egri 1.3-chizma. Umumiy taklif
chizig’idagi siljishlar chizig’idagi siljishlar
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri chizig’ining o’ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD egri chizig’i chapga siljiydi.
Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Umumiy taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo’llaniladi. Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi. Narxlarni narxlar darajasiga, jami iste’molchilarning to’lov qobiliyatli talabini jami talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko’rsatkichlarni yiriklashtirishni bu usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi. Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo’lmaydi. Yalpi talab va taklif hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar to’zilishining asosi hisoblanadi. Oddiy ko’rinishda bu ko’rsatkichlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi grafik yordamida aks ettiriladi (A-chizma).


Yüklə 390,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin