Y 2.4-chizma Yalpi talab egri chizig’i Iste’molchining kutishi. Ise’molchilik sarflari hajmidagi o’zgarish, iste’molchining narxlar va daramodlar darajasidagi kelajakda o’zlarining real daromadi ko’payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko’proq qismini sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada bu davrda iste’molchilik sarflari ko’payadi, jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab oradi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o’zlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’molchilik sarflari a demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday ifnlyatsiyanin kutilishi bugungi yalpi talbni oshiradi.Chunki iste’molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste’mol miqdorining kamayishiga olib keladi. Iste’molchi qarzlari. Iste’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy daromadini qarzlarga to’lab, o’zlarining bugungi sarflarini ko’paytirish mumkin. Aksincha, iste’molchi qarzdor bo’lmasa, ular bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor bo’ladi.
Soliq. Daromad solig’I stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud drajasida iste’molchilik sarflarining ko’paytiradi, soliqlarning oshishi iste’molchilik sarflarini kamaytiradi.
Investitsion sarflar. Investitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olish mumkin bo’lgan yangi ishlalb chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib keladi. Investitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishi olib keladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz stavkalarning o’zgarishi haqida gap ketadi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali capital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarnign qisqarishiga olib keladi.
Iste’molchining kutishi. Ise’molchilik sarflari hajmidagi o’zgarish, iste’molchining narxlar va daramodlar darajasidagi kelajakda o’zlarining real daromadi ko’payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko’proq qismini sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada bu davrda iste’molchilik sarflari ko’payadi, jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab oradi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o’zlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’molchilik sarflari a demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday ifnlyatsiyanin kutilishi bugungi yalpi talbni oshiradi.Chunki iste’molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste’mol miqdorining kamayishiga olib keladi. Iste’molchi qarzlari. Iste’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy daromadini qarzlarga to’lab, o’zlarining bugungi sarflarini ko’paytirish mumkin. Aksincha, iste’molchi qarzdor bo’lmasa, ular bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor bo’ladi.
Soliq. Daromad solig’I stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud drajasida iste’molchilik sarflarining ko’paytiradi, soliqlarning oshishi iste’molchilik sarflarini kamaytiradi.
Investitsion sarflar. Investitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olish mumkin bo’lgan yangi ishlalb chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib keladi. Investitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishi olib keladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz stavkalarning o’zgarishi haqida gap ketadi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali capital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarnign qisqarishiga olib keladi.
Investitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investition toavarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investition dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoiliga ega bo’ladi, demak, yalpi talab kam kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’payishi capital qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investition sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va investitsion sarflarni ko’paytiradi. Texnologiya. Yangi va takomillashgan exnologiya investitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag’batlantirish tamoyili ega bo’ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko’payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilganda tadbirkorlar ko’proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo’ladi, demak investitsion sarflari ko’payadi.
Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib keladi. Bunga avlatning o’z armiyamizni tuzish to’g’risidagi qarori misol bo’la oladi. Dablat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib keladi.
Masalan, yangi avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib keladi.
Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda bizning tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi o’z tovarlarimizga ichki talabning ko’payishini taqozo qiladi.
Sof eksport hajmini avvalo chet davlatlardagi milliy daromad va valyuta kurslari o'zgartiradi. Chet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham o'zlarining tovarlarini va ham chet ellarda ishlab chiqarilgan tovarlarni ko'proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa qarama-qarshi natija beradi: bizning eksportning sof hajmi qisqaradi.
Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o'zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta'sir ko'rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning dollardagi narxi o'sadi. Bu shuni bildiradiki, dollar ienaga nisbatan qadrsizlanadi va iyena kursi ko'tariladi. Dollar va iyena o'rtasidagi yangi nisbat natijasida yaponiyalik iste'molchilar ienaning ma'lum summasiga ko'proq dollar olishi mumkin. Demak, yaponiyalik iste'molchilar uchun amerika tovarlari yaponiyanikiga qaraganda arzonroq bo'ladi. Shu bilan birga amerikalik iste'molchilar dollarning ma'lum summasiga kamroq yaponiya tovarlarini sotib olishi mumkin.Bunday holda kutish mumkinki, Amerika eksporti o'sadi, importi kamayadi.Sof eksportning ko'payishi o'z navbatida AQSh yalpi talabining ko'payishiga olib kelishini bildiradi.
Bozor mexanizmida talab va taklif muhim o'rinni egallaydi va ko'zga ko'rinmas kuchga ega. Talab - bu shunchaki ehtiyoj emas, balki to'lovga qobil pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir.
Ehtiyoj - kishilarning hayotiy vositalarga zaruriyatini, taraq- qiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiylikni ifodalovchi ilmiy kategoriya. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ifodalanishi «talab» tushunchasidir.Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta'minlangan qismi talabga aylanadi.Demak, talab - bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Bozorda xaridor o'ziga zarur bo'lgan narsalarni sotib olib, ehtiyojlarini qondirishga intiladilar. Ammo kishi ehtiyojlarining qay darajada qondirilishi uning muayyan tovarga bo'lgan talabi, aholining pul daromadlari va uning o'zgarishiga, bozor hajmiga, bozordagi mollarning narxlariga, iste'molchilarga beriladigan imtiyozlar kabi omillarga bog'liq bo'ladi. Bularning ichida talabni aniqlab beradigan asosiy omil bu tovarning bahosidir.Chunki bu omil talabning u yoki bu tomonga qarab o'zgarishiga olib keladi.Xo'sh, talabning o'zi nima?