Urganch davlat universiteti ­­­­­­­­­­­­­­­­iqtisodiyot fakulteti 213- iqtisodiyot guruh talabasi



Yüklə 115,93 Kb.
səhifə2/5
tarix07.04.2023
ölçüsü115,93 Kb.
#94498
1   2   3   4   5
KORXONANI BOSHQARISHNI

Axborot – ma`lumot va xabarlar to`plami bo`lib, mazmunan yangilik unsurlariga ega bo`ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o`ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo`lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisobladi.

Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o`rtasidagi o`zaro aloqalar axborot vositasida amalga shiriladi. (1.1.1.-chizma).

1.1.1-chizma. Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari.

Boshqaruvchi organ boshqariluvchi ob’yektning holati hamda boshqariluvchi ob’yekt bog’liq bo`lgan tashqi muhit holati haqida axborotlar olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq)ni ishlab chiqadi. Shundan keyin axborot boshqariluvchi ob’yektga ta`sir o`tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi.
Shunday qilib, boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishning borishi to`g’risidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu:

  • ish o`rinlariga xom ashyoning kelib tushishi;

  • stanok, uskunalarning ishlashi;

  • ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi;

  • tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati;

  • mahsulotlarni sotish haqidagi axborotlar;

Tashqi axborotlar, ya`ni:

  • yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar;

  • mahsulot iste`molchilarining talablari;

  • boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari;

  • raqobatchilarning hatti-harakatlari;

  • bozorlardagi holat va muvozanat;

  • inflyatsiya va ishsizlik darajasi;

  • byudjetga to`lovlar va boshqa ma`lumotlar shu turkumdagi axborotlar sirasiga kiradi.

Bular tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar hisoblanadi.
Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida koladi.
Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga quyidagi talablar qo`yiladi: ishonchlilik; tushunarli, bir ma`nolilik; tezkorlik; to`liqlik; tejamlilik.
Hozirgi davrda rahbar boshqaruv ishlarida tashabbus va omilkorlik ko`rsatishi, tezkorlik bilan ish olib borishi, vaziyat o`zgarishini o`z vaqtida payqash, resurslar bilan manyovr qila olishi, har bir aniq sharoitda maqbul qaror qabul qilishi zarur. Buning uchun rahbar ishonchli va mazmunli axborot olib turishi lozim. Ortiqcha, befoyda axborot rahbar ishini qiyinlashtiradi, ortiqcha mehnat va vaqt va sarflashga olib keladi.
Axborot tushunarli bo`lishi kerak, chalkash, bir-biri bilan taqqoslab bo`lmaydigan ko`rsatkichlar to`g’ri rahbarlik qilishga va o`z vaqtida qaror qabul qilishga putur yetkazadi. Axborotning o`z vaqtida kelishi va o`z vaqtida bajaruvchilarga yuborilishi, ya`ni tezkorligi ham juda muhimdir. U boshqaruv jarayonining, binobarin, ishlab chiqarishning uzluksiz borishiga yordam beradi. Shuningdek, dastlabki axborotni boshqarish turli maqsadlar uchun oson o`zgarish, undan boshqaruvning barcha bo`g’inlarida foydalanish mumkinligi, axborotning uzil-kesil ishlanishi, undan qo`shimcha ishlov bermasdan foydalanish ham katta ahamiyatga ega.
Zarur paytda kerakli natija beradigan axborotlar qimmatli hisoblanadi. Kech berilgan axborotlar o’z qimmatini yo’qotadi.
Ishlab chiqarish vaziyatiga to’g’ri baho berish va aniq qaror qabul qilish uchun boshqaruv organi axborot bilan to’liq ta’min etilishi, axborot hajmi maqsadga muvofiq bo’lishi kerak. Axborot yetishmasligi yoki haddan tashqari ko’payib ketishi tezkor va to’g’ri boshqarishga xalal beradi. Va nihoyat, boshqarish apparati xodimlari qanchalik yuqori malakali bo’lsalar, axborot qimmati ham shunchalik yuqori va tartibga solingan bo’ladi.
Boshqarish organlari ma`lumotlar qabul qiluvchi texnika vositalari bilan qanchalik mukammal ta`minlangan bo`lsa, rahbarlarga ortiqcha, befoyda ma`lumotlar shunchalik kam kelib tushadi. Bu esa, o`z navbatida axborot oqimidagi tejamkorlikni ta`minlaydi. Boshqarish tizimining muvaffaqiyatli ishlashining zarur sharti faqat to`g’ri aloqagina emas, balki teskari aloqaning ham mavjudligidir. Teskari aloqa har qanday darajadagi tizimlar harakatini rostlab turish uchun universal mexanizm hisoblanadi.
Boshqariluvchi tizimdan boshqaruvchi tizimga kelib tushadigan axborotni, ya`ni berilgan farmoyish va buyruqning natijalari to`g’risidagi axborotni teskari aloqa deb tushunish qabul qilingan.
Boshqaruv tizimi unsurlari ichida murakkab, ko`p tomonlama va xilma-xil aloqalar mavjudligi sharoitida ayniqsa teskari aloqaning ahamiyati ortadi. Boshqaruvchi tizim farmoyish yoki buyruq (topshiriq) bergandan keyin uning qanday bajarilayotganligi to`g’risida teskari aloqa yo`li bo`yicha o`z vaqtida axborot bilan ta`minlanib turilmasa, boshqarish jarayoni buziladi va boshqaruv tizimi butunlay izdan chiqishi mumkin.
Axborot almashuvi jarayonida 4 elementni ajratish mumkin:

  1. Jo`natuvchi – axborotni to`plovchi va uzatuvchi shaxs.

  2. Axborot – simvollar bilan kodlashtirilgan informatsiya.

  3. Kanal – axborotni uzatish vositasi.

  4. Qabul qiluvchi – axborot tegishli bo`lgan shaxs.


Yüklə 115,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin