Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti "buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi



Yüklə 452,36 Kb.
səhifə2/11
tarix15.09.2023
ölçüsü452,36 Kb.
#143832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ИД Малакавий амалиёт 2 курс БХА Автосохраненный

“Iqtisodiyot”
fakulteti dekani: Abdullayev I.S.


Kirish

Xo‘jalik yurituvchi su’bektlarda yuqori malakali soha kadrlari bilan to‘liq ta’minlanganlik bilan bog‘liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi korxonalarda amaliyot o‘tash yo‘li bilan mustahkamlash yuqori malakali kadrlarini tayyorlashning asosini tashkil qiladi.


Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni korxonalarda ish jarayonini tashkil qilish, jumladan korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha aniq bilim va ko‘nikmalarga chuqurroq ega bo‘lishlari uchun korxona buxgalteriya ishlarini amaliyot bilan birga qo‘shib o‘rgatish alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu ishlab chiqarish amaliyoti dasturi Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan bo‘lib, mutaxassislik fanlaridan nazariy bilimlarni bevosita mustahkamlash uchun va tegishli korxona operatsiyalarini bajarish, mehnatni tashkil etish ko‘nikmalarni hosil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom, Toshkent moliya institutining “Institut talabalarining malakaviy amaliyotini o‘tkazish shakllari, tashkil etish tartibi va uslublari to‘g‘risida” hamda talablari asosida ishlab chiqilgan.



  1. Ishlab chiqarish amaliyoti maqsadi va vazifalari

Xo‘jalik yurituvchi su’bektlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarning buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha malakaviy amaliyotini amalda qo‘llanishini, jumladan korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi fanidan o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va zamonga mos holda rivojlantirishdir. Shu bilan birga korxona amaliyotida bo‘layotgan eng oxirgi o‘zgarishlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini, bank tizimiga oid meyyoriy hujjatlarni chuqur o‘rgangan holda o‘z hissasini qo‘shish amaliyot ekanligi maqsadga muvofiqdir.


Ushbu amaliyot orqali talabalar korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tartibi, hisobvaraqlar rejasini o‘rganish, kassa operatsiyalarining hisobi, ular orqali hisob-kitoblarni yuritish, barcha buxgalteriya yozuvlarini o‘tkazish tarjibasini, hujjatlar asosida operatsiyalarni rasmiylashtirish, shuningdek, buxgalteriya balansining tahlili va bank moliya hisobotlarini tuzish bo‘yicha bilimlarni yanada mustahkamlaydi deb hisoblaymiz.
Amaliyotning asosiy vazifasi korxonalarning faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan operatsiyalar hisobini tashkil etilishni hamda ular asosida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi su’bektning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 452,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin