V. Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha korxonadan va institutdan tayinlangan rahbarlarning majburiyatlari
Talabalar malakaviy amaliyotini o‘tishi uchun korxona buyrug‘i bilan tegishli korxonaga qabul qilinadilar va ularga amaliyot rahbari tayinlanadi. Hisob-operatsion ishlari bo‘yicha amaliyotning umumiy rahbari xamda har bir ishchi o‘rnida alohida rahbar tayinlanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan uch kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning amaliyot o‘tishini nazorat qilib borishi talab qilinadi.
Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash grafigining namunaviy ko‘rinishi
Ish joyi
Ish joyidagi rahbarining F.I.O.
Amaliyot boshlanish muddati
Amaliyotning tugash muddati
Hisobotni rasmiylashtirish va topshirish muddatlari
Korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida umumiy rahbar talabaning malakaviy amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga tayinlangan korxona xodimi rahbarlik qiladi.
Korxona tomonidan tayinlangan rahbar korxona buxgalteriya apparatining har bir ish joyida amaliyotni tashkil qilishda, talabaga xisobot uchun ish xujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.
Rahbar talabaning dasturda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat qiladi.
Amaliyot tugagandan so‘ng, umumiy rahbar talabaning amaliyot davridagi faoliyatiga bo‘yicha xulosani talabaning kundaligida yozib beradi. Shu bilan birga talabaga amaliyotga qabul qilinganligi haqidagi buyruqdan ko‘chirma beradi.
Institutdan tayinlangan rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- amaliyot rahbari amaliyot sifatli o‘tash yuzasidan talabalarni barcha zaruriy uslubiy ta’minot bilan ta’minlaydi;
- amaliyot rahbari malakaviy talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti ob’ektiga borishi, joylashishi, amaliyot o‘tashi hamda hisobotni tayyorlanishi yuzasidan kafedra yig‘ilishida doimiy hisobot berib boradi;
- amaliyot rahbari talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash davrida to‘liq nazoratni tashkil qiladi;
- amaliyot rahbari (zarur hollarda) amaliyot ob’ektlari bo‘yicha (individual shakllarda va institutdan uzoq masofalarga belgilanganda) xizmat safariga chiqadi;
- talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘taganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;
- amaliyot rahbarligi yuzasidan barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda tashkil etadi.