Xulosa: Yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat,
amaldagi ishlab chiqarish u yoki bu darajada boshqaruvga muhtojdir. Shu sababli
boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida namoyon
bo‘ladi. Respublika sanoatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston davlatining iqtisodiy
strategiyasiga asoslanadi va unga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari mavjud bo‘lib, ular jamiyat
taraqqiyotining turli ob’ektlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning oqilona va
izchil
hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishi
taraqiyotini
jadallashtirishga olib keladi. Sanoat juda ko‘p tarmoqlardan iborat
bo‘lib, ularning har biri korxonalarnyig‘indisidan tashkil topadi. Tarmoq hosil
bo‘lishi uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladilar.
Sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab chiqarishning o‘zaro aloqadorligi va
ularning takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan miqdoriy nisbatlari
tarmoq tuzilmasini tashkil etadi. U sanoat taraqqiyotida ro‘y beradigan texnika va
texnologiya hamda innovatsiya rivojining darajasi, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar
bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Turli sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi ishlab
chiqarish aloqalari o‘zaro mahsulot
almashish, tajribalarni o‘rganish bilan
tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish tarqqiyotining istiqbolini aniqlash, hisob-kitob
ishlarini amalga
oshirish, uning ahvolini tahlil etish maqsadida sanoat tarmoqlari
guruhlarga ajratiladi.
Guruhlarga ajratishning eng muhim tamoyili tayyorlanadigan
mahsulot iqtisodiy
mazmunining bir xilligidir. Sanoat tarmoq tuzilmasining
o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi: fantexnika tarqqiyoti va innovatsion
faoliyat; ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish
shakllari-konsentratsiyalash,
ixtisoslashtirish, mahalliylashtirish, kooperativlashtirish,
diversifikatsiyalash va
hududiy joylashtirish.