Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti


Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix20.12.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#76738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Allazarova Zilola 181-OOT Kurs ishi

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash. Tog‘-kon sanoati va ochiq 
konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2018 yil yanvar-dekabr oylarida ishlab
chiqarilgan mahsulotlar hajmi 36,9 trln.so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat 
mahsulotlari hajmining 16,1 % ni tashkil etdi.
Tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turi bo‘yicha chaqiq tosh 
qazib olish o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan – 1,2 martaga, gaz kondensati – 
9,9 % ga, tabiiy gaz – 6,1 % ga, ko‘mir qazib olish hajmining – 3,4 % ga
oshganligini, shu bilan birga shag‘al – 12,3 % ga va neft qazib olish – 8,2 % ga 
kamayganligini kuzatish mumkin.
Yoqilg‘i sanoati. Respublika yoqilg‘i sanoati yer qa’rida topilgan va qazib 
olinayotgan ko‘mir, neft, gaz konlari negizida shakllangan va rivojlanib bormoqda. 
Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro 
va
Xiva geologik provinsiyasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 
tasi
Ustyurtda joylashgan. Hozir 71 ta neft, gaz va gaz kondensat, 3 ta ko‘mir 


17 
konidan
foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gaz kondensat koni esa 
kelajakda ishga
tushirish uchun tayyorlab qo‘yilgan. 
Yoqilg‘i sanoati respublika yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy tarmog‘ini 
tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg‘ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va 
yetkazib
berish, neft mahsulotlarini qayta ishlash korxonalaridan iborat. Ular 
iqtisodiyotning
barcha bo‘g‘inlarida xizmat ko‘rsatadi. Yoqilg‘i sanoatining yirik 
korxonalari
Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 
joylashgan.
Yoqilg‘i sanoatining yana bir muhim tarmog‘i bu ko‘mir sanoatidir. 
O‘zbekiston qidirib topilgan ko‘mirning 1900 mln. tonna miqdoridagi zahiralariga 
egadir, shu jumladan qo‘ng‘ir ko‘mir zahiralari - 1853 mln. tonnani, toshko‘mir 
zahiralari - 47 mln. tonnani tashkil etadi. Prognoz resurslari 5,7 mlrd. tonnadan
ko‘proqdir. Toshko‘mirning katta zahiralari respublikaning janubiy hududlarida – 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida to‘plangan. Hozirgi paytda 3ta konda: 
Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida ko‘mir qazib chiqarilmoqda.
O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarishni «O‘zbekko‘mir» AJ, shuningdek 
«Sharg‘unko‘mir» AJ va «Apartak» AJ amalga oshiradi. Angren konidagi 
«Angren»
ko‘mir razrezi ko‘mir zahiralarini ochiq usulda qazib oladi, bundan 
tashqari
«Yerostigaz» OAJ tomonidan yer ostida gazlashtirish usuli bilan qo‘ng‘ir 
ko‘mirdan gaz ishlab chiqariladi. 
«O‘zbekko‘mir» AJ har yili 3 mln.tonnaga yaqin ko‘mir qazib chiqaradi. 
Ko‘mir yoqilg‘isining asosiy iste’molchisi elektr energetikasi sektori bo‘lib, uning 
ulushiga umumiy iste’mol qilinadigan ko‘mirning 85 foizi to‘g‘ri keladi. Sanoat, 
ijtimoy va kommunal soha korxonalari ham ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan talabni 
shakllantiradilar. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin