Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti


Sanoat korxonalarini turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix20.12.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#76738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Allazarova Zilola 181-OOT Kurs ishi

Sanoat korxonalarini turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin: 
• ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga 
miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi; 
• ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida 
ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ; 
• tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat 
yuritadi; 
• moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil 
bo‘g‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni 
bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida sanoat korxonalari faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 
• bozor va uning rivojlanish istiqbollarini kompleks ravishda o‘rganish 
yordamida, xaridorlarning mahsulot va xizmat turlariga mavjud va yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan talablarini aniqlash; 
• mahsulotning yangi modellari va namunalarini yaratish bo‘yicha ilmiytadqiqot 
faoliyatini tashkil qilish; 
• xaridorlar talablariga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish; 
• ishlab chiqarishni rejalashtirish, dasturlash, muvofiqlashtirish va 



moliyalashtirish; 
• mahsulotni taqsimlash va sotish tizimini tashkil qilish va uni 
mukammallashtirish; 
• korxonaning barcha faoliyatini, jumladan, ishlab chiqarish, sotish, reklama, 
texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolarni boshqarish. 
Zamonaviy korxonalarning faoliyati quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilishi 
zarur: 
II. 
• korxona egasining daromad olishi; 
• iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan ta’minlash; 
• xodimlarni ish haqi bilan ta’minlash; 
• korxonaga yaqin joylarda yashovchi aholi uchun ish joylari yaratish; 
• atrof-muhitni muhofaza qilish; 
• korxona faoliyatida to‘xtab qolishga yo‘l qo‘ymaslik; 
• ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarini 
mukammallashtirish; 
• ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tejamkorlikka rioya qilish. 



Xo‘jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish 
korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi: 
• ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash; 
• mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish; 
• sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish; 
• ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash; 
• xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish
• soliqlarni to‘lash, budjetga to‘lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal va 
to‘lovlarni amalga oshirish ; 
• amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan 
qonunqoidalarga rioya qilish. 



Sanoat ishlab chiqarishining tarixiy rivojlanishi va uning asosiy yakunlari
to‘g‘risida so‘z yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, hozirgi O‘zbekiston 
hududida
«Uy sanoati»ning rivoji bundan 12-15 ming yil muqaddam — mezolit 
davrida
boshlangan. Bu davrda juda oddiy mehnat qurollari va buyumlari 
tayyorlangan.
Yangi tosh asri (neolit, miloddan avvalgi 5-ming yillikning boshi) 
davrida
kemachilik, to‘qimachilik vujudga kelgan. Neolit davrining oxirida 
metalldan qurol
yasash boshlangan. 
Arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha, milloddan avvalgi 3 ming 
yillikning oxiridayoq hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan aholi misdan qurol 
yasashni bilgan.
Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o‘rtalari, V asr) davrida mehnat
qurollarini yasash jarayonining taraqqiy etishi, metalga ishlov berishning
takomillashuvi hunarmandchilikning yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq
kuchayishiga olib keldi.
Feodalizm tuzumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) 
Farg‘ona bilan So‘xda oltin, mis, temir, Ilokda qo‘rg‘oshin, kumush, oltin, 
Shahrisabzda toshtuz qazib chiqarilgan.
IX asrda Samarqand sifatli qog‘ozi va 
lampa shishasi bilan mashhur bo‘lgan, Shosh viloyati ko‘pchilik mahsulotlari bilan 
dong taratgan. O‘sha davrda O‘rta Osiyodan Sharqiy Yevropa, Xitoy va boshqa 
yurtlarga Buyuk Ipak yo‘li orqali charm, mato, ipak, jun, kiyim-kechak 
chiqarilgan.
X-XIII asrlarda yuz bergan feodal tarqoqlik, qabila va elatlar o‘rtasidagi
nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o‘zgarshlar ro‘y
bermagan.
XIV asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo‘lga 
kiritib,
 markazlashgan davlatga asos soldi va natijada davlatning iqtisodiy va 
ijtimoiy ravnaqiga katta yo‘l ochib berdi. XV asrning oxiriga kelib 
Movaraunnahrda yuzaga kelgan
ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining 
iqtisodiy negiziga putur yetadi va
rivojlanish to‘xtab qoldi. 


10 
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklarining vujudga kelishi
iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog‘och va metall 
o‘ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy 
bezash
rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududida taraqqiyot 
tezlashib
sanoat, ayniqsa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi. 
XX asr boshlarida ko‘plab paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari qurilib ishga 
tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostansiyalar qurila boshlandi. Birinchi bo‘lib
Toshkent yaqinida qurilgan Bo‘zsuv gidroelektrostansiyasi 1926 yil 1 mayda ishga 
tushirildi.
Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiklik 
elektrostansiyalari qurilishi boshlandi. Bunday elektrostansiyalar soni 1930 yilda 
ga yetdi. O‘sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari 
qurishga imkoniyat yaratdi.
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500 dan ortiq sanoat korxonalari, jumladan,
«Tashselmash», Toshkent to‘qimachilik kombinati, Chirchiq elektrokimyo 
kombinati, Kattaqo‘rg‘on yog‘ zavodi, Bekobod va Quvasoy sement korxonalari 
qurildi. Neft va rangli nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati 
mahsulotlarini
tayyorlash rivoj topdi. 
Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash
dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi,
respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida respublika korxonalari tomonidan 228,9
trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli
davriga nisbatan o'sish sur'ati 114,4 % ni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmi o’sishining asosiy omili bo’lib, ishlab
chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida ishlab chiqarish hajmining 13,2 % ga,
tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashning – 25,4 % ga, elektr, gaz, bug' bilan 


11 
ta'minlash
va havoni konditsiyalashning 4,1 % ga va suv bilan ta'minlash, 
kanalizatsiya tizimi,
chiqindilarni utilizatsiya qilishning – 22,6 % ga o’sishi 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin