II BOB. “ Devonu lug’atit - turk ” asarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish 2.1.Mahmud Qashg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asarida tarbiyaga oid fikrlar “Devoni lug‘otit turk” asari keng qamrovli, mavzu jihatdan g‘oyat keng
bo‘lib, o‘z ichiga turli mavzularni qamrab oladi.
Jumladan, tabiat tasviri “Devoni lug‘otit turk” asaridagi yetakchi mavzular
sirasiga kiradi. Shoir so‘zlar lug‘atlarini keltirar ekan, ularga misol tariqasida
she’rlar, maqollar ham keltiradi. Ana shu she’rlarda tabiat tasviri, yil fasllar
almashinuviga bag‘ishlangan ko‘pgina she’rlarni uchratishimiz mumkin.
Masalan,quyida tabiat tasviriga bag‘ishlangan ayrim baytlardan namunalar
keltiramiz:
Turlug chechak yarildi, Barchin yazim kerildi, Uchmaq yeri ko’ruldi, Tumlug’ yana kelgusuz. Ma’nosi, bahorni ta’riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi
(sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko’rildi. Sovuq hech qaytib
kelmas darajada havo isidi.
Yuqoridagi baytda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tasvirlangan bo‘lib,
bahorda atrof-muhit xuddi jannat yeri kabi go‘zal bo‘lib ketishi, turli chechaklar
ochilib, atrofga yanada oro berishi tasvirlangan.
Yigitlarig ishlatu, Yag’ach yamish irg’tu, Qulan keyik avlatu, Bazram qilib avnalim. Ma’nosi: O’yin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt
mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir
necha kun bayram qilib yayraylik.
20
Bu baytda shoir, o‘yin-kulgi va tabiat ne’matlaridan zavq olib, yayrab
yashash kerakligini tasvirlashga harakat qilgan.
Jaratti jashil jash, Savurdi o’rung qash,