8
Malika (shoh) xotinga mendan maqtov, qasida (qo‘shiq) etkazgin,
xodimingiz yangi xizmat bilan yo‘llanadi, deb ayt.
3
Mazkur to‘rtlik, garchi shaklan xalq og‘zaki ijodiga xos to‘rtlikni
gavdalantirsa ham, aniq obraz (Turkon malika) mavjudligi, didaktik mazmun
ifodalangani bilan individual she’riyatga mansub deb qaralsa maqsadga muvofiq
bo‘ladi va V.V.Bartoldning qarashlari o‘rinli aytilgan bo‘ladi.
Ayni paytda «Devonu lug‘atit-turk»da shakl jihatidangina emas, balki
mazmun tomondan «Qutadg‘u bilig»ga monand didaktik xarakterdagi parchalar
ham borki, barqaror adabiy muhit, ma’lum izga tushgan ijtimoiy hayotning aks
sadosini ko‘rishimiz mumkin.
«Devonu lug‘atit-turk»dagi she’riy parchalar yuzasidan yevropalik olimlar
olib bildirgan mulohazalar anchayin diqqatga sazovor. Asardagi to‘rtliklar turkiy
she’riyatning qadimgi namunalaridir degan K.Brokkelmanning fikrlari P.Peloning
qarashlarini shubha ostiga qo‘ydi. P.Pelo moniylik she’rlari yuzasidan olib borgan
tadqiqotlarida, qadimgi turkiy she’riyat qofiyali emas, balki alliteratsiyali she’r
bo‘lgan degan xulosaga kelgan edi. Alliteratsiya, uningcha, misralar boshida keladi
va she’rni bir tizimga soladi. Pelo «Devonu lug‘atit-turk»dagi to‘rtliklarning
qofiyalanishini fors she’riyati ta’siri deb qaraydi.
4
«Qutadg‘u bilig»ning she’r
tuzilishiga fors she’riyatidagi qofiya o‘z izini qoldirgan va bu haqda etarli fikrlar
aytilgan. Moniylik oqimidagi she’rlarga e’tibor berilsa, haqiqatan, alliteratsiyaning
misralar boshida qo‘llanganini kuzatish mumkin. Masalan, «Tong tangrisi» nomli
madhiya alliteratsiya izchil qo‘llangan she’rning yaqqol namunasidir. SHe’rni
to‘liq keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: