OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANGʻICH TA’LIM YOʻNALISHI 203-guruh talabasi Djumaboyeva Gulining “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan KURS ISHI
Mavzu: O‘qish kitobi darsligida keltirilgan maishiy ertaklarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash.
Topshirdi: Djumaboyeva Guli
Qabul qildi: __________________
Toshkent – 2023 Mundarija Kirish………………………………………………………………………………3 I BOB Ertaklarning ahamiyati.…..…………………………………...………….5 1.1 Bolalar hayotida ertaklarning roli …………………….......................................5
1.2 Xalq ta’limi vositalari sifatida ertaklarning xususiyatlari.....…...……….........14
II BOB Ertak o‘tish uslubiyati………………………………………………….20 2.1 O‘qish darslarida ertak o‘tish uslubiyati ……………………….………….....20
2.2 Topishmoq va tez aytishlarni o‘rganish metodlari…………………...………25
Xulosa…………………………………………………………………………….34 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Dunyo shiddat bilan o‘zgarib , barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga , axloqiy tarbiya , yoshlarning bilim olish , kamolga yetishga intilishga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.
Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli , sabr – qanoatli bo‘lishiga undaydi. O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson , uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir.
Bu, avvalambor , ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish , mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish , barkamol shaxsni tarbiyalsh bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997- yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’lim – tarbiya tizimi yaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yoshlar haqida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga davlat siyosatining eng asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelinmoqda . Chunki yoshlar - bizning kelajagimiz. Bu sohadagi davlat siyosatini yanada chuqurlashtirish uchun yaqinda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Bularning barchasi bugungi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Maktab o‘quvchini o‘qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o‘qiy oladigan , uni tushunadigan , ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan , gazeta va jurnallarni ham mustaqil o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi . Shu jihatdan sinfdan tashqari o‘qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi , ko‘p narsani bilishga havasini orttiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga , badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida , ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. O‘zbek xalqining boy madaniy me’rosi bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi namunalari kichik maktab yoshidagi kitobxonlar uchun ulkan ma’naviy-ma’rifiy manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega . Mana shu asarlar yordamida o‘quvchilarda tarbiyaviy jihatlarni takomillashtirib borish zarur.