Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlar Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yinlardan foydalanamiz. «Chalkashtirish» o‘yini sonlarning natural qatorining tartibiga amal qilishga, to‘g‘ri sanash mashqlari, kuzatuvchanlik, xotira, diqqatni rivojlantirishga imkon beradi. O‘yinda doskaga tartib bilan qo‘yilgan 1 dan 15 gacha bo‘lgan raqamlardan foydalaniladi. Bolalar ko‘zlarini berkitadilar, tarbiyachi raqamlardan bittasini olib qo‘yadi. Bolalar ko‘zlarini ochib, qaysi raqam olib qo‘yilganini aytishlari kerak. Bolalar o‘yin qoidasini o‘zlashtirib olganlaridan keyin trabiyachi bitta raqamni olib, qolgan raqamlarni surib qo‘yishi, sanash tartibiga rioya qilmay, raqamlarning o‘rnini almashtirib qo‘yishi, o‘yin boshida bo‘lmagan raqamlarni qo‘yib qo‘yishi mumkin. Sonlar qatorini o‘zgartirmasdan qordan ldirish ham mumkin, lekin bunda bolalardan «nima chalkashtirilgani» so‘raladi. Bolalar bu gal hamma sonlar tartib bilan turganligini aytishlari kerak. O‘yin tezlik tempida o‘tadi va bolalarning unda eng ko‘p qatnashishiga imkon berish uchun shuncha marta qaytariladi. O‘yin davomida bolalarning 15 gacha to‘g‘ri sanash malakalari mustahkamlanadi. Oldingi mashg‘ulotimizda yasagan soatlarimiz yordamida «Men soat necha bo‘lganini bilaman» o‘yinini o‘ynaymiz. Men sizlarga topshiriq beraman, «soat 2 bo‘ldi» desam, sizlar soat ko‘rsatkichlarini 2 ga to‘g‘rilab qo`yasizlar. Bunda kalta ko‘rsatkich 2 ni, uzun ko‘rsatkich 12 ni ko‘rsatib turishi kerak. O‘yin shu tarzda davom etadi, tarbiyachi necha bo‘lganini aytadi, bolalar soat ko‘rsatkichlarini to‘g‘rilaydilar. Qochib ketgan sonlar» o‘yini. O‘yinning mazmuni: Tarbiyachi doskaga katagida tushirib qoldirilgan sonlarni qo‘yish uchun tayyor jadvallarni navbat bilan qo‘yadi. Jadvallarda sonlar 1 dan 20 gacha bo‘ladi. 63 Bolalar sanoq tartibiga muvofiq kerakli sonni qo‘yishi kerak. Tarbiyachi: Bolajonlar, bu erda har bir son o‘zining uychasida yashaydi. E`tibor bergan bo‘lsangiz ba’zi bir uychalar bo‘sh. Ulardagi sonlar qochib ketgan. Bular qaysi sonlar? O‘ylab ko‘ring va qochib ketgan sonlarni o‘z uylariga qaytaring. Bolalar sonlarni topib to‘g‘ri tartibda qo‘yib chiqadilar. Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yin. 1.“Teskari sanoq” Bolalar doira bo‘lib turadilar. Ular navbatma-navbat sonlarni teskari aytishlari kerak. Birinchi o‘yinchi, masalan, 5 raqamini aytganda, ikkinchi 4, uchinchi 3 va boshqa bolalar shu tariqa davom etadi. Bu o‘yinda barcha bolalar ishtirok etadilar. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida oddiy yo‘l bilan 5 dan 1 gacha sanashni o‘rganib oladilar. 2.“Keyingi sonni top” Borishi: Bolalar doira bo‘lib turadi tarbiyachi bir deb koptokni bir bolaga otadi. Bola esa koptokni ilib oladi, “ikki”, deb keyingi bolaga otadi. O‘yin shu tarzda 6 sonigacha davom etadi. Bolalar bu o‘yin orqali 6 sonning ketma-ketligini bilib, bu boradagi bilimlarini mustahkamlaydi.