Urganch Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti 202-guruh talabasi



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə1/6
tarix12.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#154849
  1   2   3   4   5   6
AHOLI MIGRATSIYASI

Urganch Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti

202-guruh talabasi

Ollaberganov Ollaberganning

O’zbekiston Geografiya fanidan tayyorlagan Taqdimot ishi

Mavzu:O’zbekistonda aholi migratsiyasi

Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

  • 1) tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini o’zgartirishi bilan
  • bog’liq migratsiya;
  • 2) tebranuvchi migratsiya - ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga
  • muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog’liq migratsiya;
  • 3) mavsumiy migratsiya - mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya;
  • 4) tasodifiy migratsiya - ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga
  • borib kelishi bilan bog’liq migratsiya.

MIGRATSIYA TURLARI

  • Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil o`zgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida ma’lum muddatga ishga, o`qishga va b. sabablar bilan mamlakatdagi bir ma’muriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari — qishloq xo`jalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va b. sabablarga ko`ra ko`chish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, o`qishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari bo`ladi. Ma’lum vaqt davomida hududga ko`chib kelgan va ko`chib ketgan kishilar soni o`rtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Ba’zan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni o`zgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.
  • Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to`xtovsiz o`sib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan ma’lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan to`la qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab bo`ladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin