Oʻzbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50–60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shoʻrolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy koʻchirib keltirish hisobiga boʻldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, koʻpchiligi Respublika tashqarisidan yoʻllanma bilan kelgan kishilar boʻldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oʻz yurtlaridan qochoq boʻlganlar va badargʻa qilinganlar ham Oʻzbekistonda qoʻnim topdilar.

Prezident qarori: O‘zbekistonda 2021 yildan yangicha mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinadi

2021 yildan boshlab O‘zbekistonda tashkillashtirilgan holda xorijga ketishdan oldin fuqarolar majburiy tartibda kasb-hunar va tillarga o‘qitilishi joriy etiladi. Qonuniy mehnat migratsiyasi tashkil etilishi uchun xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda maxsus markazlar ochiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda.