Urganch Davlat Universiteti Tabiiy va qishloq xo`jaligi fanlari fakulteti Biologiya yo`nalishi 224- guruhi talabalari bilan o’tkazilgan “Eng kitobxon talaba” mavzusidagi tanlov Bayonnomasi
Urganch Davlat Universiteti Tabiiy va qishloq xo`jaligi fanlari fakulteti Biologiya yo`nalishi 224- guruhi talabalari bilan o’tkazilgan “Eng kitobxon talaba” mavzusidagi tanlov Bayonnomasi. 14.10.2023 yil Urganch shahri
Qatnashdilar: UrDU ARM i 1-toifali bibliograf kutubxonachisi G.Kamolova, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti tyutori F.Allaberganova hamda biologiya yo‘nalishi 224-guruh talabalari
Kun tartibi: 1.Akademik guruhda ta’lim olayotgan faol talabalar ishtirokida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Eng kitobxon talaba” mavzusida talabalar o‘rtasida tanlov o‘tkazish.
2.Har-xil masalalar.
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti fanlari fakulteti tyutori F.Allaberganova so‘zga chiqib UrDU ARM i 1-toifali bibliograf kutubxonachisi G.Kamolova bilan talabalarni tanishtirdi va so‘z navbati berildi. Kun tartibi mavzusi doirasida yoshlarga tegishli tavsiya va ma’lumotlar berildi.
Ma'lumki O"zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019- yil 19- mart kuni yoshlarga e'tiborni kuchaytirish ularni madaniyat,san'at, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish,ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 5 ta tashabbusning to'rtinchi tashabbusi: yoshlarni ma'naviyatini yuksaltirish ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirgan. Shu bois 22.02.2022 yil Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Allaberganova Farogat akademik guruhi bilan "Eng kitobxon talaba " mavzusida tadbir o’tkazdi. Tadbirda 224-akademik guruhlari talabalar qatnashdilar. Talabalardan Shuhratova Oymonjon, Abdusharipova Gulimarjon, Jumaboyeva Nodiralar o'zlari o'qigan asarlarl haqida gapirdilar va bahs munozaralar qildilar. Shu orqali talabalar tengdoshlari orasida vaqtni mazmunli o’tkazish va yoshlar odat hamda illatlardan tengdoshlarini ogoh qilishga harakat qilishdi.
Xususan 224-biologiya guruhi talabasi Jumaboyeva Nodira yaqinda o’zi o’qib tugatgan O’.Hoshimovning “Nur borkiy, soya bor” romani haqidagi o’z ta’surotlarini tengdoshlari bilan o’rtoqlashdi va tengqurlari orasida kitobxonlikni targ’ib qildi.
Tadbir davomida UrDU ARM i ga borib 1 toifali bibliograf G.Kamolova ishtirokida suhbat uyushtirdilar va badiiy asarlar qo'llanmalaridan foydalandilar. G.Kamolova talabalarni ilm-fan va badiiy adabiyotga qiziqishini yuqori baholab talabalarga nisbatan o’zining ijobiy fikrlarini bildirdi.
Qaror qiladi: Bildirilgan fikr-mulohazalar e’tiborga olinib, Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 224-guruh talabalari ishtirokida “Eng kitobxon talaba” mavzusida o’tkazilgan tanlov ruhida tashkil qilingan tadbir ijobiy baholanib, talab doirasida deb topilsin.
Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti tyutori: F.Allaberganova Guruh kotibi: O.Shuhratova