Axborot ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy taraqqiyotning muhim omilidir. Uning jamiyat hayotidagi ahamiyati kundan–kunga ortib, ma’lumotlar bilan ishlash usullari o‘zgarishi va yangi axborot texnologiyalarni qo‘llash sohalarining kengayishi kuzatilmoqda. Axborot hajmining borgan sari ko‘payishi XX asrning ikkinchi yarmidan yaqqol namoyon bo‘la bordi. O‘tgan asrning 70 yillarida axborot hajmi har 5-7 yilda ikki barobarga ortgan bo‘lsa, 80-yillarda bunday o‘sish har 20 oyda, 90-yillarda esa har yili kuzatilgan1 . Axborot hajmining bu qadar ortib ketishi insonning axborotni butunligicha qabul qilish imkonini cheklab qo‘yayotganini ta’kidlash lozim.

XXI asr axborotning nazariy va amaliy ijodi eng choʻqqisiga yetgan asr. Shuning uchun ham bugungi kunda XXI asrni axborot asri deb taʼkidlashmoqda. Jahon tajribasidan maʼlumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi jamiyat va davlatning hamma jabhalarini, jumladan, odamlarning dunyoqarashini va ularning mehnat, ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etishi shartlarini oʻzgartirib, jamiyat rivojlanishini tezlashtiradi. Har xil axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan sistemalar va maʼlumotlar bazasi davlat strukturalarini, iqtisodiyotni va mamlakat mudofaasini boshqarishning ajralmas qismi boʻlib qoladi. Bugungi kunda yanada rivojlanib, o’zining yangi yo’nalishlariga ega bo’lib borayotgan internet jurnalistikasi keng qamrovliligi va auditoriyasining chegara bilmasligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy OAV turi hisoblangan internet jurnalistikasi OAV taraqqiyoti, uning vazifalarining kengayishi, ishlab chiqarish va texnika sohasidagi keskin o‛zgarishlar, jurnalistika va jamiyat o‛rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi jurnalistlar oldiga yangi vazifalarni qo‛ymoqda.