XXI asr axborotning nazariy va amaliy ijodi eng choʻqqisiga yetgan asr. Shuning uchun ham bugungi kunda XXI asrni axborot asri deb taʼkidlashmoqda. Jahon tajribasidan maʼlumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi jamiyat va davlatning hamma jabhalarini, jumladan, odamlarning dunyoqarashini va ularning mehnat, ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etishi shartlarini oʻzgartirib, jamiyat rivojlanishini tezlashtiradi. Har xil axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan sistemalar va maʼlumotlar bazasi davlat strukturalarini, iqtisodiyotni va mamlakat mudofaasini boshqarishning ajralmas qismi boʻlib qoladi. Bugungi kunda yanada rivojlanib, o’zining yangi yo’nalishlariga ega bo’lib borayotgan internet jurnalistikasi keng qamrovliligi va auditoriyasining chegara bilmasligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy OAV turi hisoblangan internet jurnalistikasi OAV taraqqiyoti, uning vazifalarining kengayishi, ishlab chiqarish va texnika sohasidagi keskin o‛zgarishlar, jurnalistika va jamiyat o‛rtasidagi munosabatlarning murakkablashuvi jurnalistlar oldiga yangi vazifalarni qo‛ymoqda.
Axborot bu - insonni, uning harakatlarini, jamoat tashkilotlari faoliyatini, davlat hokimiyati organlarini, texnik tizimlarni boshqarish vositasidir. Axborot muloqoti shaxsni tarbiyalash, ta’lim berish va shakllantirishning asosini hosil qiladi. Axborot insonga ijtimoiy va texnik me’yorlarning mazmunini yetkazish, uni ushbu me’yorlarga amal qilmaslikning bo‘lg‘usi salbiy oqibatlari haqida ogohlantirishning yagona vositasi hisoblanadi. jahonda sodir bo‘layotgan dolzarb mavzular, hodisalar, voqealarni eng birinchi OAV orqali kuzatamiz. Bu borada auditoriyaga tezkorlik, xolislik, aniqlik kabi tamoyillar birlamchi ahamiyatga ega. Hozirgi kunda axborot olish va axborot tarqatish maydoni sifatida internetning hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Global tarmoq, globallashuv axborot va ommaviy axborot vositalari tushunchasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi