Urganch Davlat Universiteti Tarix Fakulteti Tarix yo‘nalishi talabasi Jamolov Mexriddinning “temur tuzuklari” mavzusida mustaqil ishi



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə1/3
tarix17.04.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#99283
  1   2   3
Jamolov Mexriddin ozb tarix

Urganch Davlat Universiteti Tarix Fakulteti Tarix yo‘nalishi talabasi Jamolov Mexriddinning “temur tuzuklari” mavzusida mustaqil ishi


Amir Temur va uning davri xususida zamondoshlari GMyosiddin
Alining «Ro'znomayi g‘azovoti Hinduston», Nizomiddin Shomiyning
«Zafamoma», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Ibn Arab-
shohning «Temur tarixi», Rui Gonsales de Klavixoning «Samarqand-
ga - Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi» va boshqalarning qim-
matli asarlari mavjuddir. Lekin buyuk jahongir hayoti va faoliyatiga
bag'ishlangan asarlar ichida, shubhasiz, «Temur tuzuklari» alohida aha-
miyat kasb etadi.
«Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Te-
murning aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Tern urn mg boshidan ke-
chirganlari») nomlari bilan atalmish ushbu asar qimmatli tarixiy manba
bo‘lib, u jahondagi mashhur kutubxonalardan joy olgan. «Temur tuzuk-
lari» ikki qismdan iborat tarixiy va huquqiy asar bo‘lib, unda Sohibqi-
ronning davlat tuzilishi va mamlakatni boshqarish xususidagi nuqtayi
nazari bay on etiladi.
A sarA m ir Temur tomonidan yozdirilgan bo'lib, avval eski o'zbek
(chig‘atoy yoki turkiy) tilida bayon etilgan. Bir qator sharqshunosiar -
Ch.Ryyu, G.Ete, Ch.A. Stori, N .D .Mikluxo-Maklay va boshqalaming
fikricha, uning bir qo'lyozma nusxasi Yaman hokimi Ja’far poshsho-
ning kutubxonasida saqlangan. «Tuzukot»ni ilk bora fors tiliga tarjima
qilgan M irAbu Tolib al-Husayniy at-Turbatiyning yozishiga qaraganda,
u o'z haj safarida mazkur asanii uchratganligini va uni tarjima qilgan-
ligini ta’kidlaydi, U Arabistondan kelgach, asarni forscha tarjimasini
boburiy podshoh Shoh Jahonga (1628-1657) taqdim etadi.
Shoh Jahon tarixni yaxshi bilgan ilmli shaxs bo‘Iganligi uchun avvalo asarni o‘zi
ko'rib chiqib, unda ba’zi noaniqliklar va g ‘alizliklarni topadi. Podshoh
undagi noaniqlikiami tuzatish va tahrir etishni Dakan viloyati qozika-
loni, iste’dodli adib MuhammadAfzaI Buxoriyga (vafoti 1651/ 1652-y.)
topshiradi. Bu xususda hindistonlik tarixchi Abdulhamid Lohuriy
(1654-y. vafoti) o‘zining «Podshonoma» asarida ham qayd etib o'tgan.
Mazkur asar XVlii asr, ya’ni inglizlar Hindistonni egallay boshia-
ganlaridan keyin mashhur bo‘lib ketadi. Xususan, asar 1783-yili Bu-
yuk Britaniyada ingliz tilida nashr etiladi. Kitob unga bo'lgan qiziqish
natijasida 1785-yili Kalkuttada yana bir karra dunyo yuzini ko'rdi.
1787-yili esa, asar Parijda fransuz tilida chop etildi. Asar Ch. Styuart
tomonidan 1830-yili qaytadan ingliz tilida noaniqliklar bartaraf qiiingan
holda yana nashr qilindi. «Temur tuzuklari» 1855-yili Dehlida, 1908-
yili Bombeyda urdu tiliga o'girilgan holda chop qilindi. Shuningdek,
1890-yiIi Bombeyda fors tilida kitob holida nashr etilgan. 1868, 1963,
1992-yillarda bir necha bor Tehronda fors tilida, 1991-yili Boku va Al-
matida ozarbayjon va qozoq tillarida ham taijima kitoblari nashr qilindi.
«Temur tuzuklari» o ‘zbek tiliga ma’lum darajada 1835-1836-уП1аг-
da Qo'qon qozisi Nabijon Xotifiy, so‘ngra 1857-yilda Xivada Muham-
mad Yusuf ar-Rofiy (Rojiy)Iar tomonidan tarjima qiiingan. O'zbek tili-
ga yana bir tarjimasi Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857—1858-yilla-
ri Xivada amalga oshirilgan. Asarni Mir Abu Tolib FIusayniy al-Ariziy
at-Turbatiy matniga muvofiq o ‘zbekcha tarjimasi mashhur arbob va
adib Alixon to‘ra Sog‘uniy tomonidan Toshkentda 1967-yili amalga os-
hirilgan. Bu tarjima mustabid davr mafkurasi tazyiqiga uchrab, nashr
etilishi yarim yoMda qolib ketadi. Nihoyat, 1890-yili Bombayda chop
etilgan forscha matndan o‘zbek tiliga yana bir tarjima (Sog4uniy tarji-
masini hisobga olgan holda) amalga oshirildi. Uni o'zbek sharqshuno-
si Habibullb Karomatov amalga oshirib, u 1989-yili «Sharq yulduzi»
  • jumalining 8-sonida chop qilind.

manbalari va muarrixlari buni o‘z asarlarida ta'kidlashadi.
Kitob holida avval 1991-yili dunyo
yuzini ko'rdi. «Tuzukot» 1891, 1894-yillari N.P.Ostroumov tarjimasi
ostida Toshkentda rus tilida chop qiiingan. 1934-yili Moskvada rus olimi
V.A. Panov tomonidan kitobning yangi tarjimasi nashr qilindi. 1968-yil-
da undan faksimil nashri tayyorlanib, unga akademik I. Mo'minovning
qisqacha kirish so‘zi ilova qilindi. AvvaI boshida asar Amir lemur
tomonidan yozdirilgani xususida qayd qiiingan edi. Ko'pgina sharq
Masalan,
Shamsiddin Somiyning qomusida shunday deyiladi: «Amir femur «Tu-zukot» deb yuritiladigan qonunlar majmuasini yozdi. Unda o ‘zining
hayot yoMini bayon qildi». Sharafiddin Ali Yazdiy esa(vafoti 1454-y.)
e’tiborga loyiq yana bir ma’lumotni keltirgan: «On hazrat o ‘zining ha-
yoti va turmushi tarziga doir asosiy voqealarni o‘z ichiga olgan turkiy
va forsiyda alohida bir manzuma tuzdilar». Nizomiddin Shomiy ham
o‘zining «Zafamoma» asarida shuni ta’kidlashadi. Shuningdek, taniqli
sharqshunos M. Sharmua (1793-1869) va rus harbiy tarixchisi M d.Iva-
nin (1801-1874) «Tuzukot»ning haqiqiy muailifi Amir Temur bolgani
haqida fikr bildirishadi. Amir Temurning 660-yillik tavalludi tantanalari
arafasida 1996-yil «Tuzukot» o ‘zbek, ingliz, fransuz, 1999-yili rus til-
larida chop etildi. Shundan so'ng kitob yana bir necha marotaba nashr
etildi.
«Temur tuzuklari» 2011-yili o'zbek tilida 0 ‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I. Karimovning «Milliy davlatchi Iigimiz tarixining
mumtoz namunasi» deb nom langan so‘zboslii bilan yuqori sifatda qay-
ta nashrdan chiqarildi. Mamlakat rahbari «Temur tuzukiari» asarining
ahamiyatiga to‘xtalib, quyidagi haqli e'tirofni bayon etgan edi: «Amir
Temurdek buyuk va betakror siymoni har tomonlama tushunish, u bar-
po etgan qudratli saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-
mafkuraviy asoslarini, Sohibqironning davlat boshqamvi borasidagi
ulkan salohiyati, mahorati, bilim va tajribalarini o‘rganishda, umuman
aytganda, hayot sirlarini anglab yetishda «Temur tuzuklari» bebaho
qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi».
«Temur tuzuklari» - hukm dor laming turmush tarzi va axloq-odob
normalarini belgilovchi risola bo'lib ham hisoblanadi. 0 ‘z vaqtida
ko‘pgina hukmdorlar, xususan, Hindistonda boburiy podshoh Shoh
Jahon (1628-1657), Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1821-1842),
Buxoro amiri Abdulahadxon (1885-1910) va boshqalar «Tuzukot»dan
maxsus parchalar ko‘chirtirib, ulardan bevosita o‘z faoliyatlarida foy-
dalanishgan.
«Tuzukot» ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda jahon tari-
xida o‘chmas iz qoldirgan mashhur davlat arbobi va sarkarda Sohib-
qiron Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 y.
18-fevral) kechgan hayoti va ijtjrnoiy-siyosiy faoliyati, uning Mova-
36
rounnahrda markaziy hokimiyatni qo‘lga kiritish, tarqoqlikka barham
berish va markazlashgan davlat tuzish, qotshni yurt va mamlakatlami,
masalan, Eron va Xurosonni o ‘z tasamifiga kiritish, Oltin 0 ‘rda xoni
To‘xtamishxon (1376-1395), turk sultoni Boyazid Yildirimga (1389-
1402) qarshi va nihoyat, buyuk jahongiming Ozarbayjon, Gurjiston va
Hindistonga qiigan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin