Urganch Davlat universiteti tayanch doktoranti Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘lining “Mintaqada kichik biznеsni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)” mavzusidagi 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot ixtisosligi boʻyicha iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Jahonda kichik biznesni rivojlantirish kambag‘allikni qisqartirishda juda zarur hisoblanib, aholi bandligini ta’minlash, turmush faravonligi va daromad darajasini oshirishda juda muhimligiga e’tibor qaratilmoqda. Jаhоn bаnkining mа'lumоtlаrigа kо’rа, «dunyо miqyоsidа kambag‘allikni qisqаrtirish bо’yichа mа’lum bir о’sishlаrgа еrishilgаnigа qаrаmаy, mutloq kambag‘allikdа yаshоvchi insоnlаrning umumiy sоni yuqоriligichа qоlmоqdа. 2.15 АQSh dоllаr yоki undаn kаm dаrоmаdgа еgа bо’lgаn aholi qаtlаmi kаmbаg‘аl sifаtidа tаsniflаnаnishini xisоbgа оlsаk, hоzirgi kundа dunyо bо’yichа kаmbаg‘аllikdа yаshоvchi aholining umumiy sоni 700 milliоnni tаshkil еtаdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida “…Xalqimizning turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat tufayli mamlakatimizda 2017-yildan buyon kambag‘allik ikki barobarga kamaydi. Biz 2030-yilgacha uni 7 foizga tushirishni reja qilganmiz. Aholini ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash ko‘lamini bir necha bor oshirishni belgilaganmiz.” deb ta’kidladilar. Binobarin, “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorda belgilangan ijtimoiy himoya tizimining inklyuzivligini oshirish, kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish hamda aholi ehtiyojmand qatlamining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan vazifalarini belgilanganligi mazkur tadqiqotning dolzarb masalaga qaratilganligidan dalolat beradi.
Shu jihatdan olganda Urganch Davlat universiteti tayanch doktarant Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘li tomonidan tayyorlangan 08.00.12-“Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi boʻyicha “Mintaqada kichik biznеsni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi bugungi kundagi muhim va yechimini zudlik bilan kutayotgan muammolarning hal etilishi bilan chambarchas bogʻliqki, bu dissertatsiya mavzusining naqadar dolzarbligining asosidir.
Mazkur dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa qismi, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Ishning dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, ob’ekti hamda predmeti shakllantirilgan, mavzuning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilishning sinovdan o‘tganligi hamda nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Mintaqada kambag‘allikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish nazariy va uslubiy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida iqtisodiyotda kambag‘allik tushunchasi, uni qisqartirish omillari va usullari, kambag‘allikni kichik biznesni rivojlantirish asosida qisqartirish dasturini baholash va rivojlangan mamlakatlarda kambag‘allikni qisqartirish tajribasi tahlil qilingan.
Shuningdek, bobda kambag‘allikni aniqlashning mashhur usullaridan biri Jeyms Foster, Joel Greer va Erik Torbek tomonidan taklif qilingan formulalar yordamida kambag‘allikni aniqlashning monetar va nomonetar jihatlarini o‘z ichiga oluvchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan.
Dissertatsiyaning “O‘zbеkiston Rеspublikasida kambag‘allik darajasi va uni bartaraf etish chora-tadbirlari” deb nomlangan ikkinchi bobida O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, hududlarda kambag‘allik darajasi va o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlanish holati va uning kambag‘allikni qisqartirishdagi imkoniyatlari tadqiq qilingan.
Dissertatsiyaning “Xorazm viloyatida kichik biznеsni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirishni ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan uchinchi bobida Xorazm viloyatining hududlarida kambag‘allik darajasini qisqartirish dasturini baholash, mintaqa hududlarida tadbirkorlik va uni rolini oshirish omillari, Xorazm viloyati hududlarida kichik biznesni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Shuningdek, Mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish tashkiliy-iqtisodiy modeli ishlab chiqilgan va atroflicha tahlil qilingan.
Dissertatsiyaning xulosa qismida tadqiqot natijalaridan kelib chiqadigan xulosalar, ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar keltirib oʻtilgan.
Dostları ilə paylaş: |