Urganch Davlat universiteti tayanch doktoranti Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘lining “Mintaqada kichik biznеsni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)” mavzusidagi


Tadqiqotda quyidagi vazifalar amalga oshirilgan



Yüklə 27,61 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü27,61 Kb.
#208391
1   2
Babajanov Javohir Taqriz A2-opponent

Tadqiqotda quyidagi vazifalar amalga oshirilgan:
kambag‘allikni kichik biznesni rivojlantirish asosida qisqartirishni hududlar kesimidagi konseptual yondashuvlarini asoslangan;
kambag‘allikni qisqartirishning kichik biznesni davlat, tarmoq, hududiy dasturlari asosida amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganilgan;
mintaqada ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, mahalliy tashabbuskorlikni yaxshilash asosida kambag‘allikni qisqartirish modellarini ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida kambag‘allikni qisqartirish omillarini tahlil qililgan;
Kichik biznes strategik zonalari, kovorking markazlari tashkil qilish asosida kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilgan;
O‘rta va uzoq muddatda Xorazm viloyatida kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqatirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy taviyalar ishlab chiqilgan;
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
Xorazm viloyatining shahar va tumanlarini rivojlantirish darajasidagi hududlararo tabaqalashuvi kesimida kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirilgan kichik biznesni ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan;
mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish maqsadida kichik biznes strategik zonalari, kavorking markazlari, monomarkazlarni tashkil qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish tashkiliy-iqtisodiy modeli ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyatida kambag‘allikni qisqartirish darajasini o‘rganish smart markazining elektron platformasini yaratish taklifi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ulardan mintaqada kichik biznеsni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish natijasida davlat, tarmoq va mahalliy rivojlanish dasturlari, strategiya va konsepsiyalarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari, hokimliklar, hududlardagi kichik korxonalari va tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, mintaqada kambag‘allikni qisqartirish maqsadli dasturlarini shakllantirish, oliy o‘quv yurtlari o‘quv jarayonida keng foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Dissertatsiyada mintaqada kambag‘allikni qisqartirish darajasini o‘rganish smart markazi (MKQDO‘SM) ning elektron platformasi ishlab chiqilganligini ilmiy va amaliy ahamiyati yuqoridir.
Yana bir jihatlaridan eʼlon qilingan ilmiy ishlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, maqola va tezislar tadqiqotchining uzoq yillar davomida ushbu mavzuda ish olib borayotganligini koʻrsatadi.
Ilmiy ishning yutuqlari bilan bir qatorda ayrim munozarali holatlar mavjud, ularga quyidagilar kiradi:
1. Dissertatsiya ishida mintaqada kichik biznesni rivojlantirish asosida kambag’allikni qisqartirish tashkiliy-iqtisodiy modeli ishlab chiqish uslubiyati taklif qilingan, shu bilan birgalikda dasturni takomillashtirishda indeks uslublaridan foydalanilsa ishning ilmiy ahamiyati yanada ortgan bo’lardi.
2. Mintaqada kambag‘allikni qisqartirish xususiyatlarini inobatga olgan holda uni barqaror rivojlanish strategiyasini shakllantirish bilan bogʻliqligi yoritilgan, lekin shu bilan birga qishloq xoʻjaligi tarmogʻini oʻrni dissertatsiya ishida kengroq aks ettirilsa tadqiqotning ilmiy ahamiyati ortgan boʻlar edi;
3.Dissertatsiyaning ayrim pargraflarida, misol uchun 2,2 va 2.3. paragriflarida keltirilgan jadvallar va statistik maʼlumotlar ketma ketligi, bir xil yillar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va rasmiylashtirishdagi boshqa texnik kamchiliklar inobatga olinsa dissertatsiya ishini mazmuni boyigan boʻlar edi;
4. dissertatsiya ishi ayrim tahliliy va grammatik hatoliklardan holi emas.
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar ishning ayni paytdagi qadr-qiymatini pasaytirmaydi. Ularni bartaraf etish dissertatsiyaning sifatini oshiradi, deb hisoblaymiz.
Muallif ilmiy ishda qoʻyilgan maqsadga erishgan va olingan natijalar ham ahamiyatli. Dissertatsiya avtoreferati mantiqan puxta va ravon tilda yozilgan. Tadqiqot natijalari boʻyicha muallif tomonidan koʻplab ilmiy maqolalar va tezislar chop etilgan.
Xulosa qilib taʼkidlash joizki, mazkur tadqiqot ishi bugungi kundagi dolzarb masalalarining ilmiy yechimini berganligi bilan ahamiyatlidir. Mazkur izlanish uning maqsadi va vazifalarida belgilab olingan ilmiy tadqiqotlar doirasida oʻz ilmiy poyonini topgan. Darhaqiqat, ishda mavzu doirasida amaldagi holat ilmiy tahlil qilingan, muammolar aniqlangan, muammolarning yechimlari va jarayonni yanada takomillashtirish boʻyicha ilmiy tavsiyalar shakllantirilgan.
Qayd etilganlardan kelib chiqib, Urganch Davlat universiteti tayanch doktoranti Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘li tomonidan tayyorlangan 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi boʻyicha “Mintaqada kichik biznеsni rivojlantirish asosida kambag‘allikni qisqartirish dasturlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan qoʻyilgan talablarga toʻla javob beradi va uning muallifi Babajanov Javohir Fayzulla o‘g‘li iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.
Rasmiy opponent
TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini
rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari”
ilmiy-tadqiqot markazi sektor mudiri, i.f.d, professor A.Qodirov
Yüklə 27,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin