2. Sinusoidal o’zgaruvchan EYuK ni hosil qilish
3. Sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarni xarakterlovchi parametrlar
4. Sinusoidal o’zgaruvchan funktsiyaning ta’sir etuvchi va o’rtacha qiymatlari
5. Sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarni aylanuvchan vektorlar yordamida
ifodalash
O’zgaruvchan tok turlari
Davriy o‘zgaruvchan toklar ichida eng keng tarqalgani sinusoidal toklardir. Sanoatda va turmushda foydalaniladigan o‘zgaruvchan tok sinusoidal qonun bo‘yicha o‘zgaradigan o‘zgaruvchan tokdir. Bu tokni yuqori kuchlanish bilan uzoq masofalarga uzatish hamda o‘zgaruvchan tokda ishlovchi mashina va apparatlar (tranformatorlar, asinxron va sinxron dvigatellar) ni ishga tushirishda ishlatish mumkin. Faqat sinusoidal tok yordamida butun chiziqli zanjir bo‘ylab, hamda uchastkalarda tok va kuchlanishlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘zgarishsiz saqlab qolish mumkin. Qo‘llaniladigan sinusoidal o‘zgaruvchi toklarning chastotalari juda keng diapazonli bo‘lib, gers ning bir bo‘lagidan milliard gers largacha bo‘lishi mumkin. Nisbatan past chastotali sinusoidal toklar sinxron generatorlar yordamida olinsa yuqori chastotali sinusoidal tok va EYUK lar elektron generatorlar yordamida hosil qilinadi. Sinusodal tok va kuchlanishlarni grafik ravishda, trigonometrik funksiya ko‘rinishida, dekart yoki kompleks tekislikdagi aylanuvchi vektorlar ko‘rinishida ifodalash mumkin. Sinusoidal tok analitik ko‘rinishda quyidagicha ifodalanishi mumkin:
. (4.1)
Grafik ifodasi 4.1-rasmda berilgan. Funksiyaning eng katta qiymati amplituda Im deyiladi, T – davr to‘liq bir o‘zgarish uchun ketgan vaqt, chastota - 1 sekunddagi tebranishlar soni, chastotaning birligi sek-1 yoki Gs.
Burchak chastotasi , birligi rad/sek yoki sek-1.
Funksiyaning argumenti, ya’ni (t+) – faza deb ataladi. Faza t vaqtning o‘sha moment uchun tebranishning holatini belgilaydi. - boshlang‘ich faza. Grafikda boshlang‘ich faza burchagi ning qiymati sinusoidaning koordinata boshidagi holati bilan aniqlanadi. Sinusoidal o‘zgaruvchan funksiyaning nol qiymatlaridan musbat qiymatlariga o‘tish nuqtasi davrning boshlanish la’zasi hisoblanadi. Musbat boshlang‘ich faza koordinata boshidan chap tomonga, manfiysi o‘ng tomonga qo‘yiladi. 4.2-rasmda kuchlanish va tokning grafigi (vaqt diagrammasi) berilgan.
, (4.2)
. (4.3)
Bu sinusoidal kattaliklarning boshlang‘ich fazalari orasidagi burchak faza siljish burchagi deyiladi.
. (4.4)
=0 bo‘lganda tok va kuchlanish faza bo‘yicha bir xil, bo‘lganda kvadraturada - qarama–qarshi fazada bo‘ladi. Fazalar siljishi burchagidan foydalanib, (4.2) va (4.3) larni quyidagicha ifodalash mumkin:
, .
Bu munosabatlar shuni ko‘rsatadiki, sinusoidal tok, sinusoidal kuchlanishdan burchakka orqada qolar ekan.
Dostları ilə paylaş: |