Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»


Uch fazali zanjirlar haqida asosiy tushunchalar



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə47/63
tarix07.01.2024
ölçüsü1,06 Mb.
#208312
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla

1. Uch fazali zanjirlar haqida asosiy tushunchalar
EYUK lari bir xil chastotali va bir – biriga nisbatan faza bo‘yicha 1/3 davrga siljigan uchta elektr zanjirining to‘plami uch fazali sistema deyiladi.
Agar barcha uchta fazada ham EYUK bir xil amplitudaga ega bo‘lsa va faza bo‘yicha bir xil burchakka siljigan bo‘lsa, bunday tizim simmetrik tizim deyiladi. Uch fazali tizimning toklaridan biri oqib o‘tishi mumkin bo‘lgan uch fazali elektr zanjirining qismi faza deyiladi.
SHunday qilib, generatorning EYUK induksiyalanadigan chul-g‘ami va unga ulangan iste’molchi uch fazali zanjirning fazasi hisoblanadi.
O‘zgaruvchan tok M.O.Dolivo–Dobrovolskiy uch fazali tok tizimni ixtiro qilgandan keyin butun dunyoda keng ishlatiladigan bo‘ldi. CHunki elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish arzon va qulay, uch fazali qurilmalarning konstruksiyalari sodda va arzon, yulduz shaklida ulab hosil qilinadigan to‘rt simli tizim bo‘lganda ikkita ish kuchlanishi bo‘ladi.
Uch fazali zanjir uch qismdan tashkil topadi: uch fazali generator – unda mexanik energiya elektr energiyaga aylanib fazalarda uch fazali EYUK hosil bo‘ladi, uzatish liniyalar va iste’molchilar.
U

7.1 – расм. 7.2 – расм.
ch fazali generator sinxron mashina bo‘lib, turbogenerator yoki gidrogenerator bo‘lishi mumkin. Uch fazali generator modelining sxemasi 7.1-rasmda berilgan. Statorda uch qismdan iborat chul-g‘am joylashgan bo‘lib, ular fazalar deb ataladi.Ular o‘zaro shunday joylashganki, ularning magnit o‘qlari bir–biriga nisbatan 2
/3 (120 0) li burchak tashkil etadi. Rasmda shartli ravishda har faza bittadan cho‘lg‘am bilan ko‘rsatilgan. CHo‘lg‘amlarning boshlari A, V, S bilan, tugallanishlari esa X, Y, Z bilan belgilangan. Qo‘zg‘almas stator cho‘lg‘amlaridagi EYUK lar harakatdagi rotor tokining magnit maydoni ta’sirida vujudga keladi. Rasmda, rotor shartli ravishda N va S qutbga ega bo‘lgan doimiy magnit shaklida ifodalangan. Induksiyalangan EYUK bir xil chastotaga ega bo‘lgan sinusoida bo‘lib, bir – biridan faza bo‘yicha farqlanadi.
Sxemalarda manbaning cho‘lg‘amlari (yoki fazalari) 7.2-rasmda ko‘rsatilgandek ifodalanadi. EYUK ning shartli musbat yo‘nalishi har bir faza uchun faza oxiridan boshlanishiga qarab olinadi. Uch fazali simmetrik EYUK tizimi grafik shaklda, analitik ifoda bilan, trigonometrik funksiyalar bilan, vektorlar bilan va kompleks kattaliklar bilan ifodalanishi mumkin.
Simmetrik EYUK larning grafik ifodasi 7.3-rasm, a da, vektor diagrammasi 7.3-rasm, b, s da ko‘rsatilgan.
Analitik shaklda ifodalanganda quyidagi ko‘rinishga ega:
(7.1)
Kompleks ko‘rinishda:
(7.2)
7

7.3 – расм.
.3-rasmdagi grafik va diagrammani analiz qilamiz. Grafikdagi EYUKlarning yig‘indisi
. Fazalardagi EYUK vektorlarining geometrik yig‘indisi nolga teng.

V fazaning EYUK si A fazaning EYUK sidan orqada qolib, S fazaning EYUK si V fazaning EYUK sidan orqada qoluvchi EYUK lar sistemasi, to‘g‘ri ketma – ketlikni (7.3-rasm, b), agar birortasining o‘rni almashtirilsa, teskari ketma – ketlikni tashkil etadi (7.3-rasm, s).




  1. Yüklə 1,06 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin