Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Mintaqalarda joylashgan qo‘riqxonalar va ulardan ekoturizmda foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə33/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

6.4. Mintaqalarda joylashgan qo‘riqxonalar va ulardan ekoturizmda foydalanish imkoniyatlari.
Mamlakatimizda ham bir qancha qo’riqxonalar, buyurtmalar tashkil etilgan. Biz bu alohida qo’riqlanadigan hududlardan faqatgina ilmiy maqsadlarda emas, ekoturizm maqsadida foydalanishimiz katta iqtisodiy samara beradi. Hozirgi kunda O’zbekistonda ekoturizm yo’nalishlari «Ekosan» xalqaro jamg’armasining ekoturizm bo’linmasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Yo’nalishlar hozircha Zomin milliy bog’i va Nurota qo’riqxonalariga uyushtirilgan xolos. Albatta, bu mavjud imkoniyatlardan yaxshi foydalanmayapmiz.
jadval - 6
O’zbekistonning maxsus qo’riqlanadigan tabiiy hududlarida turizmni tashkil etish xususiyatlari8

Asosiy maqsadlar

Tashkil etish asoslari

Xuquqiy asoslari

  • mahalliy va xorijiy turistlarni jalb etish;

  • yangi ish o’rinlarini yaratish;

  • aholini yashash darajasi-

ni oshirish;

  • bioxilmaxillikni saqlash;

  • turizm vositasi orqali yangi tabiiy zonalarni yaratish;

  • mahalliy aholini tabiat resurslaridan foydala-

nishini kamaytirish va ularga alternativ daromat manbalarini yaratish;

  • tabiiy zonalarni byudjetdan tashqari vositalar orqali moliyalashtirish;

  • aholini ekologik o’qitish, tabiat bilan aloqa madaniyatini oshirish;

  • insonlar dam olishini imkoniyat yaratish;

  • ma’lum mintaqalarning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish.

- keluvchilar tomonidan tabiiy zonalar bioxilma-
xilligiga bulgan salbiy ta’sirlariga yul qo’y -
maslik;
- keluvchilarni tabiiy zonalarga bo’lgan hatti harakatini kuzatishni ta’minlash, turistik marshrutlarda turli tartiblarni joriy etish;
- tabiiy zona hududlarida turistik faoliyatni iqti-
sodiy samadorligini ta’minlash;
- tabiatni saqlash tadbir-
lari va aksiyalarida qatnashish va b.

- O’zbekiston Respublikasining “Turizm tug’risidagi” qonuni (20.08.1999);
- O’zbekiston Respub
likasining “Tabiatni muhofaza qilish” qonuni (9.12.1992);
- Hammasi bo’lib, 15 ta tabiatni muhofaza qilishga oid qonunlar, 550 ta qonun asosidagi tabiatni qo’riqlash ahamiyatiga ega aktlar, standartlar amal qilmokda.

Buning uchun o’z navbatida quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:



  • qo’riqxonalar va milliy bog’lar sonini oshirish;

  • mavjud qo’riqxonalar va milliy bog’larni turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o’rganib chiqish;

  • mavjud qo’riqxonalar va milliy bog’lardan ekoturizm ob’ekti va rekreasion resurs sifatida foydalanish uchun kerakli infratuzalmani shakllantirish;

  • ekoturizm ob’ekti sifatida mavjud tabiat go’shalaridan tartibli foydalanish;

  • ekologik turizm rivojlangan mamlakatlar malaka va tajribasini o’rganish;

  • tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish lozim.

O’zbekistonning tabiiy sharoiti va ularning ekologik holatini inobatga olib, turistik ob’ektlarni o’rganish va aniqlash, turistik yo’nalishlarni belgilash, ularning hududiylik va majmuaviylik jihatlaridan kelib chiqqan holda tabiiy xizmat ko’rsatish sohasini yo’lga qo’yish shu kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonning alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida byudjet kamomadi mavjud bo’lgani sababli ekoturizmning iqtisodiy roli ahamiyatga ega. SHunisi ham muhimki ekoturizmning rivoji qimmat va keng infrastrukturasi talab etmaydi. Demak ekoturizm bo’lajakda kichik xarajatlar hisobida, katta foyda keltiradigan manbaga aylanishi mumkin.
O’zbekiston sharoitida Kitob geologik qo’riqxonasi ekologik turizm bilan otda yurish va piyoda turistlarga xizmat ko’rsatish tajribasi bor. Turizm uchun yaroqli bo’lgan yozlik mavsumda tog’ zonalarida aprel oyidan oktyabrgacha 7 oyga cho’ziladi. Piyoda yuruvchilarning bir guruhi (10 odam) uchun kirish bahosi har bir kishiga bir kunga 50 dollar, otda yuruvchilar uchun 70 dollar deb hisoblansa, bir kunda 10 kishi x 50 $ = 500 $ yoki 10 kishi x 70 $ = 700 $ daromat olish mumkin.
May oyidan boshlab sentbr oyiga qadar otda yurish marshrutlari o’tkaziladi. Kelayotganlar soni bir oyda o’rtacha besh guruh (10 kishidan)ni tashkil etsa, 50 kishi 70$dan 3500 $, 5 oyda esa 17500 $ni tashkil etadi. Demak, bir mavsumda piyoda sayohatchilarni ham hisobga olsak, taxminan 30-35 ming dollar daromat olish mumkin. Undan tashqari qo’shimcha xizmat ko’rsatish tarmoqlari orqali daromatni yana ham oshirish imkoniyatlari mavjud.
Ekoturizmning va ekologik ekskursiyalarning yana bir ahamiyati u ekologik bilim berishning muhim shakli bo’lib xizmat qiladi, tabiatni muhofaza qilish ishini olib boradi, alohida muhofaza etiladigan tabiat hududlarining jamoat ichidagi obruini oshirishga xizmat qiladi. Hozirgi kunlarda ko’pchilik muhofaza etiladigan hududlar o’z faoliyatlarini jamoatchilikni qo’llashishisiz olib borishi qiyin hisoblanadi. Jamoatchilik yordamini muhofaza etiladigan hududlarga qaratish yo’li bu odamlarni nodir landshaftlarni saqlab qolishda ishtirokchilarini tashkil etishdir. Ko’pincha qo’riqxonalar tomonidan turli tashkilotlar uchun tashkil etgan turlari ularning uzoq muddatli hamkorligi uchun yo’l ochib beradi. Undan tashqari chet ellik ekoturistlar o’zlari kelib ko’rgan qo’riqxonalari uchun yordam fondlari tashkil qilishi mumkin.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin