O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u
Tushuntirish va tushunishning o’zaro nisbati. Tushunish va tushuntirish bir-biribilanchambarchas bog’liq. Ammo tushunish tushuntirishni, ya’ni o’rganilayotgan hodisani qonunga va sababga bog’lashni nazarda tutmasligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari, tushunishni tushuntirishgaqarama-qarshi qo’yish, shuningdekinsonbilishfaoliyatining harqandaysohasidafaoliyat ko’rsatuvchi va bir-birinito’ldiruvchibuikkitadqiqotlarni bir-biridanajratishmumkin emas.
Ularni farqlab, M.M.Baxtinshunday deb yozganedi: «Tushuntirishdafaqatbirong, birsub’ekt, tushunish daesa – ikkiong, ikki sub’ekt qatnashadi. Ob’ektga nisbatan dialogik munosabat bo’lishi mumkin emas, shuning uchun ham tushuntir ish dialogik jihatlarga ega emas (formal-ritorikjihat dan tashqari). Tushunish har doim ma’lum darajada dialogik xususiyatga ega».
Tushuntirish va tushunish (talqinqilish)ning o’zaro nisbati to’g’risida so’zyuritarekan, Vrigt mazkur tushunchalarni farqlagan ma’qu ldeb ko’rsatadi. Bu farqni u quyidagilarda ko’radi: «Bunima?»degans avolga javob berish talqin qilishning natijasidir. Aytaylik, namoyish nima uchun sodir bo’ldi yoki inqilobganima «turtki» berdi?,degan savollarga javob berar ekanmiz, biz sodir bo’layotgan hodisalarni nisbatan tor ma’noda tushuntirishga harakat qilamiz.
Bundan tashqari, bu ikki omil o’zaro bog’liq va ma’lum tarzda bir-biriga tayanadi... Bir darajadagi tushuntirish ko’pincha dalillarni yanada yuqori darajada talqin qilishga zamin hozirlaydi».
Ammo ijtimoiy bilishda, avvalam bor, uning predmeti xususiyati bilan belgilanuvchi tushunish metodikalari, tabiatshunoslikda esa – tushuntirish metodikalari ustun qo’yiladi.
Xulosalar. Tushuntirish – insonning hamkorlik faoliyatida bilish jarayonlari ob’ektiga kirgan narsa va hodisalarning mohiyatini fikr uzatish, o’zaro ta’sir o’tkazish, ta’sirlanish, muloqot, taqlid yordami bilan oydinlashtirish, xotiradagi bilimlar va ijtimoiy tajribalar bilan ularni uyg’unlashtirgan holda tushunish sari yetaklovchi aqliy faoliyat. Tushuntirish hamkorlik faoliyatida (fikrni izohlovchi – fikrni qabul qiluvchi ishtirokida) individual, trialogik, polilogik shakllarida amalga oshiriladi. O’zining muddati, ko’lami, uzatish vositalari, verbal va noverbal nutq turlari ustuvorligi bilan bir-biridan farq qiladi.